Mintaqada aholi bandligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish usullari


Download 59.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana02.06.2024
Hajmi59.73 Kb.
#1839936
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
208-215



ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O‘RNI 7-SON
20-son
www.academics.uz
 
18.06.2022
208 
MINTAQADA AHOLI BANDLIGINI OSHIRISH, KICHIK BIZNES VA 
XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH USULLARI 
Yusufjonov Ravshanbek Namdu magistr, 
Ilmiy raxbar: dosent Soliev Ibodilloxon 
Anottasiya: Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni qay tarzda yanada isloh qilish, yanada barqarorlashtirish 
va hozirgi kundagi xususiy korxonalarning o'sgani, kichik biznes salohiyatining 
qay darajada ko'tarilgani haqida so'z boradi. 

Kalit so'zlar: biznes, tadbirkorlik subyektlari, real daromad, aholi bandligi, 
YaIM, qishloq xo'jalik aloqalari, bozor iqtisodiyoti 
O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama 
rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatiga o'tishni 
tezlashtiruvchi eng asosiy yo'llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni 
davlat tomonidan qo'llab- quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko'rsatish, 
uni rag'batlantirishga bag'ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul 
qilindi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub 
negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. 
Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning 
turmush tarzida, ma'naviy va hayotiy ko'nikmalarida namoyon bo'lmoqda . Kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil 
rivojlanishi, xo'jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste'mol bozorini 
to'ldirish bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta'minlamoqda. 
Mamlakatimizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni yanada barqaror 
qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xususiy mulkni himoya 
qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik 
tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash borasidagi ishlami tashkil qilish tizimini tubdan 
takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik 
subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan 
foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to'g'risida" 2019-yil 13-avgustdagi PF-



Download 59.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling