Miniatyura va kitob grafikasi


Malakaviy bitiruv ishining tarkibiy tuzilishi


Download 113.11 Kb.
bet10/18
Sana09.01.2022
Hajmi113.11 Kb.
#256840
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
Bitimalish JO'RAB(1)АбдМ

Malakaviy bitiruv ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu bitiruv malakaviy ishi Kirish, Asosiy qism: uch bob, Xulosa, Foydalanilgan adabiyotlar hamda Ilovalardan iborat.
I BOB. TO’YLARINING JAHON TASVIRIY SAN’ATIDAGI TARIXI VA TASVIRI

    1. Dunyo xalqlari to’ylari tarixi

Tarixan tarkib topgan milliy an’ana, urf-odat, rasm-rusm, marosimlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga bir qator omillar bevosita va bilvostia ta’sir ko’rsatadi. Shunday omillardan biri turmush tarzidir. Barcha xalq urf-odatlari, an’ana va marosmilari muayyan tarixiy davrning mahsuli bo’lib, nafaqat moddiy, balki ma’naviy, axloqiy ma’yorlar turmush sharoitining ta’siri natijasida paydo bo’lgan. Vaqt o’tgan sari ular tobora mustahkamlanib, ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib o’tib kelgan. Qalinni anashunday odatlardan biriga kiritishimiz mumkin. Qalin-nikoh to’yida qiz uchun kuyov tomonidan beriladigan pul, mol va boshqa beriladigan to’lovdir.

Alohida ta’kidlamoq joizki, urf-odat, marosim, an’ana va udumlar uzoq vaqt davom etgan tarixiy taraqqiyot mahsulidir. Shuning uchun ham har bir xalqning turmushida uning o’ziga xos belgi va xususiyatlari mavjud. Lekin bu narsalar uzoq vaqt mobaynida vujudga keladi, davr o’tishi bilan ularning ayrimlari turmush amaliyotidan tushib qoladi, ularning o’rniga yangilari paydo bo’lib kamol topib boradi. Kishilarnig moddiy va ma’naviy ehtiyojlari qondirilishi bilan ularning safi va sifati o’sib, o’zgarib boradiyu Abdurauf Fitrat aytganidek, “urf-odatlar ko’plab ilg’or xalq an’analari, xalq donoligi, xalq ijodiyotining makoni.

O’zbek xalqi o’zining uzoq tarixi davomida qanchadan-qancha urf-odat va an’analarga, hayot taqozosi tufayli vujudga kelgan marosimlarga ega. Milliy an’ana va urf-odatlar asrlar osha yangicha mazmun kasb etadi. O’z navbatida zxamon va davr talabiga xos an’anaviy urf-odatlar zamonlar osha yashab, kelgusi avlodlarga etib boradi. Kishilarning moddiy va ma’naviy ihtiyojlari qondirilishi bilan ularning soni va sifai o’sib, o’zgarib boradi.

Ma'lumki, to’y marosimlari uzviy bir bo’lagini tashkil etuvchi oila va nikoh kabi ijtimoiy emas, balki tarixiy hodisa hamdir. Ular jamiyat rivojlana borgani sayin o’zida ko’p asrli an'analarni jamul-jam qilib, jamiyatda yuzaga kelgan yangi shakl va qadriyatlarni tanlagan holda o’zgaradi. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o’zbeklarining an'anaviy to’y marosimlari kelib chiqishi, turli tarixiy davrlar bilan bog’lik, bo’lgan ijtimoiy va diniy urf-odatlar, hamda marosimlarning sertarmoq; tizimini tashkil etadi. Xalqning tarixiy xotirasi qasddan faromush etilgan, tarix fani ongli ravishda soxtalashtirilgan sovet totalitar tizmi qaror topishi bilan milliy oila va nikoh tadrijiyligi hamda xususiyatlari ilmiy tadqiqot doirasidan tashqarida bo’lib ketdi1. Bugungi kunga kelib zarafshon vohasida bir qancha o’zgarishlar yuz berdi jumladan nikoh to’y marosimlarida ham bir ancha islohatlar olib borildi. O’tgan asrlar davomida marosimlarda yuzdan oshiq o’zgarishlar tuzatishlar amalga oshirildi Bularga birma- bir to’xtaladigan bo’lsak: Birinchilardan bo’lib, nikoh marosimigacha bo’lgan “vecher” deb nomlanuvchi bazm butunlay olib tashlandi.

Qalin puli ya’ni sud haqi nisbatan kamaytirildi. To’y uchun qilinadigan xarajatlar miqdori qisqartirildi. Yana bir qator urf odatlar olib tashlandi

Bunga asosiy sabab to’ylarning kamtarona va isrofgarchilikdan holi darajada olib borilishi uchun qilingan say harakatlardir.

Zarafshon vahasining janubiy qismlarida ya’ni Navoiy va Buxoro tomonlarida qadimdan saqlanib keladigan bir qancha urf odatlar bor albatta bular bugungi kunda ham o’z o’rnini saqlab qolgan XX asr boshlarida ko’proq to’y marosimlari uy sharoitida olib borilgan bo’lsa bugungi kunga kelib to’yxonalar vujudga keldi. To’yda temir stol stullar qo’yilgan bo’lsa, endilikda bu zamonaviy mebellarga almashtirildi. Kelinning sepi ham ancha narslar bilan boyitildi. O’tgan asrlarda faqat kelining o’zini va unga qo’shib bir ikkita kiyimlarini berib yuborishgan bo’lsa hozirgi kunda esa kiyimidan ortib mebeligacha va hatto idish tavoqlarigacha qilishmoqda Bu albbatda qaysidir ma’noda yaxshi, ammo bunday o’zgarishlar oqibatida kelin tarafning uyidagilarga ortiqcha xarajat paydo bo’lmoqda.

Butun o’zbekiston bo’ylab to’y marosimlaridagi o’zgarishlarga to’xtaladigan bo’lsak:

“Kelin navkar” deb ataluvchi odat paydo bo’ldi bu ko’proq Toshkent vohasida va shunga yaqin joyda kuzatilmoqda unga ko’ra kelining o’nga yaqin dugonalari bir xil libosda va qo’llariga kelin dugonasi ramzi bo’lgan tasma taqin olishadi.


  • Bu , albatta Yevropaning ta’siri asosida kirib kelayotgan norasmiy odat hisoblanadi, Bundan tashqari bu holni kuyov navkarlarida ham kuzatishimiz mumkin.

  • “Love story “ eng ommolashib kelayotgan norasmiy odatlardan biri hisoblanadi. Bunda ikki yoshning sevgi qissalari va ularning sevgi tarixlariga qisqacha video rolik orqali sharx berib o’tiladi2.

  • To’y marosimlari xususan nikoh to’yi xalq, turmushining, ayniqsa ma'naviy madaniyatimizning ko’pgina jihatlarini o’zida namoyon etadi. Shu sababli xalq, turmush madaniyatining mazkur sohasini ilmiy asosda har tomonlama xolisona o’rganmay turib, urf-odatlarning o’tmishdagi v a hozirgi kundagi ahamiyatini ilmiy- etnografik nuqtai nazardan tahlil qilish qiyin3.

Muammoni teran va atroflicha tadqiq, etish nafaqt ilmiy, balki siyosiy ahamiyatga ham ega. Negaki, milliy qadryatlari ham lakatimiz mustakdlligini mustahdamlaydigan ma'naviy asoslardan biridir, Zero, milliyligimiz bizning tariximizni, madaniyatimizni, an'analarimizni boy ma'naviyatimizni jiddiy urganish va ularni hamjamiyati e'tiboriga yetkazish natijasida amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 28 oktyabrdagi “Oilaviy tantanalar, to’y hashamlar, maraka va marosimlar, xotira hashamlariga bag’ishlangan tadbirlarni o’tkazish mazkur farmondan kelib chiqib, xalqimiz to’yi va marosimlarida maqbul an'analardan hozirgi to’ylarda unumli foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo’lar edi,

O’zbekistonda oilalarning shakllanishi va ravnaqi an'anaviy urf-odatlarning tobora takomillashuvi ijtimoiy fanlar uchun maxsus tadbir manbai hisoblanadi, zero bu mavzu mamlakatimizda o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ana shu xususiyatlarni nazariy tahlil etish borasida falsafa, huquqshunoslik fanlari anchagina tajriba ortirgan bo’lsada, lekin tarixiy-etnografik yo’sinda hanuz o’rganilmagan jihatlari talaygina.

Oila-nikoh munosabatlari, serfarzand aholi asosiy qismining qishloq , joylarda istiqomat qilishi o’zbek-nikoh to’ylarining o’ziga xosligini belgilaydi, an'analarni saqdab av loddan-avlodga o’tishga yordamlashadi.

Xalqimiz o’zining uzoq, tarixi davomida qanchadan-kancha urf- odat va an'analariga, hayot tarzi tufayli vujudga kelgan marosimlarga ega edi. To’gri bularni mufassal tahlil qilish mavzumiz doira- siga kirmaydi. Milliy an'ana va urf- odatlar asrlar osha yangicha mazmun kasb etadi. Uz navbatida zamona va davr talabiga hos an'anaviy urf-odatlar zamonlar osha yashab kelgusi avloddarga yetib bo radi. Prezidentimiz I. A. Karimov aytganlaridek “Aslida bu teran milliy qadriyatlarni, odamlarning o’ziga hos hususiyatlari va an'analarini saqdab qolish yo’lidagi tabiiy intilish ijtimoiy, ma'naviy, va tarixiy sub'ekti bo’lgan millatni saqlab qolishga qaratilgan” dir4.



Nikoh toʻyi — kelin va kuyovning nikohini jamoatchilikka maʼlum qilish tantanasi. Bu marosim davrlar oʻtishi bilan qisman oʻzgarib borgan va har bir etnik guruhda oʻziga xos xususiyatlari bilan oʻzaro farq qilgan. Oʻzbek xalqining qad. Nikoh toʻyi tizimida bir qancha marosimlar mavjud: sovchilik, unashtirish, uy koʻrar (qiz koʻrar), fotiha toʻyi, toʻy yuborish, qiz oshi (qizlar majlisi), nikoh oʻqitish, kelin tushdi, kelin salom, charlar, quda chaqiriq kabi marosimlar va ular bilan bogʻliq urf-odatlar. Ularning aksari-yati hozirgacha saqlanib, amal qilinib kelinadi. Nikoh toʻyi kuni yoki bir kun oldin qiz tomonga toʻyning oshini pishirib yoki xomligicha yuboriladi. Qiz xonadonida jamoaga osh tortiladi. Baʼzan kuyovnikida ham osh beriladi. Toʻy kuni yoki bir kun oldin qizning otasinikida nikoh marosimi oʻtkaziladi. Kuyov yaqin joʻrasi, togʻasi bilan boʻlajak kelin xonadoniga borgan. Imom kuyovga er-xotinlik burchi va huquqlarini tushuntirgach, qizning yangasi orqali ruxsatini olib keyin "Xutbai nikoh" (nikoh haqidagi duo) oʻqigan. Qad. oʻzbekchilik udumiga koʻra, nikoh toʻyi tantanalari kuyovnikida oʻtkaziladi. Toʻy oqshomi kuyov joʻralari bilan, karnay-surnay, childirma-yu nogʻoralar sadolari ostida shoʻx oʻyin-kulgi va zavkli qiyqiriqlar bilan ke-linnikiga keladi. Ular chimildiq tor-tilgan xonada, noz-neʼmatlar toʻla das-turxon atrofida siylanadilar. Suyuq ovqat, osh yeyilib boʻlingach, kuyov joʻralaridan biri kelin tomondan kuyov sarposini "sotib oladi". Kuyovni qibla tarafga qaratib unga qizning onasi tayyorlagan chopon, salla kiygiziladi. Kuyov joʻralar muborakbod etgach, surnay xonishi ostida kuyovni qizning onasi, xola-ammalari bilan koʻrishgani olib kelishadi. Ona va buvining oqfo-tihasi, ezgu duolarini olib kuyov oʻz joʻralari bilan uyiga qaytadi. Kelinga oq libosini kiydirib, otasi, buvasi va togʻa, amaki kabi yaqin qarindoshlar bilan xayrlashgani olib chiqadilar. Kelin yangalari, dugonalari davrasida otasining oldiga kelib taʼzim ila bergan nonu tuziga rozilik soʻraydi. Otasi qizining peshonasidan oʻpib, yelkasidan quchib roziligini bildiradi, baxt tilaydi. Qiz onasi oldiga borib "ona-jon, bergan oq sutingizga rahmat" deb bagʻriga singib rozi-rizolik soʻraydi. Kelin mashinaga chiqmasidan avval ota unga oq fotiha beradi, baxt tilaydi. Ishtirokchilarning hammasi duoga qoʻl ochib unga joʻr boʻladilar. Eng qadim odatimizga muvofiq kelin kuyovning uyiga qadar yor-yor bilan kuzatib koʻyiladi. Bu odatlar har viloyatda, qishloklarda oʻziga xos tarzda oʻtkaziladi.



    1. Download 113.11 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling