Mintaqaviy iqtisodiyot fanining mohiyati va vazifalari


Mintaqaviy iqtisodiyot fanining tadqiqot usullari


Download 99.29 Kb.
bet3/3
Sana08.02.2023
Hajmi99.29 Kb.
#1176181
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu

Mintaqaviy iqtisodiyot fanining tadqiqot usullari

  • Balans usuli fan amaliyotida keng qo`llaniladigan an`anaviy usullardan hisoblanadi. Bu usul mintaqani rivojlantirishga oid dasturiy hujjatlarni ishlab chiqishda (konseptsiya, strategiya,prognoz ko`rsatkichlari, reja-dastur) ehtiyojlar bilan resurslar yoki ko`rsatkichlar o`rtasida mutanosiblikni ta`minlash maqsadida qo`llaniladi. Balans usuli mintaqada tarmoqlar rivojlanishining mutanosibligini ta`minlash, ishlab chiqarishni joylashirishda iqtisodiy jihatdan asoslangan variantlarni ishlab chiqish, resurslarga bo`lgan hududiy ehtiyojni aniqlash imkonini beradi.

Mintaqaviy iqtisodiyot fanining tadqiqot usullari

  • Normativ usulbu loyiha, iqtisodiy, ijtimoiy ko`rsatkichlarni me`yoriy normativlar yordamida asoslab berish usuli hisoblanadi. Me`yoriy normativlar prognoz, reja-dastur, balans, texnik-iqtiodiy loyihalarni ishlab chiqishda va unning ilmiy-uslubiy yondashuvlarida muhim baza bo`lib hizmat qiladi. Hozirgi kunda bu usul O`zbekistonda alohida mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishda keng qo`llanilmoqda.

Mintaqaviy iqtisodiyot fanining tadqiqot usullari

  • Ijtimoiy tadqiqotlar usuli ilmiy-tadqiqot ishlarida eng samarali usullardan hisoblanadi. Bu usulda qo`yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda anketa so`rovnomalari ishlab chiqiladi, shu asosda ekspert-mutaxassislar tomonidan mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatiga baho beriladi. Tadqiqotlar usuli yordamida to`plangan ma`lumotlar umumlashtiriladi, qayta ishlanadi, tegishli xulosalar va taklif-tavsiyalarni ishlab chiqiladi.

Mintaqaviy iqtisodiyot fanining tadqiqot usullari

  • Iqtisodiy-matematik modellashtirish usuli – matemetika, statistika va ekonometrika fan predmetlarining usullaridan foydalanilgan holda mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko`rsatkichlarini regrissiyon tahlil qilish, modellashtirish va prognozlashtirishda qo`llaniladi.

O’z-o’zini tekshirish uchun savollar

  • “Mintaqaviy iqtisodiyot” fani o`z tadqiqot doirasida qanday muammolarni o`rganadi?
  • Mintaqaviy iqtisodiyot fanining shakllanish davri qaysi bosqichlarda ko`zga tashlanadi?
  • Mintaqaviy iqtisodiyot fanining ustuvor tadqiqot yo`nalishlarini sanab o`ting.
  • O`zbekistonda “Mintaqaviy iqtisodiyot” fanining shakllanish jarayoni qanday?
  • Iqtisodiyot fanlari tizimida “Mintaqaviy iqtisodiyot” fani qaysi jihatlari bilan ajralib turadi?
  • “Mintaqa”, «Hudud» va «Rayon» tushunchalarning ma’nosi nimada?
  • Mazkur fanning tadqiqot usullari xususida nima deya olasiz?

Download 99.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling