Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


Download 0.68 Mb.
bet31/37
Sana27.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1299316
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37
Bog'liq
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси

Amalgama usullari
Hozirgi sharoitda amal’gama asosan ikki usulda olib boriladi:
1. Ichki amal’gamalash – asosan yanchish bilan birgalikda, dasgoh yoki uskuna ichida (yugurma likoblar, tegirmondar, chan- amal’gamalarda) olib boriladi.
2. Tashqi amal’gamalash – asosan yanchish dasgoh va uskunalardan tashqarida (tarnov – shlyuzlarda, maxsus amal’gamatorlarda) olib boriladi.
Amal’gama jarayon borayotgan dasgohga axyon-axyonda simob quyib turiladi. Uz navbatida, bu simob mikdori shu rudadagi oltinga 1:10 nisbatda, uning moddaviy tarkibiga, oltin zarrasining shakli va o`lchamiga bog’likdir. Bu nisbat aslida tekshirish tadqiqotlar natijasida aniqlangan bo`lishi kerak. Ilgari ichki amal’gamatsiya usuli harakatdagi – likoblarda (begunnie chashi) utkazilardi, keyinchalik ular o`rnini po`lat sharli tegirmonlar egalladi. Xozir amal’gamalash usuli xom ashyo rudalarda qo`llanilishdan qoldi desa bo`ladi. Sababi aniq. Oltin yuzasi biron bir meneral zarrasi bilan qoplansa, sulfidli ruda bo`lsa, oltin og’ir rangli metall minerallari tarkibida bo`lsa, slanetsli, piritli, misli, grafitli, ko`mirli rudalarda bu amal’gama usuli tug’ridan-tug’ri qo`llansa foydasi juda kamdir. Bu usulda ko`p ishchi kuchi va ko`p miqdorda qimmatbaho simob sarf talab qilinadi. Ichki amal’gama sof oltin rudalarini gravitatsiya yo`li bilan boyitganda, boyitma tarkibidan ajratib olishda ishlatilishi hali saqlangan. Bu usulda asosan amal’gama – bochkalari kabi dastgohlar foydalaniladi.
Bunday bochka o`lchami 8001200 mm, bo`lib, mahsuldorlgi sutkasiga 2,5-5 t. boyitmadir. Tashqi amal’gamatsiya, dunyo fabrikalarida juda kam ishlatiladi, u hozir Kenimba (Janubiy Rodeziya), Golden Ridj (Avstraliya) kabi fabrikalarda ishlatiladi. Ulardagi rudalarda oltin sof va miqdori 18 g/t gacha boradi. Bir sutkada 150 t. gacha ruda amal’gamatsiya qilinadi.
Amal’gamalarga ishlov berish
Amal’gama bochkalaridan tushirilgan amal’gamalar og’ir rangli metallar bilan qorishgan bo`ladi. Bularni maxsus oltin yuvish uskunalarida yuvib tozalanadi.
Oxirgi yuvish jarayoni cho`yan va chinni kosalarda olib boriladi. Yuvilgan amal’gamani vintli presslarda zamsh (surup), suzgi (fil’trlarda) suzdiriladi. Suzib olingan amal’gamada oltin butun son – foizlarda 20-50 % bo`lishi ajablanarlidir. Suzib siqilgan amal’gama maxsus retorta – distilyatorlarda simobi haydalishi uchun kuydiriladi. Retortalar kolosniklar - panjara ustida quyilib yokilg’i yoki elektr toki bilan qizdiriladi. Retortaning toraygan og’zi sovitgichga ulangan. Retortalar ma`lum haroratda uzluksiz qizdirilishi shart. Simobning asosiy qismi 350-400 0C da haydalgach, harorat 750-800 0C ga ko`tariladi. Simobi haydalib, oltin kukun holida retorta tubiga qoladi. Oltin kukuni flyuslar (bura VaO, soda CaCO3, selitra NaNO3) qo`shilib, maxsus tigellarda eritiladi. Simob haydalanadigan bino, ishchilarning simob bug’lari bilan zaharlanmasligi uchun yaxshi shamollatilgan bo`lishi zarur.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling