Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment
Malakaviy amaliyotning vazifalari
Download 68.3 Kb.
|
Hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malakaviy amaliyotning obyekti.
Malakaviy amaliyotning vazifalari:
Egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda tekshirish , mustahkamlash va boyitish ; Yangi bilimlarni o`zlashtirishga tayyorlanish; Ish joyida shtatli ishchi yoki stajor sifatida real vazifalarni bajarish; Alohida topshirmalarni bajarish Malakaviy amaliyotning obyekti. Payariq tumanidagi “Mikrokreditbank” BXM ning xodimlarni boshqarish departamenti. Malakaviy amaliyotning predmeti. Xodimlarga oid har qanday jarayonlarni o’zlashtirish. Nazariya olgan bilimlarni amaliyotdagi tatbiq etish. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining nizomi va faoliyati haqida “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 5-maydagi “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PF-3750-sonli Farmoni asosida tashkil etildi. Bank xalqaro moliyaviy institutlar hamda chet el tijorat banklari bilan hamkorlik aloqalarini oʼrnatgan. Ular qatorida, Jahon banki, Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi, Osiyo bankirlar assotsiatsiyasi, Qishloq xoʼjaligini rivojlantirish xalqaro fondi, Germaniya jamgʼarma kassalari fondi kabi tashkilotlar mavjud. Hozirgi kunda bank «BB-» darajasidagi «Fitch Ratings Ltd.» tashkilotining reytingiga ega. Reyting bahosi - «Barqaror» boʼlib, u aktivlar sifatining qoniqarli darajada ekanligini, daromadning yaxshiligini, likvidlilik va kapital yetarlilik darajasining talablarga mos ekanligini oʼzida aks ettiradi. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki kredit tashkiloti bo’lib, O’zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonun va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank aksiyadorlik-tijorat bankini tashkil etish to’g’risida” 2006-yil 5-maydagi PF-3750-sonli Farmoniga asosan kichik biznes, xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirish yo’li bilan yangi ish o’rinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalariningmikromoliyaviy xizmatlardanbahramand bo’lishini ta’minlash uchun moliyaviy mablag’lar berishni yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan. Bank “Tadbirkor” aksiyadorlik tijorat banki negizida tashkil etilgan bo’lib, “Tadbirkor” aksiyadorlik tijorat bankining barcha huquq va majburiyatlari bo’yicha shu jumladan, mulkiy, moliyaviy va boshqa majburiyatlari shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag’lari saqlanishi hamda o’z vaqtida qaytarilishini kafolatlaydigan talabnomalari bo’yicha huquqiy vorisi hisoblanadi. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki nizomi 20 bobdan iborat: Umumiy qoidalar. Bankning yuridik maqomi, joylashgan joyi(pochta manzili). Bank faoliyatining sohasi(asosiy yo’nalishlari) va maqasadi. Bank operatsiyalari. Bankning huquq va majburiyatlari Bank ustav kapitalining miqdori, uni ko’paytirish va kamaytirish tartibi Bank aksiyalari turlari, nominal qiymati va nisbati. Bankning e’lon qilingan aksiyalari. Bank aksiyalarini joylashtirish tartibi va shartlari Bank aksiyadorlarining huquq va majburiyatlari Bank sof foydasini va dividendlarini taqsimlash, shuningdek zararlarning o’rnini qoplash tartibi Bankning o’z mablag’lari va kredit resurslari. Bank zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish Bankning boshqaruv organlari Bank aksiyadorlarining umumiy yig’ilishi Bank kuzatuv kengashi Boshqaruv – bankning ijroiya organi(Ijro etuvchi organ) Bankning moliya xo’jalik faoliyatini nazorat qilish Korporativ maslahatchi Bank filiallari, ularni tashkil etish tartibi Bankni qayta tashkil etish va tugatish Mijozlarning manfaatlarini ta’minlash Ustavga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish Bank universal bank bo’lib, O’zbekiston Respublikasining bank tizimiga kiradi va o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonunlari, Markaziy bankning me’yoriy hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlari, shuningdek Korporativ boshqaruv kodeksi va Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun Korporativ boshqaruv qoidalari tavsiyalariga hamda yuqoridagi ustavga amal qiladi. Download 68.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling