Ming ichida mavzusida arifmetik amallarni o‘rganish. 1000 ichida qo‘shish


Download 84.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.09.2023
Hajmi84.39 Kb.
#1679301
1   2   3   4
Bog'liq
Ming ichida mavzusida arifmetik amallarni o‘rganish

100 ichida ko‘paytirish va bo‘lish 
Mavzusi ustida ishlashda o‘qituvchi oldida 
turgan asosiy vazifalar quyidagilardan 
iborat:
1) O‘quvchilarni ko‘paytirish va bo‘lish 
arifmetik amallarni ma’nosi 
bilan 
tanishtirish
, ularning ba’zi xossalari 


(ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi, 
sonni yig‘indiga va yig‘indini songa 
ko‘paytirish xossasi, yig‘indini songa 
bo‘lish xossasi) va ular orasidagi mavjud 
bog‘lanishlar bilan, bu amallar 
komponentlari bilan natijalari orasidagi 
o‘zaro bog‘lanishlar bilan tanishtirish; 
2) Ko‘paytirish jadvalini puxta bilishni va 
undan bo‘linmani topishda foydalana olishni 
ta’minlash; 
3) O‘quvchilarni jadvaldan tashqari 
ko‘paytirish va bo‘lish usullari bilan 
ko‘paytirish va bo‘lishning maxsus hollari ( 
nol soni bilan ko‘paytirish va bo‘lish, 1 ga 
ko‘paytirish va bo‘lish) qoldiqli bo‘lishning 
jadval hollari bilan tanishtirish. 
100 ichida ko‘paytirish va bo‘lishni bir 
necha bosqichlarda bo‘lib o‘rganish 
mumkin. 
1. Тayyorgarlik bosqichi. 100 ichida 


ko‘paytirish va bo‘lish 2 sinfda o‘rganiladi, 
ammo o‘rganishga tayyorgarlik 1-sinfdayoq 
10 va 100 ichida raqamlashni qo‘shish va 
ayirishni o‘rganishda boshlanadi. 
10 ichida qo‘shish va ayirishning dastlabki 
jadvallarini qarashdan boshlab berilgan 
songa 2 tadan qo‘shib sanashga oid ( 3 talab, 
4 talab...va hokazo) mashqlar nazarda 
tutiladi. 
Minglik” mavzusida arifmetik 
amallarini o‘rganish
Minglik temasida oldin qo‘shish va 
ayirishning og‘zaki, keyin yozma usullari 
o‘rganiladi. 
Ming ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki 
usullarini o‘rganish metodikasi 100 ichida 
qo‘shish va ayirish metodikasiga 
o‘xshashlik tomonlari bor. 


1000 ichida qo‘shish va ayirishning og‘zaki 
usullari bir vaqtda va quyidagi tartibda 
o‘rganiladi. 
1. 250+30, 420+300 ko‘rinishdagi qo‘shish 
va ayirish hollari. 
Hisoblash usullari sonni yig‘indiga qo‘shish 
va yig‘indidan sonni ayirishning tegishli 
qoidalariga asoslanadi. 
250+30=(200+50)+30=200+80=280
250–30=(200+50)-30=200+(50-
30)=200+20=220 
420+300=(400+200)+300=(400+300)+20=7
00+20=720 
420–300=(400+20)–300=(400-
300)+20=100+20=120 
O‘quvchilarni qaralayotgan hollar uchun 
qo‘shish va ayirishning boshqa usuli, ya’ni 
o‘nliklar sonini ifodalovchi sonlarni 
qo‘shish va ayirishga keltiriladigan usuli 


bilan tanishtirish maqsadga muvofiq: 
250+30=280 250-30=220 
25 o‘nl+3 o‘nl=28 o‘nl 25 o‘nl-3 o‘nl=22 
o‘nl 
420+300=720 420-300=120
42 o‘nl+30 o‘nl=72 o‘nl 42 o‘nl-30 o‘nl=12 
o‘nl 
Bu usuldan foydalanish o‘quvchilarni 1000 
ichida ko‘paytirish va bo‘lishning og‘zaki 
usullarini, shuningdek, ko‘p xonali sonlar 
ustida amallar bajarishni o‘rganishga 
tayyorlaydi.
2. 840+60, 700-80 ko‘rinishdagi qo‘shish va 
ayirish hollari. 
Qo‘shishning bu usulini qarashda 84+6 
ko‘rinishdagi holni eslatish kifoya: 


840+60=(800+40)+60=800+(40+60)=800+1
00=900 
700–80 ko‘rinish uchun esa 70–8 ko‘rinishni 
eslatish bilan birga quyidagi maxsus 
mashqlarni bajarishni nazarda tutish kerak. 
Sonlarni namunadagicha o‘xshash yig‘indi 
bilan almashtiring: 
400+300+100, 600=...., 900=.... 
437+400, 162+5, 872-700, 568-4.... v.h. 
Bularning yechimlari ham yig‘indiga sonni 
qo‘shish va yig‘indidan sonni ayirish 
qoidalarini qo‘llanishga asoslanadi. 
Bunda birdan-bir farq uch xonali sonni xona 
birliklari yig‘indisi 
shaklida emas
, balki 
qulay qo‘shiluvchilar yig‘indisi shaklida 
ifodalashning qulayligidir: 
437+200=(400+37)+200=(400+200)+37=63

162+5=(160+2)+5=160+(2+5)=167 
872-700=(800+72)-700=(800-700)+72=172 


568-4=(560+8)-4=560+(8-4)=564 
3. 700+230, 430+260, 90+60, 380+70, 
270+350 ko‘rinishdagi qushish hollari. 
Bunday qo‘shish usullari songa yig‘indini 
qo‘shish qoidasiga asoslanadi. 
700+230=700+(200+30)=(700+200)+30=93

430+260=430+(200+60)=(430+200)+60=69

90+60=90+(10+50)=(90+10)+50=150 
380+70=380+(20+50)=(380+20)+50=450 
270+350=270=(300+50)=(270+300)+50=57
0+50=620 
420+260 ko‘rinish uchun yig‘indini 
yig‘indiga qo‘shish qoidasidan ham 
foydalanish mumkin. 
430+260=(400+30)+(200+60)=(400+200)+(
30+60)=600+90=690 
90+60 ko‘rinishda o‘nliklar ustida amallar 
bajarish usulidan ham foydalanish mumkin. 


9 o‘nl+6 o‘nl=15 o‘nl 
4. Sondan yig‘indini ayirish qoidasining 
qo‘llanilashiga asoslangan hollar guruhi: 
500–140=500-(100+40)=(500–100)–
40=400–40=360 
270–130=270–(100+30)=(270–100)–
30=170–30=140 
140–60=140–(40+20)=(140–40)–20=100–
20=80 
340–60=340–(40+20)=(340–40)–20=300–
20=280 
340–160=340–(100+60)=(340–100)–
60=240–60=180 
270–130 ko‘rinishdagi hollar uchun 
yig‘indidan yig‘indini ayirish qoidasiga 
asoslangan hamma xona ayirish usulidan 
foydalanish qulay 
270–130=(200+70)–(100+30)=(200–
100)+(70–30)=100+40=140 


140–60 ko‘rinishdagi hol uchun o‘nliklar 
ustida ayirish amalini bajarish qulaydir. 
14 o‘nl–6 o‘nl=8 o‘nl 
Qo‘shish va ayirishning yozma usullari 
alohida-alohida qaraladi: 
Yig‘indini yig‘indiga qo‘shish qoidasi 
yozma qo‘shish (ustun shaklida qo‘shish)ga 
asos bo‘ladi. 
354+132=(300+50+4)+(100+30+2)=(300+1
00)+(50+30)+(4+2)=400+80+6=480 
Keyin shu misolni ustun qilib yechib 
ko‘rsatiladi va taqqoslanib, qulayiga intiladi. 
O‘qituvchi yozma ravishda qo‘shish 
yuzliklardan emas, balki birliklardan 
boshlanishga o‘quvchilar e’tiborini qaratish 
kerak. 
O‘quvchilarga sonlarni birining ostiga 
ikkinchisini to‘g‘ri yozishning zarurligini 
oydinlashtirish uchun birinchi darsdayoq 
qo‘shiluvchilardan biri uch xonali, 


ikkinchisi esa ikki xonali bo‘lgan misollar 
ishlatish kerak: 
412 I437256333464279 
32512324645474 
737 5608098001000 
II. Birliklar yig‘indisi yoki o‘nliklar 
yig‘indisi 10 ga teng bo‘lgan hollar.
III. Birliklar yig‘indisi yoki o‘nliklar 
yig‘indisi 10 dan katta bo‘lgan hollar. 
Yozma ayirishning har xil usullari 
qo‘shishdagidek o‘rganiladi: oldin 
yig‘indidan yig‘indini ayirish qoidasi 
qaraladi, so‘ngra yozma usuli yechib 
boriladi. 
563–321=(500+60+3)–(300+20+1)=(500–
300)+(60–20)+(3–1)=200+40+2=242 
563 450 963 
--- 


321 136 586
242 314 
1000 ichida ko‘paytirish va bo‘lish. Ikkinchi 
sinfda o‘quvchilar bir yoki ikki nol bilan 
tugaydigan sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish 
usullari bilan tanishadilar. Ko‘paytirish va 
bo‘lish hollari jadvalda ko‘paytirish va 
bo‘lishga keltiriladi. 
60 x 4 80:2 540:9
6 o‘nl x 4=24 8 o‘nl:2=4 o‘nl 54 o‘nl:9=6 
o‘nl 
60x4=240 80:2=40 540:9=60 
900:3 300x2 
9 yuzl:3=3 yuzl 3 yuzl x 2=6 yuzl 
Ko‘p xonali sonlar” mavzusida arifmetik 

Download 84.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling