Mir Izzatullaning Qo'qon xonligiga sayohati. 1812- yilda Hindistondagi ingliz koloniyasining taniqli vakili Vily


Download 22.43 Kb.
Sana11.05.2023
Hajmi22.43 Kb.
#1452549
Bog'liq
Mir Izzatullani-WPS Office


Mir Izzatullaning Qo'qon xonligiga sayohati. 1812- yilda Hindistondagi ingliz koloniyasining taniqli vakili Vily-

318 MANBASHUNOSLIK

am Murkroft topshirig'iga ko'ra Qo'qon xonligiga, shuningdek, Markaziy va O'rta Osiyoning qator yerlariga Mir Izzatulla tashrif buyuradi. Uning sayohati 1812-yil 20-apreldan boshlanib, 1813- yil 16-dekabrgacha davom etgan. U O'rta Osiyoning Qoʻqon, Samarqand va Buxoro yo'nalishlari orqali o'tib o'z sayohatno- masini yozib qoldirgan. Ushbu sayohatnoma oʻlkaga oid qim- matli tarixiy-geografik va tarixiy-etnografik ma'lumotlar beradi. Chunki aynan Mir Izzatullaning O'rta Osiyoga tashrifidan so'ng XIX asrda Ost-Indiya kompaniyasining zobit va xizmatchilari o'lkani o'rganish maqsadida ko'plab sayohatlar uyushtirishdi. Ana shunday sayohatchilar sirasiga Mir Izzatullaning sayohatini uyushtirgan V. Murkroftning o'zi ham boʻlib, u Amudaryoning yuqori oqimini shaxsan o'zi tadqiq etgan.

Mir Izzatulla o'zi safar qilgan manzillarga alohida tavsif bergan. U qayd etgan "bekatlar" deganda nomi yo'q manzil- lar tushuniladi. U yerda yoqilg'i, yem-xashak va suv zaxiralari mavjud boʻlib, mazkur hududlar karvon yo'llari bo'yida joylash- gani bois yo'lovchi, sayohatchilar uchun qulayliklar yaratgan.

Mir Izzatullaning Qo'qon xonligiga qarashli O'sh, Marg'ilon va Qo'qon shaharlari haqidagi ma'lumotlari qimmatlidir. Ay- niqsa, Qo'qon shahri, uning siyosiy hayoti haqidagi bayoni xu- susida quyidagilar keltiriladi: "...devorlar bilan o'ralmagan bu yirik shaharning shakllanishi Norbo'tabiy davriga toʻgʻri keladi; avvallari qo'rg'ondan uncha katta bo'lmagan. Suvlar shahar- ning barcha ko'chalari bo'ylab oqadi. Hozirgi hukmdorning nomi Umarxon.

Ikki yil avval 1228 hijriyda (1813-yil 4-yanvar) uning katta akasi Olimxon (sobiq xon)ning butun mamlakat aholisiga zulmi natijasida qo'l ostidagi qo'shinlari uning Toshkentda ekanligi- dan foydalanib, Umarxonni xon etib saylashdi. Shundan so'ng xon Olimxon bir o'zi hokimiyatni qarshiliksiz qaytarib olish maqsadida poytaxtga yo'l oldi. Biroq shaharga yetmay yo'lda oʻldirildi. U va ukasi Umarxon Norbo'tabiyning o'g'illari edi".Shuningdek, Mir Izzatulla Qo'qon armiyasi, aholisi, tili, ularning diniy e'tiqodlari, pul munosabatlari haqida ham maʼlumot bergan. Qoʻqon xonligiga qarashli shaharlarni to'g'ri qayd etgan: O'sh, Namangan, Koson, Chust, Andijon, Marg'ilon, Konibodom, Isfara, Xoʻjand, Toshkent, Sayram, Turkiston.

Mir Izzatullaning sayohatnomasi bilan tanishib shun- ga amin boʻlishimiz mumkinki, u asosan ma'lum maqsadlar uchun tuzilgan. Ya'ni u Qo'qon xonligining harbiy holati, aholisi, geografik tuzilishi, daryolari, yem-xashak, yoqilg'i manbalari, qulay yoʻllarini batafsil yoritgan.

F. Nazarovning "Записки о некоторых народах и землях Средней части Азии” asari. XIX asr boshiga oid muhim tarixiy va geografik manbalardan biri 1813-1814-yil- lar davomida Filipp Nazarovning Qo'qon xonligiga sayohati natijalari asosida "Записки о некоторых народах и землях Средней части Азии" ("Osiyoning O'rta qismidagi bir necha xalqlar va davlatlar haqida qaydlar") nomli kitobidir. Mazkur kitobdan Qozogʻiston dashtlari va choʻllari tabiatining qisqacha sharhi, bu yerlar aholisi hamda uning mashg'uloti, Turkiston va Toshkent viloyatlari toʻgʻrisida umumiy ma'lumot, so'ngra esa Qo'qon xonligi haqida keng materiallar berilgan. Muallifning ko'rgan-kechirganlari haqidagi xilma-xil ma'lumotlar tafsiloti- dan iborat bu asar ko'proq tarixiy-etnografik ahamiyatga ega boʻlib, u ilk bor 1821-yilda Sankt-Peterburgda rus tilida nashr etilgan.

F. Nazarov 1789-yilda Omskdagi "Osiyo maktabi” (Osiyo bilim yurti)ni tamomlagan. 1804-yilda Tobolsk guberniyasidagi istehkom qal'aga tarjimon bo'lib ishga kiradi. Keyinroq xizmat yuzasidan turli chegara joylarida ishlab, bir qator xorijiy safar- larga jo'natiladi.

Aynan 1813-yilda uni Qo'qon xonligiga maxsus vazifalar bi- lan jo'natishadi. Toshkentga kelgan F. Nazarov bu yerdan kazak otryadi hamrohligida 1813-yil oktabrida Qo'qonga yetib keladi.


Bu haqda F. Nazarov shunday yozadi: "Bizlar Qo'qonga oktabr oyining boshlarida yetib keldik. Bu yerda havo sovuq emas, ob-havo iliq, daraxtlarning bargi hali to'kilmagan, yer o't-oʻlan bilan qoplangan. Kunduzi issiq boʻlib, tunlari qorong'u va bir qadar sovuqroq edi".

O'sha oydayoq Qo'qon ma'muriyati tomonidan kazak otryadi ortga Rossiyaga qaytarib yuboriladi. F. Nazarov esa qolgan 5 ta kazak bilan Qo'qonda qariyb bir yilcha qoladi. Xonlikning turli shahar va qishloqlariga safar qilishadi. So'ngra O'ratepa va Xoʻjand orqali Toshkentgacha kelib, 1814-yil avgustida qoʻqonlik elchilar bilan Rossiyaga qaytgan.

F. Nazarov Qo'qon shahrini quyidagicha tavsiflaydi: "Sha- har ancha keng va gavjum [unda to'rt yuzcha masjid bor deb hisoblashadi]; tekis yerda joylashgan va hukmdorning saro- yidan boshqa mustahkam biron imorati yo'q. Atrof tevarakda qishloqlar, yaylovlar va shudgor yerlar yastanib yotadi. Yeri sho'rxokroq. Shahar ko'chalari tordan tor, uylari guvala va loy- dan qurilgan.

Shahar o'rtasida toshdan bunyod etilgan uchta bozor bo'lib, ularda haftada ikki marta savdo boʻladi. Bir qancha joylarda qadimiy yodgorliklar mavjud hamda qal'a yaqinida xonning arg'umoqlari uchun pishiq g'ishtdan qurilgan ulkan otxona bor; qo'shini 20 000 askardan ziyod".

Qo'qon xonligida pillakashlik sohasida qilinayotgan ishlar haqida shunday yozadi: "Shaharga kirganimizda hamma bozor- lar ipak qurtining urug'i solingan qutilar bilan to'la edi. Men uchun qoʻqonliklarning qanday qilib ipak qurtini ko'paytirishlari ajablanarli edi".

Xonlikning iqtisodiy-xoʻjalik hayotini ta'riflab, "Qo'qon va unga qarashli yerlarda paxta yetishtiradilar, ipak qurti bo- qiladi. Yetishtirilgan paxta va ipakdan mato to'qiydilar va uni buxoroliklarga Rossiyadan keltirilgan mollar evaziga, masalan, temirga, suvsar terisi, to'tiyo, bo'yoq, qozon, temir va poʻlatdan


yasalgan uy-ro'zg'or buyumlari va boshqalarga almashadi- lar", deb yozgan.

Nikolay Muravyevning (1794-1866) Kaspiy dengizining sharqiy qirg'oqlaridagi turkmanlar yeri va Xiva xonligiga sayo- hati 1819-1821-yillarda amalga oshirilgan. A. Bekovich-Cher- kasskiy ekspeditsiyasidan keyin N. Muravyev safari ilk sayo- hat hisoblanadi. U Xivada xon bilan uchrashgan, keyinchalik xivalik elchilar bilan Kavkazga sayyohat qilgan.

N. Muravyev Xiva xonligi, uning tarixi va xoʻjaligi- madaniyatini aks ettiruvchi batafsil tavsif yozib qoldirgan. Uning ikki qismdan iborat "1819 va 1829-yillarda muzokara- lar uchun Turkmaniston va Xiva mamlakatlariga jo'natilgan Gvardiya bosh shtabining kapitani N. Muravevning sayo- hati" ("Путешествие в Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 гг. Гвардейского генерального штаба капитана Николая Муравьева, посланного страны для переговоров") kitobi 1822-yilda Moskvada nashr etilgan. Birinchi qismi 3 bobdan iborat: 1. Sohilbo'yi Turkmanistonga sayohat. 2. Xivaga sayohat

va Xiva xonligida boʻlish. 3. Ortga qaytish. Ikkinchi qismi 5 ta bobdan iborat.

Birinchi bobda Xiva xonligi hududi haqida umumiy ma'lu- mot berilgan. Jumladan, "Xiva xonligi shimolda Orol dengizi va uning shimoli-sharqida joylashgan cho'l bilan chegaradosh. Cho'lda qozoqlar istiqomat qiladilar. Shimoli-sharqiy hududi Amudaryo bilan tutash. Shimoli-g'arbiy tarafi cho'l va qum- liklardan iborat. Bu hududda turkmanlarning Taka qavmi is- tiqomat qiladi" deb keltirilgan.

"Xiva poytaxt shahar. Aytishlaricha, qadimda Xivaq deb atalgan. Amudaryo o'z o'zanini o'zgartirmasdan burun, bunyod etilgan. U katta shahar boʻlib, mashhur imoratlari: madrasa, xon saroyi va ibodat qiladigan masjid boʻlib, masjid gumbazi feruza rangli koshin bilan qoplangan. Xonning hovlisi katta boʻlmay, unda ham bir necha kichik masjid mavjud. Uylari loydan qu-rilgan, ko'chalari tor. Shaharda bir necha kichik do'konlar ham boʻlib, (bozorida) haftada ikki marta oldi-sotdi boʻladi. [Xivada] 3000 ga yaqin xonadon bo'lib, xalqi 10000 ga yaqin".

N. Muravyev kitobining ikkinchi bobida xonlikdagi oʻzaro urushlar, xon va uning boshqaruvi, sudlar, mirshablar va oʻlim jazosi haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.

Uchinchi bobda xonlikning iqtisodiy ahvoli tahlil etilgan: "Xiva xonligida istiqomat qilgan xalq ko'proq g'alla yetishtirish va bog'dorchilik bilan mashg'ul. Ularning daromadi asosan g'alladandir. Hamma yerda obod qishloqlar, kanal va ariqlar- ning bo'ylarida ekinzorlar, uzumzorlar va serhosil bogʻlar... Sabzavotdan, Rossiyada o'sadigan karam, sholg'om va kartosh- kadan boshqa ham sabzavot yetishtiriladi. Piyozi yirik boʻladi. Xivaning qovuni va tarvuzi katta va shirin boʻladi".

To'rtinchi bobda esa xonlikning harbiy salohiyati bayon etilib, shunday ma'lumot keltiriladi: "Xivaliklarda muntazam qoʻshin yo'q. Urush chiqib qolgudek bo'lsa, qo'shin oʻzbeklar va turkmanlardan tuziladi. Qo'shin asosan sipohiylar tabaqasidan. U xonning buyrug'i bilan belgilangan yerga to'planadi va asosan otliq askardan iborat boʻladi”.

Beshinchi bobda esa urf-odat, an'ana, diniy e'tiqodlar va etnik ma'lumotlarni berib, o'zbeklarni quyidagicha ta'riflaydi: "Oʻzbeklar umuman aqlli va yoqimli, hazil-mutoyibani yaxshi koʻradigan, biron ishga jazm qilgudek boʻlsa, qarorida qat'iy, to'g'riso'z, yolg'onni va egrilikni yomon ko'radigan, ruhi tetik, xushbichim va jismoniy kuchli xalq".

Ye.K. Meyendorfning Buxoro va Xiva xonliklar- iga doir tafsilotlari (1820). Yegor Kazimirovich Meyen- dorf (1794-1863) harbiy sohadan tashqari ilmiy faoliyat bilan shug'ullangan, ayniqsa matematikaga katta qiziqish bilan qara- gan. O'rta Osiyoga uyushtirilgan elchilikda Ye.K.Meyendorfga alohida vazifa yuklatilgan, xususan, u Troitskdan Buxoroga- cha boʻlgan yo'lning tavsifini yozishi, astronomik kuzatishlar o'tkazishi, bosib o'tilgan yo'nalishlarini sharhlashi, "umumiy batafsil karta" tuzishi hamda Buxoroga borish va ortga qay- tish chog'ida kundalik yozib borishi lozim boʻlgan.

Peterburgga qaytgach, Ye.K. Meyendorf "Rossiya elchiligi- ning Orenburgdan Buxoroga 1820-yilgi sayohati" ("Ilyтemeст- вия Российского посольства из Оренбурга в Бухару в 1820 году") nomli monografik tavsifini tayyorlagan va 1826-yili ushbu asarni Parijda fransuz tilida chop ettirgan. Mazkur asar keng ja- moatchilik e'tiboriga tushgan va o'sha yili Yena shahri (Germani- ya sharqi)da nemis tilida chop qilingan. Kitobining rus tiliga toʻliq tarjimasi taniqli bibliograf-olim Ye.K. Betger tomonidan amalga oshirilgan. Bunga qadar asarning faqat ayrim lavhalari tarjima qilinib, nashr qilingan.

Kitobning birinchi qismi kundalik shaklida yozilgan. Ik- kinchi qismida esa ma'lumotlar tizimlashtirilgan. Buxoro, Xiva, Qoʻqon xonliklarining hududi, tabiati, aholisi toʻgʻrisida ma'lumotlar berilib, Buxoro, Yangi Urganch, Xiva, Qo'qon, Toshkent, Samarqand, Termiz, Boysun, Sherobod va boshqa shaharlar haqida qiziqarli sharhlar keltirilgan. Shuningdek, asarda O'rta Osiyodagi yirik gidrografik obyektlar Orol - dengizi, Amudaryo va Sirdaryo, Zarafshon, Murg ob daryolari bilan bogʻliq ma'lumotlar berilgan. Xonliklarning geografik joylashuvi, iqlimi, aholisi soni, etnik tarkibi va mashg'ulotlari, shaharlarining tuzilishi, devor va darvozalari, savdo inshoot- lari, me'moriy obidalari, qishloq joylari va ulardagi aholining kasb-kori, turmushi to'g'risida guvohlik beruvchi, shuning- dek, amir va uning Shayboniyxon davridan boshlangan aj- dodlari to'g'risida tarixiy ma'lumotlar keltirilgan.

Masalan, Xiva haqida shunday ma'lumotlar qayd etiladi: "Xiva aholisi - o'zbeklar, mamlakatni zabt etganlar va ega- lari, ko'chmanchi va yarimko'chmanchi turkmanlar, qoraqal- poqlar, orolliklar, biroz yahudiy va nihoyat tojiklar, yoki sart- larni tashkil etib, ...Xiva iqlimi, Buxariyanikiga qaraganda, birmuncha salqinroq. Tabiiy sharoitlari o'xshash, har ikkala mamlakatda ham bir xil mahsulot ishlab chiqariladi, biroq, Xivada ishlab chiqarish kam miqdorda. Ayniqsa, Xivada shoyi kam to'qiladi, shu bois undan na xom ashyo, na matolar olib chiqiladi. Odatda, Buxoroga qaraganda u yerda non qim- matroq".

Ye.K. Meyendolf Buxoro hududini "Buxariya" deb atagan va amirlikdagi shaharlar, joylarning relyefi, devorlar, ko'chalar, xo- nadonlar, arklar, saroylar, madrasalar, masjidlar, bozorlar, qim- matbaho toshlar, bozorlardagi qullar haqida ma'lumot keltirgan. O'lka savdosida rus, hind, ingliz, qozoq, eroniy mahsulotlarini sanab o'tadi. Buxoro shahrining o'zbek, tojik va yahudiy aholi- siga batafsil tavsif bergan: "Mamlakat cho'llar bilan o'ralgan va o'zida ham ko'plab cho'llar bor, shu sababdan Buxariya aniq chegarasiga ega emas... Faqat ikkita daryosi bor boʻlib, ular juda uzun va qishloq xoʻjaligi uchun nihoyatda ahamiyatlidir, bu Zarafshon va Qashqa...

...Buxoro vohalari daraxtlar hamda ko'pgina bogʻlar bilan qoplangani bois uni uzoqdan ko'rish mushkul. Vobkent tomoni- dan keladigan bo'lsa, u faqat taxminan 3 verst qolgandagina koʻzga tashlanadi. Bu manzara yevropalikni hayratga soladi. Shahar ichki qismida qad ko'targan gumbazlar, masjid, baland peshtoqlar, madrasalar, minoralar, saroylar, ular atrofidagi dandanali devor, devor yaqinidagi hovuz hamda tekis tomli uy- lar va ularning chiroyli tomorqa, bog'chalari, va nihoyat, dala, bog', daraxtlar, hamda butun poytaxt bo'ylab va uning atrofida hukm surgan harakat, - bularning bari juda yoqimli taassurot uyg'otadi...



...Buxoroning ilm shahri sifatidagi qadimiy nufuzi uni juda uzoq vaqtlardan buyon ma'rifat o'chog'i boʻlganini is- botlaydi. Bunga, u shubhasiz, savdo hamda boyliklari tufayli erishgan, zero bular sivilizatsiya taraqqiyotiga katta ta'sir koʻrsatadi".
Download 22.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling