“Minor va algebraik toʻldiruvchi mavzusini muammoli taʼlim texnalogiyasidan foydalanib oʻqitish metodikasi”


Download 8.87 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi8.87 Kb.
#1766724
Bog'liq
Ilmiy rahbar xulosasi


O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti “Matematika” fanini o‘qitish huquqini berish bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash kursi 303-guruh tinglovchisi Umarov Rustam Anvar oʻgʻli Minor va algebraik toʻldiruvchi mavzusini muammoli taʼlim texnalogiyasidan foydalanib oʻqitish metodikasi mavzusidagi bitiruv malaka ishiga ilmiy rahbarining


XULOSASI

Bitiruv malakaviy ishida Minor va algebraik toʻldiruvchi mavzusini muammoli taʼlim texnalogiyasidan foydalanib oʻqitish metodikasi aniq sodda qilib tushuntirilgan. Minor va algebraik toʻldiruvchi mavzusini muammoli taʼlim texnalogiyasidan foydalanib oʻqitish metodikasi haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Mavzuga oid bir qancha misollar namunaviy tarzda ishlab ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, bitiruv malakaviy ishida pedagogik texnologiya tushunchasining mohiyati, uning ta’lim tizimidagi o‘rni ham batafsil yoritib berilgan. Pedagogik texnologiyalardan muammoli ta ’lim texnologiyasining umumiy tavsifi va afzalliklari bayon etilgan. Minor va algebraik toʻldiruvchi mavzusini o‘qitishda ushbu texnologiyadan qanday foydalanish kerakligi to‘liq izohlangan. Shuningdek, bitiruv malakaviy ishida, o‘qituvchilar uchun, pedagogik texnologiyalardan foydalanishga oid bir qancha taklif va tavsiyalar ham keltirilgan.


Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, 2 ta bob, 5 ta paragraf, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, ilmiy xatolarsiz, uslubiy jihatdan pedagogik texnologiyalarga tayangan holda yuqori saviyada bajarilgan. Ushbu bitiruv malakaviy ishi bitiruv malakaviy ishlariga qo‘yiladigan barcha talablarga mos keladi deb hisoblayman hamda uni yakuniy attestatsiyada himoya qilishga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: R.A.Koshnazarov
Download 8.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling