Minora tipidagi quyosh elektr stansiyasi va ularning energetik xususiyatlari


Download 0.92 Mb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1405221
1   2   3
Bog'liq
alternativ

MtQES

Joylashish hududi

Davlat

Ishga tushirilgan yili

N (MVt)
Elektrik

Issiqlik tashuvchi

SSPS

Alkeriya

Ispaniya

1981 yil

0,5

Suyuq natriy

EURELIOS

Sisiliya

Italya

1981 yil

1,0

Suv bug’i

SUNSHINE

Nio Town

Yaponiya

1981 yil

1,0

-

CESA-1

Alkeriya

Ispaniya

1983 yil

1,0

-

THEMIS

Targasonne

Fransiya

1982 yil

2-2,5

Tuzlar eritmasi

Solar One

Barstou

AQSH

1982 yil

10

Suv bug’i

Solar Two

-

-

1999 yil

10

Suyuq natriy

СЭC-5

Qrim

Rossiya

1986 yil

5,0

Suv bug’i

MtQES asosida mashhur termodinamik sikl yotadi, bunda IES dagi organik yoqilg‘ilarni (gaz, neft, ko‘mir, torf va boshq.) yoqish hisobiga bug‘ qozoni o‘rniga shunga o‘xshash qozon bo‘lib quyosh energiyasi issiqligi hisobiga har xil bug‘simon va suyuq issiqlik tashuvchilar ishlatiladi (3- rasm. a va b).


Quyosh energiyasini qabul qilgich (qozon) yerdan yuqori balandlikda minorada joylashadi, unga ko‘plab avtomatik boshqariladigan oyna akslantirgichlar (geliostatlar) yordamida quyosh nurlanishi akslantiriladi. Boshqacha aytganda, Sirakoza shahri aholisiga Arximedning qadimiy g‘oyasi yordami yodga tushadi. Unga ko‘ra Sirakoza portida dushman kemalari ko‘zgularni akslantirish orqali yonib ketganligi aytib o‘tiladi.
Quyosh nurlanishi zichlashtirilib bir nuqtaga yig‘ilib bug‘ - issiqlik tashuvchi hosil bo‘ladigan qozonning issiqlik yutuvchi yuzasiga beriladi, so‘ngra bog‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri issiqlik almashingich yoki bog‘ turbinasiga kelib tushadi. Bog‘ turbinasining valiga mahkamlangan generator rotori joylashib u ma’lum chastota va kuchlanishdagi elektr energiyasini ishlab chiqaradi.



3-rasm. a) MtQES ning asosiy inshootlari:
1 – minora, 2 – quyosh nurlanishini issiqlik qabul qilgich-qozon; 3 – geliostatlar;
b) quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirishning prinsipial sxemasi:
1 – geliostatlar, 2 – qozon, 3 – turbina, 4 – generator, 5 – kondensator

Ko‘pincha MtQES quvvati ko‘psonli geliostatlardan yig‘ilgan quyosh energiyasi qozon-qabul qilgich joylashgan minoraning balandligi orqali aniqlanadi. Bu holatda minoraning yuqori balandligi geliostatlarning bir biriga soya berish xavfini oldini oladi. Masalan, quvvati 50÷100 MW bo‘lgan MtQES da minoraning balandligi 200÷300 m, foydalaniladigan geliostatlarning maydoni 2÷3 km2 (15÷25 mingta) bo‘lishi zarur. 150÷200 MW quvvatdagi MtQES uchun 350÷400m balandlikdagi minora kerak bo‘ladi, lekin amaliyotda bunday stansiyalarni qurish juda qiyin hisoblanadi. Shunga asoslanib aytish mumkinki, qurilgan MtQES quvvati 5,0÷10,0 MW va minorasining balandligi 70÷100 m bilan cheklangandir. MtQES uchun asosan ko‘psonli geliostatlarni o‘rnatish uchun qimmat Yer maydonlarining chiqimi hisoblanadi.


1981 yildan Sitsiliya orolida (Italiya) quvvati 1 MW, minorasining balandligi 50 m bo‘lgan BSES EURELIOS minorali quyosh elektr stansiyasi ishlay boshlagan. Uning issiqlik qabul qilgichida harorati 6000C bo‘lgan suv bug‘i hosil qilinib, to‘g‘ri a’nanaviy bog‘ turbinasida foydalaniladi. Shuningdek Ispaniyaning janubi Alkeriyada 1981 yildan quvvati 0,5 MW QES ishlab keladi, unda dastlabki issiqlik tashuvchi sifatida suyuq natriy bo‘lib u issiqlik almashingich orqali o‘z issiqligini suv bo‘g‘iga beradi. Natriyli issiqlik tashuvchi bir vaqtning o‘zida vaqt bo‘yicha issiqlik akkumulyatori hisoblanadi. Shunga o‘xshash QES da quyosh nurlanishining tasodifiy va sikl xarakterini hisobga olib energotizimda qo‘shimcha quvvat manbai bo‘lib, defitsit bo‘lgan organik yoqilg‘ilarni iqtisod qilish imkonini beradi. Bu kabi QES ish samaradorligini oshirish uchun ularning texnologik sxemalariga energiya yig‘uvchilarni qo‘shish mumkin, bu sutkaning yorug‘ quyosh shu’lalanishi vaqtida tushadigan quyosh energiyasining vaqt bo‘yicha qayta taqsimlanishiga yordam beradi. Yuqoridagilarni 66-rasm ifodalaydi, a va b holatlarda ikkita eng ko‘p ishlab chiqilgan issiqlik akkumulyatoriga ega MtQES tasvirlangan. 78-rasmda a) MtQES da quyosh nurlanishini aylantirishning umumiy texnologik zanjiriga issiqlik akkumulyatori ketma-ket ulangan. B). Issiqlik akkumulyatoriga QES minorasida qizigan ishchi jismning faqat bir qismi ajratiladi.


Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling