Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment
Bankning asosiy koʼrsatkichlari dinamikasi boʼyicha
Download 398.24 Kb.
|
ipoteka bank Rahmonov (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bankning moliyaviy natijalari boʼyicha
- II. Bankning biznes yoʼnalishlari boʼyicha
Bankning asosiy koʼrsatkichlari dinamikasi boʼyicha:
Ipoteka-bankning 2022 yil 1 yanvar holatiga asosiy koʼrsatkichlari va moliyaviy natijalari quyidagi maʼlumotlarda aks ettirilgan: · bankning aktivlari yil boshiga nisbatan 23,5 foizga koʼpayib, 40,0 trln. soʼmni tashkil etdi; · kredit portfeli yil boshiga nisbatan 19,4 foizga koʼpayib, 28,21 trln. soʼmni tashkil etdi; · jalb qilingan depozit mablagʼlari yil davomida 66,6 foizga koʼpayib, 15,8 trln. soʼmni tashkil etdi; · umumiy kapitali yil boshiga nisbatan 19,0 foizga koʼpayib, 5,09 trln. soʼmni tashkil etdi; Bankning moliyaviy natijalari boʼyicha: 2022 yil 1 yanvar holatiga oʼtgan yilning mos davriga nisbatan 61,0 foiz koʼp miqdorda daromad olingan boʼlib, hisobot sanasida 6,39 trln. soʼmni tashkil qildi; shuningdek, oʼtgan yilga nisbatan 63,4 foizga koʼp xarajatlar amalga oshirilgan boʼlib, hisobot sanasida xarajatlar 5,7 trln. soʼmni tashkil qildi; Natijada, ushbu ijobiy oʼzgarishlar bankning 2021 yil natijalari boʼyicha 693,7 mlrd. soʼm miqdorida sof foyda olinishiga imkoniyat yaratdi. Shuningdek, 2021 yil yakuni boʼyicha bank faoliyatining rentabelligi va samaradorligini ifodalovchi sifat koʼrsatkichlari yuqori darajada saqlanib qoldi. Xususan, hisobot davrida bank aktivlari rentabelligi (ROA) 2,04 foizni va bank kapitali rentabelligi (ROE) 14,8 foizni tashkil qildi. II. Bankning biznes yoʼnalishlari boʼyicha Ipoteka-bank avvalgi yillardagi kabi respublikaning yirik banklaridan biri sifatida iqtisodiyotda olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Xususan, salohiyatli korporativ mijozlarning yirik ishlab chiqarishga doir istiqbolli loyihalarini moliyaviy qoʼllab-quvvatlash, davlat dasturlari ijrosi, hududlarni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish, kichik biznes sohasining rivojlanishiga hissa qoʼshish, aholini arzon va sifatli uy-joylar bilan taʼminlash va ommabop kreditlar orqali bandligini oshirish bankimiz faoliyatining muhim yoʼnalishlaridan biri hisoblanadi. Download 398.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling