Minor azot asoslari Ahmadov toʻlqin
Download 2.96 Kb.
|
Minor azot asoslari
Minor azot asoslariAhmadov toʻlqinNuklein kislotalar birinchi marta hujayra yadrosidan ajratib olinganligi uchun nuklein (nukleus-yadro) deb atalib, Shvetsariyalik olim F.Misher tomonidan 1869 yili aniqlangan.Nuklein kislotalar yuqori molekulali birikmalar boʻlib, katta molekulyar massaga ega. Nuklein kislotalar tirik organizmlardagi irsiy belgilarning nasldan-naslga oʻtishi, oqsillar biosintezi kabi hayotiy jarayonlarda muhim ahamiyatga ega.Nuklein kislotalar kimyoviy tarkibiga azot asoslaridan purin va pirimidin asoslari, uglevod komponentlaridan riboza va dezoksiriboza hamda fosfat kislota kiradi. Nuklein kislotalarning ikkita tipi mavjud: dezoksiribonuklein kislota (DNK (DNA)) va ribonuklein kislota (RNK (RNA)). Nuklein kislotalar nukleotidlardan tuzilgan. DNK va RNK azot asoslari va uglevod komponetlarini saqlashiga koʻra bir-biridan farq qiladi. Purin asoslari. Nuklein kislotalar tarkibida purin asoslaridan adenin va guanin uchraydi. Pirimidin asoslari.Pirimidin asoslariga sitozin,uratsil,timin kiradi. Bundan tashqari nuklein kislotalar tarkibida minor (kamdan-kam uchraydigan) azot asoslari uchraydi: 5-metil va 5-oksimetilsitozin, digidrouratsil, psevdouratsil, 1-metiluratsil va boshqalar. Uglevod komponentlari. Nuklein kislotalar tarkibiga kiradigan uglevod komponentlari; pentozalar; D-riboza va 2-D-dezoksiriboza boʻlib, ular furan shaklida uchraydi. AYRIM AZOT ASOSLARI: ETIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR Download 2.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling