Miqdorini granvald-lyaju usulida aniqlash p a s p o r t I


Download 460.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana11.03.2023
Hajmi460.11 Kb.
#1258987
1   2   3
Bog'liq
2. mavzu

 
Mashg’ulotning maqsadi: Tuproq tarkibidagi nitrat shaklidagi azotni 
Granvald – Lyaju usulida aniqlashdan iborat. 
Kerakli idishlar, jihozlar va reaktivlar: tuproq namunalari, ulchov kolbalari, 
chinni piyola, suv hammomi, Alyuminiyli achchiqtosh MgAl(SO
4
)
3
*12H
2
O, 
disulfofenol kislota, NaOH ning 10 % li eritmasi, distrlangan suv, lakmus qog’oz. 
Adabiyotlar – A6, A7, A9, Q10, X11, X12. internet saytlari 
 


Tuproq tarkibidagi nitratlar, asosan tuproqda organik birikmalarning chirishi 
(mikroorganizmlar yordamida) yoki yerga solingan mineral o’g’itlarga bog’liq. 
Tuproq tarkibidagi nitratlar suvda yaxshi eriydi, tuproqning singdirish 
kompleksiga kirmaydi, ya’ni tuproqqa singmaydi. Nitratlar eruvchan bo’lgani 
uchun tuproqning pastki qatlamiga ko’tarilishi mumkin. 
Tuproq tarkibidagi nitratlar kolorimetr yordamida Granvald-Lyaju usuli 
bilan aniqlanadi. Bu usul ishqoriy muhitda disulfofenol kislota ta’sir ettirish yo’li 
bilan suyuqlikni cho’kmaga tushirishga asoslangan. Buning uchun ma’lum 
miqdorda suvli so’rim tayyorlanib, so’ngra u bug’latiladi. Qolgan quruq qoldiqqa 
disulfofenol kislotasi ta’sir ettiriladi. Natijada nitratlar bilan disulfofenol 
trinitrofenolga aylanadi. Bunda quyidagicha reaksiya boradi: 
C
6
H
3
(HSO
3
)
2
OH + 3HNO
3
= C
6
H
2
(OH)(NO
2
)
3
+ 2H
2
SO
4
+ H
2

Keyinchalik trinitrofenol ishqoriy muhitda asta-sekin sariq tusga kiradi. 
C
6
H
2
(OH)(NO
2
)
3
+NH
3
= C
6
H
2
(NO
2
)
3
ONH
4
sariq nitro birikma 
Eritmaning rangi qancha ko’p sarg’aysa nitrat miqdori shuncha ko’p bo’ladi. 

Download 460.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling