Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment


Uy-joy qurilishini moliyalash boʼyicha


Download 398.24 Kb.
bet4/4
Sana23.09.2023
Hajmi398.24 Kb.
#1685709
1   2   3   4
Bog'liq
ipoteka bank Rahmonov (1)

Uy-joy qurilishini moliyalash boʼyicha:
Аholining uy-joy sharoitini yaxshilash jamiyat farovonligini taʼminlashning asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu borada, oʼtgan 2021 yilda hududlarda zamonaviy koʼp qavatli uy-joylar qurilishini moliyalashtirishda Ipoteka-bank jamoasi oʼz hissasini qoʼshdi.
Jumladan, qurilishning bozor tamoyillariga asoslangan yangi tartibi doirasida hududlarda 4 038 ta xonadondan iborat 73 ta koʼp qavatli uy-joylar barpo etildi. Bunda 1 113,5 mlrd. soʼmlik loyihalarni amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlariga 422,3 mlrd. soʼm miqdorida kredit liniyalari ochildi.
Bundan tashqari, 2021 yilda qiymati 1 850,4 mlrd. soʼmlik uy-joylar qurilishi moliyalashtirilishi uchun 517,6 mlrd. soʼm miqdorida kredit liniyalari ochilgan boʼlib, mazkur loyihalar 2022-2023 yillarda ishga tushirilishi natijasida 6 237 ta xonadondan iborat 106 ta uy-joy aholiga yashashlari uchun topshiriladi.4
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki men “Ipoteka bank” ning Navoiy viloyati fillialida o’z amaliyotimni o’tadim. Bankda men dastlab kadrlar bo’limiga ko’rindim so’ngra meni “Kreditlash” bo’limiga tavsiya etishdi. Amaliyot davrida men Bankning nizomi, faoliyati, missiyasi, maqsadi va tashkiliy tuzilmasi bilan tanishib chiqdim. Shu bilan bir qatorda men amaliyot davrining dastlabki kunlarida “Front Office” ya’ni bevosita kelgan mijozlar bilan ishlovchi hodimlar bilan birga bo’ldim, shu muddat oralig’ida men kreditlash bo’limida kredit turlari haqida va qay hollarda fuqarolarga kredit ajratiladi va qay hollarda ajratilmaydi degan savollarga o’zim uchun javob oldim. Kredit turlari haqida to’htaladigan bo’lsak quyidagi kredit turlari haqida bilimlarga ega bo’ldim: 1) “Overdraft kredit” 2) Uy joy sotib olish uchun ipoteka krediti; 3) Mikroqarz; 4) Avtomobil sotib olish uchun moliyaviy iste’mol krediti; 5) Tayyor uyga ipoteka; 6) Yangi uyga ipoteka; 7) Talim krediti; 8) Avtokredit shular jumlasidandir. Amaliyot davrida shu narsaga amin bo’ldimki ushbu bankda eng murakkab ishlarni “Front Office” hodimlari bajarar ekan. Chunki ushbu hodimlar kun bo’yi mijozlar bilan ishlashni ularnig turli savollariga javob berish bilan shug’ullangan holda mijozlarning barcha savollariga javob berib ular kredit ola olishlari uchun barcha malumotlarni yetkazib, mijozlar og’irini yengil qilishar ekan. Lekin shuni aytib o’tish joizki amaliyot davrida turli xil mijozlarga duch keldim, bazilari hushfel bazilari jahldor va yana bazilari madaniyatsiz ammo shunga qaramasdan mijoz har doim haq deganidek bank hodimlari hamma uchun o’zining hushfel va yetarli darajada malumot berib va hizmat ko’rsatib barchaning ishlarini bitkazib berishar edi.







1 Wikipedia.com

2 Ipotekabank.uz

3 Bank.uz

4 Ipotekabank.uz


Download 398.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling