Miqdorlarning etalon birliklari kelib chiqishi va saqlanishi haqida


Download 16.14 Kb.
Sana05.04.2023
Hajmi16.14 Kb.
#1273358
Bog'liq
Etalon


Mavzu: Miqdorlarning etalon birliklari kelib chiqishi va shakllanishi haqida
Malumot
Miqdorlarning etalon birliklari kelib chiqishi va saqlanishi haqida
Dunyodagi har bir mamlakat hajm, vazn va miqdorni oʻlchashning oʻziga xos usullaridan foydalanadi, yaʼni maxsus oʻlchov tizimiga ega. Bu mahsulotlar savdosi va almashinuvini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun muhimdir. Ammo eng qiyini shundaki, turli mamlakatlarning ushbu oʻlchov tizimlari bir-biriga har doim ham mos kelavermaydi.
Masalan, Amerika Qoʻshma Shtatlar inglizlardan oʻzgacha “ingliz” tizimini oʻzlashtirib olishgan. Bugungi kunda AQSH undan foydalanadigan deyarli yagona mamlakatdir.
.
Ogʻirlik, hajm va miqdor birliklari asrlar davomida bizga yetib kelgan. Qadimgi rimliklar uzunlikni oʻlchash uchun oyoq tovonining uzunligini oʻlchov birligi sifatida ishlatishgan. Bizning kundalik hayotimizda ham qarichlab oʻchashni kuzatganmiz (taxminan 20 santimetrga teng deb olinadi). Inglizlar hali ham uzunlikni futda oʻlchaydilar: bir fut 30,48 santimetrga teng. Dyuym (2,5 cm) barmoq eniga teng. Yard (91,44 cm) esa qoʻlning uzunligiga teng.
Qadimgi Rimda uzoq masofalar qadamlar bilan oʻlchangan: keyinchalik 2 000 qadam bir milga yoki 1,609 km ga tenglasha boshlagan. Albatta, qoʻl yoki qadam uzunligi kabi oʻlchovlar aniq emas edi. Qadimgi Rimda fut 200 xil usulda oʻlchangan. Amerikada birinchi koʻchmanchilar davrida esa turli koloniyalarda turli xil oʻlchov birliklari mavjud boʻlgan!
.
Bugungi kunda barcha mamlakatlar uchun oʻlchov birliklari bir xil boʻlishi juda muhimdir. Shuning uchun AQSH Kongressiga yagona oʻlchov birliklarini belgilash huquqi berildi. Vashingtondagi Standartlar byurosida vazn va uzunlik standartlari saqlanadi. Masalan, u yerda juda kuchli himoyalanadigan platina boʻlagi mavjud. Ushbu boʻlak uzunlik standartidir: boshqa oʻlchov birliklarining toʻgʻriligini ularni Vashingtondagi etalonlar bilan taqqoslash orqali tekshirish mumkin. Buyuk Britaniyada oʻlchov birliklari muzeyi bor: u London yaqinidagi Grinvich rasadxonasida joylashgan.
1789-yilda Fransiyada uzunlik, vazn va hajmni oʻlchash xalqaro tizimi qabul qilindi. U “metrik tizim” deb nomlandi. Endi aksariyat mamlakatlar undan foydalanmoqdalar.
Asosiy o`lchov birligi.
Metrik tizim asosiy oʻlchov birligi sifatida metrni ishlatadi. Bir metr 39,37 dyuymga teng. Ushbu oʻlchov tizimi 10 raqamiga asoslangan; har bir keyingi oʻlchov birligi avvalgisidan 10 baravar katta (masalan, bir metr 10 detsimetr yoki 100 cm).
Kelib chiqish tarixi
Oʻlchovlar metrik tizimi fransuz olimlari (J. Borda, M. J. Kondorse, P. Laplas, G. Monj va boshqalar)dan tuzilgan komissiya taklifiga koʻra, uzunlik birligi — metr uchun Parij geografik meridiani ¼ uzunligining oʻn milliondan bir qismi qabul qilingan. Fransiyada Oʻlchovlar metrik tizimini joriy qilish haqidagi dekret 1795 yil 7-aprelda qabul qilinib, 1799-yilda platinadan metrning namunasi yasalgan. 1875-yil 17 ta mamlakat (shu jumladan, Rossiya ham) xalqaro bir xillikni taʼminlash va oʻlchovlar tizimini takomillashtirish maqsadida oʻlchovlar haqidagi shartnomaga qoʻl qoʻydi.
1899-yil 4-iyunda qabul qilingan qonun bilan Rossiyada Oʻlchovlar metrik tizimidan foydalanish (majburiy boʻlmagan holda) joriy qilindi. Bu qonun loyihasini S. N. Mendeleyev ishlab chiqqan. Sobiq SSSR da, shu jumladan, Oʻzbekistonda 1925-yil 24-iyuldan boshlab qonuniy tus oldi.
Metrik tizim 1799 yilda Fransiya tomonidan kiritilgan o’lchov va kilogrammga asoslangan o’nlik kasrli o’lchov sistemasidir. “Ondalik asosida” degani, barcha birliklar 10 ga asoslangan kuchlarga asoslanadi. 10 ta omillarga asosan tayanch birlikni o’zgartirish uchun foydalaniladigan prefikslar tizimi . Asosiy birliklar kilogramm, metr, litrni (litr – bu turdagi bir birlik) o’z ichiga oladi
Etalonlar markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 09.02.96 yildagi «O’zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini shakllantirish va metrologik ta’minotni takomillashtirish tug‘risida» gi 53-son Qarori asosida tashkil qilingan. Markaz 2001 yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini boshladi.

Hozirgi kunda Etalonlar markazida chastota va vaqt, massa, elektr toki kuchlanishi, bosim, elektr sig‘imi, suv miqdori va sarfi, induktivlik, va ammiak, sinil kislotasi, azot dioksidi, oltingugirt dioksidi va xlorning havodagi massaviy ulushi birliklari etalonlari mavjud.

Kupchilikga ma’lumki etalonlar bu juda aniq o’lchovchi qurilmalar. Shuning uchun ham ular tashqi muhitga, ya’ni laboratoriyadagi haroratni, havo namligini, atmosfera bosimini o’zgarishiga, har xil tulqinlarga, vibratsiyaga, elektrik, magnit va elektromagnit maydonlariga va shunga o’xshash ta’sir etuvchi omillarga sezgir. Shu sababdan tashqi muhitni etalonlarga ta’sirini iloji boricha kamaytirish maqsadida Etalon markazining binosi o’ziga xos uslubda qurilgan maxsus xonalarga ega.

Jumladan etalonlar joylashgan laboratoriyalardagi havo haroratini o’zgarishi 0,1-0,05 gradus (…oS) dan oshmasligini ta’minlash uchun laboratoriya xonalari antiqa usulda termoizolyatsiyalangan. Buning uchun etalon saqlanadigan xona xuddi shu shakldagi, faqat o’lchami kattaroq xona ichiga joylashtirilgan. Bundan tashqari xonalarga quyosh nuri tushib haroratni o’zgarishiga sabab bulmasligi uchun laboratoriya xonalari derazasiz qurilgan. Xona va karidor harorati konditsioner yordamida 20 gradusda ushlab turiladi.

O’lchash asboblaridan keng tarqalganlaridan biri bu – tarozi va uning toshlari. Bu o’lchash asboblarini to’g‘ri ishlashiga va kafolatligiga katta talab quyiladi. Sababi ular ishlab chiqarishda, ma’lum texnologiyani ta’minlashda, savdo – tijoratda, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o’tkazishda va boshqa maqsadlarda keng qo’llaniladi. To’g‘ri ishlashi va kafolatli bo’lishini ta’minlash maqsadida, ular vaqt-vaqti bilan massa etalonlari bilan qiyoslanib turiladi. Etalonlar markazida 1 milligramm (mg) dan 30 kilogramm (kg) gacha bulgan etalon tarozi toshlari va etalon tarozi-komparatorlar mavjud. Etalon tarozilarimiz aniqligi 0,1 mikrogramm (mkg) dan 5 mg gacha. Masalan 1kg gacha o’lchovchi etalon tarozimiz atigi 1mikrogrammga xato qiladi-ya’ni etalon tarozida o’lchash bajarilayotganida etalon toshga biror dona chang g‘uborlari tushsa uni etalon tarozi sezadi va ko’rsatishi o’zgaradi. Shuning uchun ham etalon tarozilar va tarozilar toshlarini saqlash sharoitiga, yuqorida aytib o’tilgandek, juda qattiq talablar qo’yiladi.

Bitta maqola hajmida hamma etalonlarimiz tug‘risida batafsil ma’lumot berish albatta qiyin. Hozircha qolgan etalonlarning tashqi kurinishi va metrologik xarakteristikalari bilan kifoyalanib qolamiz. (1-3 rasm)

Etalonlar markazining hozirga kundagi asosiy yo‘nalishlari:

• etalon bazasini rivojlantirish va takomillashtirishning asosiy yo’nalishlarini aniqlash;

• etalonlarini saqlash;

• etalonlarini qo’llash (etalonlardan foydalanib o’lchash vositalarini qiyoslash va kalibrovkalashni bajarish);

• eng yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalarini yaratish bo’yicha ilmiy-tekshirish va tajriba konstruktorlik ishlarini bajarish;

• yuqori va eng yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalarining yagona nusxalarini tayyorlash;



etalonlarning mintaqaviy, davlatlararo va halqaro solishtirilishini tashkil qilish va o’tkazish;

• kattaliklar birliklarining o’lchamlarini qayta tiklash, saqlash va uzatish sohasida halqaro xamkorlik bo’yicha ishlar bajarish;
Download 16.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling