Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан


Ma`ruza №9. Grafit rudalarini boyitish texnologiyasi


Download 0.68 Mb.
bet34/37
Sana27.03.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1299316
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси

Ma`ruza №9. Grafit rudalarini boyitish texnologiyasi


Reja:
1. Grafit va uning fizik-kimyoviy xossalari
2. Grafit rudalarining turlari
3. Grafitning ishlatilishi va unga qo`yiladigan texnik talablar
4. Grafit rudalarini boyitish usullari


1. Grafit uglerodning kristall shakllaridan biri bo`lib, kulrang tusli, silliq, yumshoq va yaltiroq. Solishtirma og’irligi 2.17 dan 2.3 gacha yetadi. Grafitning tuzilishiga ko`ra uglerod atomlari paralel tyokislikda turadigan muntazam oltiburchakning uchlariga joylashgan. Oltiburchakdagi atomlar oralig’i 1.42 Ao, paralel tyokisliklar oralig’i esa 3.35 Ao ga teng. Shunng uchun ham bir tyokislikda joylashgan atomlar orasidagi bog’lanish ikkinchi tyokislikdagi atomlarning bir-biri bilan bog’lanishiga qaraganda kuchliroqdir. Ulanish tyokisligi o`ta mukammal, yaltirab turuvchi yuzalar bo`yicha plstinkalar va varakalarga osongina ajraladi. Bir tyokislikda joylashgan uglerod atomlari kovalent bog’lanadi. Bunda ba`zi uglerod atomlari metall bog’lanishga ega bo`lganligi, ya`ni elektronlarning bir qismi “Elektron gaz” holida bo`lgani uchun grafit metallarga o`xshash yaltiroq, elektr va issiqlikni yaxshi o`tkazadi. Grafitning turli yo`nalishidagi mustahkamligi turlichadir, ya`ni mexanik anizotrop xossaga egadir.
Grafit geksoganal singoniyali mineral. To`g’ri shakllangan kristallari tabiatda keng tarqalgan. Asosan donador, plastinkachalar, tabletkalar yoki tuproqsimon massalar holida uchraydi. Qattiqligi 1, rangi qoradan kulranggacha. Chizig’i qoramtir kulrang yaltiroq. Kulga yog’langandan unnab, qora dog’ qoldiradi. elektr tokini yaxshi o`tkazadi. Unga kislota ta`sir etmaydi. Havo kislorodi bilan yuqori temperaturada ko`mirga nisbatan syokin birikadi.
Grafitning texnika uchun muhim xossasi, uning dispersli tuzilishi bilan belgilanadi. Sanoatda ishlatilishi uchun esa, uning yogliligiga va miyinligiga bog’liq. Sanoatda grafitning kiymatliligi qo`yidagicha guruhlanadi:
1.Sof kristalli grafit:
A) tangachasimon
B) zich kristalli
2. YAshirin kristalli (zich)
3.Grafitga oid (grafitli antratsit ya`ni yuqori sifatli toshko`mir)
4. Ko`mirlar
Grafitda elementar kristallarning to`g’ri shakllanganligi uning yog’liligini va mayinligini belgilaydi, bu uning texnik qiymatini oshiradi.



Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling