Miopiya kasalligining asl sababi nima?
Ko‘zoynak taqish ham muolaja
Download 30.69 Kb.
|
MIOPIYA
Ko‘zoynak taqish ham muolaja
Miopiyaning tuzatishining asosiy usullaridan biri ko‘zoynakdir. Agar bola ko‘zoynak taqsa, keyin hech qachon yechmasligi kerak degan fikr noto‘g‘ridir. Miopiyaning yengil darajasida (3 diopriyaga qadar) ko‘zoynak faqat uzoqdagi predmetlarni ko‘rish uchun belgilanadi. Agar bola kundalik hayotida ko‘zoynaksiz ham qanoatlansa, uni doimiy ravishda ko‘zoynak taqishga majbur qilmaslik lozim. Faqat miopiyaning yuqori darajasida yoki ko‘rish o‘tkirligining o‘ta tez pasayishida ko‘zoynak doimiy ravishda taqish uchun belgilanadi. Bolalar miopiyasini davolash maxsus apparatlarda mashqlarni bajarish, dori-darmon muolajasi va jarrohlik usullaridan iborat. Maqsad – ko‘z olmasining uzayishi jarayonini barqarorlashtirish, kasallikning kuchayishini to‘xtatishdir. Zamonaviy tibbiyot usullari kasallik o‘z vaqtida aniqlanganda va to‘g‘ri davolanganda har qanday murakkab muammolarni yechishga va 80 foiz hollarda ko‘rish qobiliyatini saqlab qolishga qodir. Miopiyani davolashning eng samarali usullaridan biri eksimer – lazer korreksiyasidir. Individual dastur bo‘yicha lazerning sovuq nuri shox pardani “dazmollab”, uning ichidagi barcha buzilishlarni yo‘qotadi. Bunda ko‘rish qobiliyati yaxshi bo‘lgan odamlarniki kabi, nurning optimal sinishi uchun meyoriy muhit va sharoit yaratiladi. Lekin bu jarrohlik usuli miopiya 3 yil mobaynida kuchaymagan hollarda tavsiya etiladi va eng yaxshisi 18-21 yoshgacha bu muolajani qo‘llamagan ma’qul. Biroq ayrim hollarda tavsiya qilingan yoshni kutmay jarrohlikni qo‘llash mumkin. Faqat bolalarga ushbu usul juda aniq ko‘rsatmalar, masalan yuqori darajali bir tomonlama miopiyada belgilanadi. Download 30.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling