Mintaqaviy iqtisodiyot fanining mohiyati va vazifalari


Download 99.29 Kb.
bet1/3
Sana08.02.2023
Hajmi99.29 Kb.
#1176181
  1   2   3
Bog'liq
1-mavzu

1 mavzu. MINTAQAVIY IQTISODIYOT FANINING MOHIYATI VA VAZIFALARI

Reja:

1.1.Mintaqaviy iqtisodiyot fanining ob’ekti, predmeti va vazifalari.

1.2.Mintaqaviy iqtisodiyotning shakllanish davri va uning boshqa fanlar bilan aloqasi.

1.3.Mintaqaviy iqtisodiyot fanining tadqiqot metodlari va asosiy tushunchalari.

Mintaqaviy iqtisodiyot alohida mintaqalarning iqtisodiyotini, xususan, mintaqaning iqtisodiy rivojlanishidagi mavjud ob’ektiv shart-sharoitlar (geografik joylashuvi, tabiiy sharoiti, demografik, ishlab chiqarish va resurslar salohiyati ) yoki ichki va tashqi omillar, ishlab chiqarish, ijtimoiy soha va aholining yashash sharoitlari, xo’jalikni joylashtirish tizimi va uning boshqaruv mexanizmini o’rganuvchi fandir.

Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti

  • alohida mintaqa iqtisodiyoti;
  • mintaqalar o’rtasidagi iqtisodiy aloqalar;
  • hududiy tizimlar ( bu yerda milliy iqtisodiyot o’zaro aloqadorlikda bo’lgan mintaqalar tizimi sifatida qaraladi);
  • ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish masalalari;
  • iqtisodiy faoliyat, shuningdek, moliya, investitsiya jarayoni, mehnat faoliyati, turmush darajasining hududiy jihatlarini o’rganadi.

Mintaqaviy iqtisodiyotning tadqiqot ob’ektlari

Mintaqaviy iqtisodiyotning tadqiqot ob’ekti turli hududiy-iqtisodiy ob’ektlar, jumladan, mintaqalar, iqtisodiy rayonlar, viloyatlar, qishloq tumanlari bo’lishi mumkin. Bu ob’ektlar mamlakatda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning hududiy jihatlarini, milliy iqtisodiyotning hududiy tarkibini o’zida aks ettiradi. Mintaqaviy iqtisodiyotning tadqiqot ko’lamiga va qo’yilgan maqsadga qarab turib, uning ob’ekti sifatida yirik iqtisodiy rayon, alohida respublika mintaqasi yoki viloyat, qishloq tumani, shaharlar va boshqa hududiy birliklarni ajratib olish mumkin.

Mintaqaviy iqtisodiyot fani doirasida o`rganiladigan muammolar

  • davlatning viloyat, hududlarga nisbatan iqtisodiy siyosati va uning mazmun-mohiyati;
  • mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tartibga solish va hududiy boshqaruvni tashkil etish mexanizmi, uni takomillashtirish masalalari;
  • mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmi;
  • strategik rejalashtirish, mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish muammolari;
  • uzoq va o’rta muddatda mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini modellashtirish va prognozlashtirish masalalari;
  • hududiy ixtisoslashuvning samaradorligi, mintaqa iqtisodiyotini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash muammolari;
  • mintaqalarni kompleks rivojlantirish va milliy iqtisodiyotning hududiy muvozanatliligini ta’minlash masalalari;
  • mintaqalar iqtisodiyotining integratsiyalashuvi va iqtisodiy rayonlashtirish masalalari;
  • tabiiy-iqtisodiy salohiyat va ishlab chiqarish omillarining hududiy jihatlari va boshqa muammolar.

Download 99.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling