Miraziz Aʼzam


Download 303.45 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi303.45 Kb.
#1541074
Bog'liq
Miraziz A\'zam

Miraziz Aʼzam

Miraziz Aʼzam (1936-yil 29-mart; Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — bolalar va kattalar shoiri, publitsist, tarjimon, adabiyot targʻibotchisi. Toshkent Davlat dorilfununi bitiruvchisi, Toshkent telestudiyasida, „Gʻuncha“ bolalar oynomasida, „Yosh gvardiya“, Gʻafur Gʻulom nashriyotlarida muharrir bo‘lib ishlab kelgan[1]. Ko‘p yillar Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo‘lib xizmat qilgan[2][3].

Miraziz Aʼzam

Miraziz Aʼzamning birinchi sheʼri talabalik davrida yozilgan „Gʻalati tush“ (1960) nomi bilan chop qilingan. „Gʻalati tush“ 1972-yilda alohida kitob holiga keltirilib, bolalarga sovg‘a qilingan[4].

Miraziz Aʼzam

Miraziz Aʼzamning birinchi sheʼri talabalik davrida yozilgan „Gʻalati tush“ (1960) nomi bilan chop qilingan. „Gʻalati tush“ 1972-yilda alohida kitob holiga keltirilib, bolalarga sovg‘a qilingan[4].

Bolalar uchun sheʼriy toʻplamlari

  • „Metallurg“ (1964, birinchisi)
  • „Aqlli bolalar“ (1969, doston)
  • „Senga nima bo‘ldi“ (1970)
  • „Yer aylanadi“ (1973)
  • „Yerga dovruq solamiz“ (1970)
  • „Bir cho‘ntak yong‘oq“ (1990, saylanma)[5].

Bolalar uchun sheʼriy toʻplamlari

Bu asarlarda shoir bolalarning qalbi va tuyg‘ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulugʻlashga intiladi.

Kattalar uchun sheʼriy toʻplamalari

„Sevaman“ (1977)

„Tuyg‘ular“ (1980)

„Sabot“ (1983)

Kattalar uchun sheʼriy toʻplamalari

Uning sheʼrlarining maʼlum qismalari o‘zining hayotiy va jozibaliligi bilan o‘quvchi qalbini zabt etadi. Shoir ana shu sheʼriy to‘plamlaridagi eng yaxshi sheʼrlarini va yangi yozilgan asarlari sarasini o‘zining „Haqiqatning ko‘zlari“ (1988) saylanmasiga jamlab, talabchan o‘quvchilariga havola etgan.

Mukofotlari

Miraziz Aʼzam „O‘zbek tili va adabiyoti“ jurnalidagi Hamza haqida berilgan savollarga javoblari, „Sharq yulduzi“da bosib chiqillgan „Amir bobomiz ufqlari“ nomli maqolalari va Murod Oʻrozning „Turk asotirlari“ kitobining tarjimasi uchun 1993-yilda xalqaro Mahmud Qashgʻariy nomidagi mukofot[8]2007-yili Makedoniya poytaxti Skopye shahrida boʻlib oʻtgan turkiy sheʼriyat festivalida Mavlona Jaloliddin Rumiy kabi mukofotlar bilan taqdirlangan. Shoir, shuningdek, 1993-yilning dekabr oyida Turkiya Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkilotning O‘zbekistondagi ramzi sifatida eʼtirof etilgan[9][10].


Download 303.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling