- XX asrning 60-yillaridagi uzbek tarixiy kissachiligining takomili iste’dodli yozuvchi Mirkarim Osim nomi bilan chambarchas bog`liq. Adib “Yulduzlar sayri”, “Karvon yo’llarida”, “Ixlos tuzogi”, “Zulmat ichra nur”, “Jayxun ustida bulutlar” kabi asarlari bilan uzbek tarixiy qissachiligida yangi saxifalar yarata oldi.
- “Yulduzlar sayri” Ulugbekka bagishlangan asarlar ichida alohida ajralib turadi. Chunki unda boshka shunday asarlardan farqli o’laroq, Ulug`bekning bolalik yillari kalamga olinadi. Asar syujetida bosh obraz sifatida Ulugbekning o’zi harakat kiladi.
- Qissa yosh Ulugbekning ustozi Orif Ozariy bilan birga Maroga shaxriga borib, ulug olim Nasriddin Tusiidan kolgan rasadxonani ko’rib kelishga borishi vokeasi bilan boshlanadi. Asarda kitobxon o’n yoshli Ulugbekning tuygulariga oshno tutinadi. Yozuvchi Ulugbekning bolalarcha tafakkuri bagrida kattalarga xos fazilatlar shakllana boshlaganini yorkin xayotiy lavxalarda aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |