Министерство высшего и средне-специального образования республики узбекистан
Download 0.68 Mb.
|
Маъруза Фойдали казилмаларни бойитиш технологияси
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- rasm . X alkopirit (a) va pirit (b) ning k ristal struktura s i Bornit
- Kovellin CuS
Xalkopirit, yoki mis kolchedani, CuFeS2 misning asosiy minerallaridan biri hisoblanib, u deyarli barcha genetik tipdagi konlarda uchraydi, ammo uning asosiy sanoat ahamiyatiga molik bo`lgan qismi gidrotermal konlar bilan bog’liq. Xalkopirit tarkibidagi misning miqdori 34,6%, temirning miqdori 30,5% va oltingugurtning miqdori 34,9% hamda juda kam miqdorda kumush, rux, oltin, mishyak, selen, tellur va qalay qo`shimchalari mavjud.u tetrogonal sistemada kristallanadi. Kristal tuzulishi xuddi sfaleritning kristal tuzulishi singari bo`lib, ruxning o`rnida mis va temirning atomlari tartiblangan holda joylashadi, oltingugurtning atomi esa misning ikkita atomi va temirning ikkita atomi hosil qilgan tetraedrning ichida joylashadi (1 rasm).
Xalkopiritning rangi latunsimon sariq. Yanchish jarayonida sinish bzasida mis ioni hamda temir va oltingugurt ionlari joylashadi. 1- rasm. Xalkopirit (a) va pirit (b)ning kristal strukturasi Bornit, Cu5FeS4 misning ikkilamchi sulfidli minerali hisoblanib, panjarasimon yoki plastinkasimon struktura hosil qilgan holda konlarda xalkopirit bilan bir vaqtda yoki undan keyin tarqaladi. Asosan xalkopirit-bornitli rudalarda uchraydi, kolchedan rudalarda esa kamdan kam hollarda uchraydi. Bornit tarkibida 52—65% mis, 8—18% temir, 20—27% oltingugurt va juda kam miqdorda kumush, kobalt va nikel qo`shimchalari uchraydi. Bornitning strukturasi koordinatsiyalashgan antiflyuoritli ko`rinishga ega bo`lib, metal ionlari tetroedrik koordinatsiyalidir. Kristal strukturasining asosini 8 ta atrofida uch valentli temir atomini birlashtirgan oltingugurt atomi tashkil qilib, ular elementar kubning qirralarida va tomonlari o`rtasida joylashgan. Tetraedrning qirrasida joylashgan oltingugurt atomi juda zich kubsimon to`qima hosil qiladi. Tetraedrning tomonlarida har juft S2- atomi o`rtasida Si+ atomi joylashadi. Bunday holatda 48 ta mis joylashishi kerak bo`lgan o`ringa 40 ta joylashadi, bunga sabab, bornitdagi qisman mis Si2+ gacha oksidlanganidir. Bornitning rangi to`q qizil, kukunda esa qora. Singanda sinish tyokisligida noto`g’ri shaklga ega bo`lgan zarrachalar hosil bo`ladi. Zichligi 4,9 — 5,3 g/sm3. Qattiqligi 3. Bornit yarim o`tkazuvchan, solishtirma qarshiligi 10-5 — 10-3 Om∙m. Solishtirma magnit qabul qiluvchanligi 7,4∙10-6 sm3/g. Xal’kozin, Cu2S bir valentli mis atomining ikkilangan, uchlangan va tetraedrli koordinatsiyasi bilan koordinatsiyalangan murakkab strukturaga ega. Xalkozin tarkibida 79,9% mis, 20,1% oltingugurt hamda kumush, kobalt, nikel, mishyak, oltin va kam hollarda temir qo`shimchalari mavjud. Rangi qoramtir, ko`kimtir, kristallari tabletkasimon ko`rinishga ega. Zichligi 5,5— 5,8 g/sm3, qattiqligi 2,5—3, solishtirma qprshiligi 4∙10-4 — 4∙10-2 Om∙m, Solishtirma magnit qabul qiluvchanligi (0,3—0,4)∙10-6 sm3/g. Xalkopirit va pirit aralashgan joyda ikkilamchi sulfidli tomirli-donador rudalarda uchraydi. Xalkozin asosan tarkibidagi misning miqdori yuqori bo`lgan skarnli kon rudalarining yuqori qatlamida joylashadi. Kovellin CuS – sanoat ahamiyatiga ega bo`lgan rudalarda ikkilamchi sulfidli mineral ko`rinishida xalkozin bilan birgalikda uchraydi. U murakkab qatlamli strukturaga ega. Kovellin tarkibida 66,5% mis, 33,5% oltingugurt mavjud. Zichligi 4,6—4,7 g/sm3, qattiqligi 1,5—2. Qo`shimcha sifatida temir, selen, kumush va qo`rg’oshin uchrashi mumkin. Rangi kukimtir. YAxshi o`tkazuvchan, solishtirma qarshiligi 10-7 —10-6 Om∙m. Magnitga tortilmaydi, Solishtirma magnit qabul qiluvchanligi (0,04—0,24) -10-6 sm3/g. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling