- 1520-yildan M.ning qarashlari fojiali tus ola boshladi. 1534-yilda Rimga butunlay koʻchib oʻtadi. Ijodidagi bu ohanglar Florensiyadagi San-Lorense cherkovida Lorenso va Juliano Medichi qabrlariga ishlagan yodgorliklarida oʻz ifodasini topdi (1520—34). Vafot etgan gersoglar qiyofasida portret xususiyatlari yoʻq, ular faol va samarali hayotni tarannum etuvchi obrazlardir, ularning oyoq tomonlarida tez oqib oʻtayotgan vaqt (kun)ni ifodalovchi 4 ta haykal 2 juft holatida oʻrnatilgan
- Rimdagi Sikst kapellasida "Dahshatli sud" freskasini yaratdi. Umrining oxirigacha oʻzining qabriga oʻrnatiladigan yodgorlik — "Isoga motam" haykallar guruhi ustida ishladi (1555—64), uning loyihasini shogirdlari nihoyasiga yetkazib qoʻyishdi . Italiyada Mikelanjelo juda katta shon shuhratga erishdi
- M. Umri ning oxirgi yillarida sheʼriyat va meʼmorlik bilan shugʻullandi. 1546-yildan Rimdagi Avliyo Pyotr So-bori, Kapitoliy maydoni ansambli meʼmorligi ustida ishladi, oʻlimidan soʻng uning loyihasi asosida qurib bitkazilgan. “Sheʼrlar” kitobi vafotidan soʻng dastlab 1623-yilda nashr qilingan. M. Gʻoyalari insonparvarlik, xalqchillik, realizmning keyingi rivojiga xizmat qildi. M. Ijodi manyerizm taraqqiyotini taʼminlovchi omil boʻldi, ulardan farqli oʻlaroq, M. Asarlarida insonga muhabbat va uning ulugʻvorligi hamda goʻzalligiga ishonchni saqlab qola oldi va ifoda eta oldi.[1]
- Mikelanjelo Buonarroti (Michelangelo Buonarroti) (toʻliq nomi Mikelanolo di Lodoviko Lionardo di Buonarroto Simoni; 1475.6.3, hozirgi Kapreze—Mikelanjelo, Toskana — 1564. 18.2, Rim) — italyan haykaltaroshi, rassomi, meʼmori va shoir; Uygʻonish davrining buyuk arboblaridan. Rassom M. Girlandayo (1488—96) va haykaltarosh Bertoldo di Jovanni (1489— 90)dan taʼlim olgan. Jotto, Donatello, Mazachcho kabilarning asarlari va qad. Haykaltaroshlikni oʻrganishi M. Ning ijodiy kamolotiga muhim taʼsir koʻrsatgan
Do'stlaringiz bilan baham: |