Minnadorlik yuragimda yashar


Download 21.59 Kb.
bet1/3
Sana21.11.2023
Hajmi21.59 Kb.
#1792460
  1   2   3
Bog'liq
Minnadorlik yuragimda yashar

Minnadorlik yuragimda yashar






SIZ o‘zingizni minnatdor inson deb hisoblaysizmi? Bu savol ustida hammamiz fikr yuritib ko‘rsak arziydi. Muqaddas Kitobda bizning zamonamizdagi ko‘plar «noshukur» bo‘lishi bashorat qilingan. (2 Tim. 3:2) Ehtimol, boshqalar ular uchun nimadir qilishi yoki biron nima berishi kerak, deb hisoblaydigan insonlarga duch kelgandirsiz. Ular olgan narsalari uchun minnatdorlik ko‘rsatishning keragi yo‘q, deb o‘ylashar. Bunday insonlar bilan bo‘lish yoqimli bo‘larmidi?


Bundan farqli ravishda, Yahova O‘z xizmatchilariga: «Minnatdor ekaningizni ko‘rsatinglar»,— deb aytgan. Biz «har narsa uchun minnatdorchilik bildirishimiz» lozim. (Kolos. 3:15; 1 Salon. 5:18) Ha, minnatdorlik tuyg‘usini rivojlantirsak yaxshi bo‘lardi. Bu nima uchun yaxshi ekanining ba’zi sabablariga diqqat qaratishimiz mumkin.

MINNATDORLIK VA O‘ZIMIZGA NISBATAN TO‘G‘RI NUQTAI NAZAR


Muhim bir sabab shuki, minnatdorlik o‘zimizga nisbatan to‘g‘ri nuqtai nazarda bo‘lishga ko‘maklashadi. Biror kimga minnatdorlik bildirgan kishi o‘zini yaxshi his qiladi, minnatdorchilikni eshitgan kishi esa o‘zini undan-da baxtiyor his etadi. Xo‘sh, nega bu ikki tomonga ham yaxshi ta’sir qiladi? Misol uchun, kimdir harakatlaringizni ko‘rib, siz uchun nimadir qilishga tayyor. U sizga g‘amxo‘rlik qiladi. Buni ko‘rgach, o‘zingizni yaxshi his qilasiz. Rut bilan ham shunday bo‘lgan. Boz Rutga saxiylik ko‘rsatgan. Rut uning g‘amxo‘rligidan o‘zini baxtli his etgani shubhasiz. (Rut 2:10–13)
Ayniqsa, Xudodan minnatdor bo‘lish o‘ta muhim. Albatta, Alloh ham ma’nan, ham jismonan juda ko‘p g‘amxo‘rlik qilgani va bunday qilishdan to‘xtamayotgani haqida ba’zan o‘ylarsiz. (Qonun. 8:17, 18; Havor. 14:17) Lekin Xudoning himmati to‘g‘risida ba’zan emas, balki siz va yaqinlaringizga U yog‘dirgan qut-barakalari haqida ko‘proq mulohaza yuritishga vaqt ajratish oqilonadir. Yaratuvchingizning saxiyligi haqida fikr yuritish Unga nisbatan minnatdorligingizni oshirib, U sizni juda qattiq yaxshi ko‘rishi va qadrlashiga yanada amin bo‘lasiz. (1 Yuhan. 4:9)
Ammo Xudoning barakalari va saxiyligi to‘g‘risida fikr yuritibgina qolmay, himmati uchun Unga shukrona ayting. (Zab. 100:4, 5) «Boshqalarga minnatdorlik bildirish odamlarni baxtli qiladi», deb bejizga aytilmagan.

Download 21.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling