Mirkarim Osimning "Jayhun ustida bulutlar" qissasi yuzasidan savollar!


Download 11.62 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi11.62 Kb.
#1754430
Bog'liq
Jayhun ustida bulutlar qissasi yuzasidan savollar (1)


Mirkarim Osimning "Jayhun ustida bulutlar" qissasi yuzasidan savollar!
1. "Jayhun ustida bulutlar" asari qaysi janrda yozilgan?
2. Asardagi Xorazmshoh Abu Abdullohning ammakivachchasi, olim kim edi?
3. Abu Nasr kitob sotib olish uchun odamlarini ozodlikka yuborardi?
4. Asarda keltirilgan mashhur ibora va maqollarga misollar keltiring.
5. Qaysi joyning taʼrifi berilgan: " daryoga yaqin boʻlgan tepalik ustiga qurilgan, uch qator devor bilan oʻralgan qalʼa, peshtoqlari koshinkor baland jomeʼlar, darvozalari tepasida sher surati solingan karvonsaroylar shaharga ulugʻvor tus berib turardi?
6. Muhammad Abu Nasr huzuriga kelganda necha yoshda boʻlgan?
7. Oʻsha vaqtlarda otasi nomaʼlum boʻlgan yetim bolalar qanday ism bilan yuritilgan?
8. Muhammadga kim hisob va handasadan, kim arab tili va tibbiyotdan dars beradi?
9. Oʻrgangan koʻngil oʻrtansa qoʻymas iborasi qaysi holatga nisbatan qoʻllangan?
10. "Ram-ram" nima?
11. "Anixus" nima?
12. "Futr" nima?
13. Nimaga taʼrif berilgan: "u shakli nonga oʻxshagan, ichi bir necha qavat boʻlib, har qavatiga doiralar chizilgan asbob"..?
14. Arastun va Iqlidusning qaysi kitoblari nomi keltirilgan?
15. Nima sababdan Muhammad Beruniy nomini olgan?
16. Muhammad 15-16 yoshdayoq.....
Jumlani davom ettiring.
17. Beruniy muqaddas kitoblarda kishining koʻnglini xijil qiladurgʻon gaplar bor deganda nimani nazarda tutadi?
18. Kim oʻz kitoblarida yer kurrasining globusini yasash yoʻllarini oʻrgatgan?
19. Beruniy diametri 7 gaz keladigan globusni necha yoshda yasagan?
20. Kimga taʼrif berilgan: "Somoniylar boshiga bitgan balo boʻldi. Mana bir necha yildirki, ul nobakor Nuh binni Mansurga qarshi isyon bayrogʻini koʻtarib, Movarounnahrning tinchini buzib kelmoqda"
21. Gʻazna viloyatining hokimi va uning oʻgʻli kim edi?
22. Balx hokimi sotqin kim edi?
23. Kim Balx hokimi bilan ittifoq tuzib,isyon koʻtargan?
24. Abu Abdullohning Abu Ali Simjurda qanday xusumati bor?
25. "Bir qozonda ikki qoʻchqorning boshi qaynamas" iborasi kimlarga nisbatan qoʻllangan?
26. Abu Nasr ibn Iroq shogirdi Beruniyni kimning karvoniga qoʻshib yuboradi?
27. Abu Nasr ibn Iroq qaysi urugʻdan boʻladi?
28. Kim aytgan:"Osmonga chiqsam-oyogʻimdan, yerga kirsam -qulogʻimdan tortadur".
29. Nima uchun Muhammad Abu Rayhon laqabini olgan?
30. Necha yillik sarsongarchiliklardan soʻng Beruniy oʻz yurtiga qaytadi?
31. Kimga taʼrif berilgan: " Tuya ustida kelayotgan qora soqol, qirğiy burun yigit uzoqdan koʻzga tashlangan Gurganch qalʼasining baland minoralariga suqlanib qarab kelardi"
32. Beruniy saroybondan kimning hovlisini soʼraydi?
33. Beruniy rasadxonada kim bilan ishlaydi?
34. Oʻzining "Osori boqiya" asarini qayerda yozadi?
35. Jurjon hukmdori Qobusning bir nuqsoni bor edi, qanday nuqson?
36. Kimga taʼrif berilgan: "siyosatli, uddaburon hukmdor, isteʼdodli shoir va har taraflama olim, Arab tilida yozilgan sheʼrlari tahsinga sazovor".
37. Beruniy kelgan yili Gurganchda qiziq voqea roʻy beradi, qanday voqea edi?
38. Beruniy yurtiga qaytib kelganda kim hukmronlik qilayotgan edi?
39. Beruniyga Qobus nima uchun yurtiga qaytishga ruxsat beradi?
40. Ali ibn Maʼmunni ikki tabib davolayotgan edi, shular kimlar?
41. Ali ibn Maʼmundan keyin kimlar taxtga merosxoʻr edi?
42. Kimga taʼrif berilgan:"oʻqimishli, xushfeʼl,shu bilan birga, mashiatparast, irodasiz odam".
43. As Suxayl kim va uning taqdiri nima boʻladi?
44. It hurar-karvon oʻtar maqoli qaysi hodisaga nisbatan qoʻllangan?
45. Xorazmshoh elchisi kim edi?
46. Mahmud Gʻaznaviyning elchisining ismini yozing.
47. Qalja kim?
48. Abul Abbosga qarshi birinchi marta saroy oldida gʻalayon koʻtarilganda Beruniy qanday murosaga keltiradi?
49. Abul Abbosga qarshi isyon koʻtargan shaxslar kimlar va ularning taqdiri nima boʻladi?
50. Omadi yurishgan toshyurak podshoh kim edi?
Mahmud Gʻaznaviy va Alptakin oʻrtasida boʻlgan jangda nima Mahmud Gʻaznaviyning gʻalabasini taʼminladi?
51. Qarmat mahzabidagi hakim kim edi?
52. Shoir Abu Mansur nomi qaysi asarda uchraydi?
53. Mahmud Gʻaznaviyning otasi kim edi?
54. Tunyoqdan kelgan vakilni kim qutqarib qolgan?
55. Mahmud Gʻaznaviy kimni aytadi: " Mendek ulugʻ podshoning oldida boshini nor tuyadek baland koʻtarib magʻrurlik bilan javob berishini qara-ya".
56. Mahmud Gʻaznaviy Beruniyni qanday qilib sinaydi va natijasi qanday boʻladi?
57.Beruniy hayotini kim ayyorlik qilib saqlab qoladi?
58. Kim aytgan: "Biz ilm bilan shugʻullanmoqqa qayerda imkon topsak, erkimiz oʻsha yerda".
59. Mahmud Gʻaznaviy Beruniyga nimalar tortiq qiladi?
60. Asar xususida qisqacha(7-8 gapdan iborat) oʻz fikringizni yozing.
Milliy sertifikat: 100%
Tuzuvchi: Fozilova Gulmehra
Download 11.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling