Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


Boyitish stollarida oltin ajratib olish


Download 0.68 Mb.
bet30/37
Sana27.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1299316
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Bog'liq
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси

Boyitish stollarida oltin ajratib olish
Boyitish stollari gravitatsiya usulida boyitishning asosiy dastgohlaridan biridir. Boyitish stoli quyidagi qismlardan iborat:
1. Forma yoki stanina – stolining tayanch tagligi bo`lib xizmat qiladi.
2. Deka – boyitish stolining kiya tyokisligi – ishchi organ
3. YAssi- kobirgalar (narifleniya)
4.Xarakatga keltiruvchi mexanizm.
Stolning dekasining ma`lum burchak ostida burila oladi. Uning usti taxta, rezina, linolium bilan koplangan bulishi mumkin. Kobirgalar tepadan pastga bir- biridan uzun ma`lum oralikda joylashadi.Uning balandligi 2mm chamasi buladi.
5.Xom ashe bo`tana qabul qilish qutisi eng tepaga joylashgan.
6.Romb shaklidagi suv taqsimlagich, penalar o`z o`qi atrofida burila oladi. Stol ilgarilama - bo`ylama harakat bilan tebranadi. Suv bilan bo`tana yuvib turiladi. O`lchami 0-2 mm bo`lgan ruda zarralari, bunday stollarda yaxshi saralanadi. Zichligi katta bo`lgan zarralar, qobirg’alar orasidan, stol chetiga surilib, pastga to`kilib - og’ir material- boyitmani tashkil etadi. Engil qum zarralari suv bilan tez ko`tarilib, yuvilib, stol bosh va o`rta qismida pastga tushib tuplanib, chiqindi va oraliq mahsulot sifatida to`planadi. Stol oxirida eng og’ir, o`rta og’ir, va og’irroq zarralar ilonizsimon birin - ketin oqim bilan ajratilib chiqish kuzatiladi. Stoldagi har bir zarracha bo`ylama kuch, og’irlik kuchi, enlama kuch, suv yuvish kuchi ta`sir etadi.
Boyitish stollari GMZ-1, GMZ-2 kabi zavodlarda cho`ktirish mashinasidan keyin quyiladi. Boyitish stoli katta samara bilan ishlaydigan gravitatsiya usulida boyitish dastgohlaridan biri. Boyitmalar qayta-qayta o`tkazilib, konditsiyaga (talabga) javob beradigan holga keltiriladi. Bundan chiqqan boyitmalar amalgamatsiya yoki affinaj tsexiga jo`natilib oltin eritib olinadi.


4. Amal’gamatsiya – simobning nodir metallarni ho`llab, uning tarkibiga singib meyoridan oshganda bu metallar bilan birikma hosil qilish holatidir.
Simob oltin va kumush zarralarini to`play oladigan jamlovchi (kollektor) vazifasini o`taydi. U mayda metall zarralarini bir-biriga qo`shib yirik donalar (agregatlar) hosil qilib boyitish amali bajarilaetgan idish (dastgoh) tarnov - shlyuzlar tagiga tuplaydi. Vaqti-vaqti bilan bu amal’gama yig’ib olinadi. Nodir metallarning amal’gamaga o`tishi, uning tezroq ajratib olishini ta`minlab, tashlandiq chiqindilar bilan yo`qolishini kamaytiradi. Amal’gamaning asosiy omili, nodir metall sirtining albatta simob bilan ho`llana olish xususiyatidir. Metall sirti toza bo`lmasa, uning amal’gamalanishi, simobning metall yuzasidan, uning ichiga difundirlanishi - singishi buziladi. Har qanday metall sirti kislorod parda bilan koplangan. Bu parda oltindan yupqa, shu boisdan oltin juda tez, kumush, platina, mis, rux, nikel’, temir esa bir-biridan og’irroq, keyinroq amal’gamalanadi. Agar metall sirti yangi ochilgan bo`lsa, hali kislorodli parda hosil bo`lishga ulgurmasa, u tezrok amal’gamalanishi-amal’gamali metallurgiya jaraenida e`tiborga olinadi, bu mavzuni keng yoritish uchun qo`shimcha adabiyotdan foydalanish mumkin

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling