Mintaqaviy iqtisodiyot fanining mohiyati va vazifalari


Mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy vazifalari


Download 99.29 Kb.
bet2/3
Sana08.02.2023
Hajmi99.29 Kb.
#1176181
1   2   3
Bog'liq
1-mavzu

Mintaqaviy iqtisodiyotning asosiy vazifalari

  • Mintaqalarning ichki va tashqi omillarini, tabiiy-iqtisodiy salohiyatini baholash, ularning iqtisodiy o’sishga bo’lgan ta’sirini o’rganish.
  • Respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tendentsiyalariga baho berish, yuzaga kelayotgan hududiy disproportsiyani aniqlash, uni bartaraf etish bo’yicha ilmiy taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish.
  • Mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyalarni va uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish.
  • Mintaqalar rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish, hududiy boshqaruvni takomillashtirish yuzasidan ilmiy-uslubiy ko’rsatmalar va takliflarni ishlab chiqish.
  • Uzoq muddatda mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining kontseptual asoslarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqishga ilmiy- uslubiy ko’mak ko’rsatish.
  • Respublika hududlarining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini prognozlashtirish, uning ilmiy-uslubiy yondashuvlarini takomillashtirish.

Mintaqaviy iqtisodiyot fanida “mintaqa” tushunchasi

Mintaqabu tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy,madaniy va boshqa sharoitlarga ega bo`lgan hududning aniq bir qismidir.

Mintaqaviy iqtisodiyot fanida “mintaqa” tushunchasi quyidagi holatlarda qo`llaniladi:

  • federativ yoki unitary davlatning ma`muriy-hududiy birligi sifatida;
  • iqtisodiy-ijtimoiy, geografik sharoitlari va joylashuvi, ixtioslashuvi va boshqa belgilarga muvofiq o`xshash bo`lgan hududiy birliklarning umumlashtirilgan yirik iqtisodiy-geografik rayonga nisbatan;
  • milliy iqtisodiyotning yoki ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni o`zida aks etuvchi makonning aniq bir hududiy birligi sifatida.

Mintaqaviy iqtisodiyot fanining tadqiqot usullari

  • Dasturiy maqsadni aniqlash usuli - bu usul mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlntirishda strategik maqsad va vasifalarni aniqlash uchun qo`llaniladi. Shu nuqtai nazardan bu usul hududiy boshqaruv jarayonida mahalliy dasturlar, kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishda qo`llaniladi. Dasturiy maqsadni aniqlash usulida quyidagilarni hisobga olish lozim:
  • dasturiy maqsadning mamlakat iqtisodiy islohotlarining ustuvor yo`nalishini va hududiy muammolarini hisobga olgan holda belgilab olinishi;
  • moliyaviy resurslarni jalb etish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda dasturiy maqsad va vazifalarning belgilab olinishi;.
  • dasturiy maqsadlarning belgilab olinishi ma`lum bir uslubiy ko`rsatmalar asosida amalga oshirilishi lozim;
  • dasturiy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda aniq tashkiliy mexanizmni ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

Download 99.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling