Ming ichida ko’paytirish va bo’lishni o’rgatish metodikasi
Download 284.34 Kb.
|
Ming ichida ko’paytirish va bo’lishni o’rgatish metodikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II BOB Boshlang’ich sinf o’quvchilarini og’zaki va yozma hisoblashga
I bob xulosasiBirinchi bobda biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini minglik mavzusini o‘qitishda nomerlashni o‘rgatish metodikasi ya‘ni minglik mavzusini o‘qitish, ming ichida sonlarni nomerlashni o‘rganish metodikasini bayon etdik. 1000 ichida sonlarni nomerlashni o‘rganishga tayyorgarlik ishini «Ming» bo‘limiga o‘tmasdan ancha oldin boshlash maqsadga muvofiqdir. Uch xonali sonlarni nomerlashni o‘zlashtirish ikki xonali sonlarning hosil bo‘lishi prinsiplarini va ikki xonali sonlarni yozishni tushunishga asoslanar ekan. Shuning uchun birinchi yuzlik sonlarini nomerlashni oldindan takrorlash kerak, bunda og‘zaki mashqlarga xona birliklarini taqqoslash, ikki xonali sonlarning o‘nli tarkibi, 1— 100 sonlarining natural ketma-ketligiga doir topshiriqlar kiritish lozim. II BOB Boshlang’ich sinf o’quvchilarini og’zaki va yozma hisoblashgao’rgatish metodikasi 3 – sinfda ming ichida qo’shish va ayirishni og’zaki usullariNomerlashni o‘rganishda o‘quvchilar xona qo‘shiluvchilaridan uch xonali sonlar hosil qilish bilan va sonlarni xona qo‘shiluvchilariga ajratish bilan bevosita bog‘liq qo‘shish va ayirishning eng sodda hollari bilan tanishishgan edi. Endi ming ichida og‘zaki qo‘shish va ayirishning qolgan hollarini qarab chiqish kerak. Hisoblash usullarini ochib berishning nazariy asosi xuddi yuz ichidagi sonlar uchun kabi sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indini songa qo‘shish qoidalari, shuningdek, tegishli ayirish qoidalari hisoblanadi. Bu usullarni bilish 100 ichida amallarni o‘rganishda ishlab chiqilgani uchun bu yerda ularning yangi sonli materialda qo‘llanishi ustida gap boradi. Faraz qilaylik, 400 va 200 sonlarini qo‘shishda o‘quvchi faqat 400— bu 4 ta yuzlik, 200 esa 2 ta yuzlik ekanini tushunsa va ular bilan birliklar kabi amal bajarish mumkinlig‘ini tushunsa, u faqat 4 va 2 sonlarini osongina qo‘shib qo‘yishi kerak. Shu asosda ayirish (400—200; 4 yuz — 2 yuz), ko‘paytirish (400-2; 4 yuzni 2 ga ko‘paytirish) va bo‘lish (400 : 2; 4 yuzni 2 ga bo‘lish) hollari ham qarab chiqilgan. Ushbu 700+20, 500+7, 400+5, 940—40, 900+30, 470—2, 358 — 60; 249 200 ko‘rinishdagi hollar nomerlangan hollar kabi qaraladi, chunki yig‘indi yoki ayirma bu hollarning hammasida uch xonali sonlar yuzlik, o‘nlik va birliklardan qanday tashkil bo‘lishini tushunish asosida bo‘ladi. Ushbu 570+20 va 570+200 ko‘rinishdagi hollarda yig‘indini va ayirmani topish va bu hollarni bolalarga tanish bo‘lgan 100 ichida bajarishga keltirilishi mumkin (57 o‘nl.+2 o‘nl.); 57 o‘nl. + 20 o‘nl.). Bu misollarni yechishning boshqa usulini ham ko‘rsatish lozim. Avval mazkur misollarning yechilishiga asoslangan sonni yig‘indiga qo‘shish. hamda sonni yig‘indidan ayirish qoidalari takrorlanadi. «Yuzlik» materialidagi tanish misollarni bajarib, qoidalar esga tushiriladi, masalan, misollarni eng qulay usullar bilan yeching: (40+6)+20, (40+6)+2, (50+7)—40, (50+7)— 4; hisoblash usullarini mufassal tushuntiring: 54 + 3, 37—2, 60 + 30, 40—20 va hokazo. Keyin o‘quvchilarga 570+20, 570+200 hollari uchun hisoblash usullarini mustaqil aniqlash taklif qilinadi. Tegishli ko‘rsatmali qo‘llanmalardan (masalan, kvadratchalar va tasmalardan) foydalanib, o‘quvchilar bu misollarni qanday yechish kerakligini qiynalmasdan to-pishadi va yechilishini mufassal yozishadi: 570+200=(500+70)+200=(500+200)+70=770 570+20=(500+70) +20=500+ (70+20) =590 Bolalar bu usullar nimasi bilan o‘xshash va nimasi bilan farq qilishini, nima uchun birinchi misolda sonni 500 ga qo‘shildi, ikkinchisida esa 70 ga qo‘shilganini tushuntirishlari kerak (yuzliklarni yuzliklarga, o‘nliklarni o‘nliklarga qo‘shish oson). Keyingi darsda oldingi ikkita holga mos holda 570—200 va 570—20 ko‘rinishdagi ayirishga doir misollar yechiladi. Bu yerda sonni 20 yoki 200) yig‘indidan (500+70) ayirish qoidasi qo‘llaniladi. Bolalarning o‘zlari hisoblash usulini belgilashadi va nima uchun 1-misolda berilgan son birinchi qo‘shiluvchidan ayirilishini (500—200), 2- misolda Esa ikkinchi qo‘shiluvchidan ayirilishini (70—20) tushuntirishadi. 570—200=(500+70)—200=(500—200)+70=370 570—20= (500 + 70) —20=500+(70—20) =550. Qo‘shish va ayirishning qolgan hollari yozma ravishda qarab chiqiladi. [25] Download 284.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling