Minnadorlik yuragimda yashar
BARAKALARINGIZ HAQIDA O‘YLANG!
Download 21.59 Kb.
|
Minnadorlik yuragimda yashar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-Yanvar
BARAKALARINGIZ HAQIDA O‘YLANG!Shayton ushbu oxirzamonda duch kelayotgan qiyinchiliklar sizga qayg‘u keltirishini va tushkun ahvolda bo‘lishingizni istayotganini masihiy sifatida tushunyapsiz. Agar salbiy fikrlash tarziga berilsangiz va barcha narsadan nolisangiz, u maza qiladi. Bunday munosabat tufayli va’zgo‘ylik xizmatida ham kam samaraga erishasiz. Minnatdorlik muqaddas ruh samarasi bilan o‘zaro bog‘liq. Masalan, Xudo bizga ato etayotgan barakalarni ko‘rayotganimiz va kelajak borasidagi va’dalariga ishonayotganimiz uchun sevinyapmiz. (Galat. 5:22, 23) Yahovaning Shohidi ekansiz, bu maqolada minnatdorlik haqida yozilgan fikrlarga qo‘shilsangiz kerak. Biroq hamisha minnatdorlik ko‘rsatish va ijobiy bo‘lib qolish oson emasligini tushunayotgandirsiz. Shunday bo‘lsa-da, tushkunlikka tushmang. Minnatdorlik tuyg‘usini rivojlantirish qo‘lingizdan keladi. Minnatdorlik ko‘rsatishingiz mumkin bo‘lgan ayrim narsalar haqida fikr yuritishga har kuni vaqt ajrating. Bunday qilganingiz sayin, bu odat tusiga kirib, minnatdor inson bo‘lib boraverasiz. Bu tufayli siz nuqul qiyinchiliklariga diqqat qaratib yuradigan kishilardan ko‘ra ancha baxtliroq bo‘lasiz. Allohning yaxshiliklari va boshqalar sizga dalda berish niyatida qilayotgan ishlari haqida fikr yuriting o‘shanda mamnun bo‘lasiz. Balki barakalaringizni daftarga yozib borarsiz. Har kuni minnatdor bo‘lishingiz mumkin bo‘lgan ikkita yoki uchta narsani yozib qo‘ying. Tadqiqotchilarning izlanishlariga ko‘ra, doim boshqalarga minnatdorlik izhor etganimizda, bu miyamiz faoliyatini o‘zgartirishi mumkin va hayotimizga ijobiyroq qaraydigan bo‘lamiz. Minnatdor inson eng baxtli insondir. Shunday ekan, qut-barakalaringiz haqida o‘ylang, hayotingizdagi quvonchli daqiqalardan zavq oling va doim minnatdorlik ko‘rsating. Ega bo‘lgan barakalaringizni oddiy holdek qabul qilmay, «Yahovaga shukrona ayting, zero U yaxshidir». Darhaqiqat, «har narsa uchun minnatdorchilik bildiringlar» 11-YanvarXalqaro Rahmat kuni!!!Download 21.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling