2-Bob. M.Osimning tarixiy qissachilikdagi badiiy mahorati - Mirkarim Osim o’zbek tarixiy kissachiligini “Zulmat ichra nur”, “Jayhun ustida bulutlar”, “Yulduzlar sayri”, “Ixlos tuzogi” singari kator qissalar bilan boyitdi. Bu kissalarda tarixda o’chmas iz qoldirgan Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugbek, Boboraxim Mashrab singari tarixiy shaxslarning bolalik, o’spirinlik, o’smirlik yillari badiiy gavdalantirilgan.
- “Yulduzlar sayri” kissasi tarixiy-biografik xarakterga ega. Shu bois unda bir kator tarixiy shaxslar va badiiy to’qima obrazlar yaratilgan. Binobarin, Bibixonim, Ulugbek va uning atrofidagi kishilar: ustozi Or;.}) Ozariy, navkar Argadok tarixiy shaxslardir.
- Shunday obrazlardan biri Orif Ozariydir. Tarixshunos olim Bo’riboy Axmedov bu xakda yozadi: “Ulugbekning birinchi muallimi .... keyincha Shayx Ozariy (1382-1462) nomi bilan shuhrat topgan Hamza ibn Ali bo’lgan”13. Qissada xam yozuvchi ana tarixiy haqiqatga asoslangan. Binobarin, Orif Ozariyning prototipi Shayx Ozariydir. Qissaga navkar Argadok nomi bilan kirgan kaxramon ham o’z prototipiga ega. Adib bu obrazga aloxida muxabbat bilan qaraydi .
Do'stlaringiz bilan baham: |