Мировая экономика и мэо краткая структура курса


Download 91.63 Kb.
Sana12.02.2023
Hajmi91.63 Kb.
#1191062
Bog'liq
Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni tartibga solish masalalari


Mavzu: Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni tartibga solish masalalari
1. Xalqaro iqtisodiy aloqalar valyuta munosabatlarining asosi sifatida. Valyuta tizimi va uning elementlari.
2. Oʼzbekiston Respublikasining xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Oʼzbekiston Respublikasining valyuta munosabatlari va qonuniyatlari.
3. Valyuta kursi va uning turlari taʼsir qiluvchi omillar. Valyuta kurslariga taʼsir kiluvchi omillar turlari va ularni boshkarish yoʼllari. Valyuta tizimi va uning tulari.
Milliy Valyuta Tizimi - tarixan yuzaga kelgan boʼlib, alohida olingan davlatning valyuta munosabatlarini qonun asosida tashkil qilish va boshqarish munosabatlarini oʼz ichiga oladi. Milliy valyuta tizimining elementlari milliy valyuta, valyuta zaxiralari hajmi va tarkibi, valyuta pariteti va milliy valyuta kursi, valyutani konvertirlash shartlari, mamlakat valyuta munosabatlarini boshqaruvchi milliy mahkamalar va tashkilotlar maqosi, valyuta va oltin milliy bozorlarining faoliyat yuritish shartlari, valyuta nazorati, valyutaviy cheklanishlar boryoʼqligi qoidalarini, xalqaro kredit vositalarini milliy pul aylanishida qoʼllash qoidalari va boshqalar hisoblanadi.
  • Xalqaro valyuta tizimi (XVT) – jahon xoʼjaligi doirasida koʼp tomonlama davlatlararo kelishuvlarda koʼrsatilgan va xalqaro valyuta-kredit va moliya tashkilotlari tomonidan tartibga solinadigan valyuta munosabatlarining global shaklidir.
  • XVT oʼz ichiga valyuta munosabatlari va valyuta mexanizmini oladi.

Jahon valyuta tizimi quyidagi elementlarini, yaʼni xalqaro toʼlov vositalarining maʼlum bir yigʼindisi, valyuta kurslari va valyuta pariteti, konvertirlash shartlari, xalqaro hisobkitob shakllari, xalqaro valyuta va oltin bozorlari rejimi, xalqaro va milliy bank tashkilotlari, xalqaro kredit vositalarini muomalada qoʼllash qoidalarini, valyuta cheklovlarni davlatlararo boshqarish usullari va boshqalarni oʼz ichiga oladi

Jahon valyuta tizimi evolyutsion rivojlanishida qoʼyidagi bosqichlarni bosib oʼtgan:

1. Parij valyuta tizimi ( 1867 y. dan 20-y XX asrgacha.);

2. Genue valyuta tizimi (1922 y. dan 30-y gacha);

3. Bretton-Vuds valyuta tizimi (1944 y. dan 1976 y. gacha);

4. Yamayka valyuta tizimi (1976—1978 yy. dan hozirgi vaqtgacha ).

Oltin tangan standartining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

Oltin tangan standartining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

1) Milliy pul birliklarida oltin tarkibi oʼrnatildi;

2) Oltin jahon pul funktsiyasini bajardi;

3) Banknotalar erkin ravishda oltinga almashtirildi;

4) rezerv valyuta - ingliz funt sterlingi;

5) Milliy oltin zaxirasi va pulning ichki taklifi oʼrtasida qattik oʼzaro munosabat oʼrnatildi;

6) toʼlov balansining defitsiti oltin bilan qoplandi.

Genue valyuta tizimining asosiy printsiplari oldingi Parij tizimigiga oʼxshash edi.

Аmmo, milliy valyutaning oltinga ayirboshlashning 2 ta asosiy yoʼli belgilab olindi:

birinchidan, bevosita — deviz rolini bajaradigan valyutalar uchun (funt sterling, dollar);

ikkinchidan, bilvosita — mavjud tizimning qolgan barcha valyutalari uchun.

Hozirgi vaqtda JVT erkin suzib yuruvchi valyuta kursi printsipidan foydalanmoqda.

Bretton-Vuds valyuta tizimining asosiy printsiplari qoʼyidagilardan iborat:

Bretton-Vuds valyuta tizimining asosiy printsiplari qoʼyidagilardan iborat:

  • Oltin jahon puli funktsiyasini saqlab qoldi;
  • Rezerv valyutalar – АQSh dollar, ingliz funt sterlingi;
  • 3) Rezerv valyutalarning oltinga majburiy ayirboshlash rasmiy kurs boʼyicha 1 troya untsiya 35 dollar qilib belgilandi;
  • 4) fiksirlangan valyuta kursi oʼrnatildi;
  • 5) XVF, XHB;
  • 6) Toʼlov balansining kamchiliklari oltin bilan tartibga solishga ruxsat berildi.

Yamayka valyuta tizimi qoʼyidagi printsiplar asosida qurildi:

1) Rasmiy ravishda oltin standarti bekor qilindi;

2) oltinning demonetizatsiyasi qayd qilindi;

3) oltin paritetlari – valyutaning oltinga bogʼliqligi taʼqiqlandi;

4) oltin oddiy tovar sifatida qarala boshlandi;

5) SDR standarti kiritildi;

6)rezerv valyutalar – АQSh dollari, FRG markasi, funt sterling, shveytsariya franki, yaponiya yenasi, frantsuz franki;

7) Erkin suzuvchi valyuta kursi rejimi oʼrnatildi;

8) yopiq valyuta bloklarini tuzish qonuniylashtirildi.

Valyuta statusi boʼyicha qoʼyidagi koʼrinishlarda klassifikatsiya qilinadi:

• milliy;

• horijiy;

• shartli ravishdagi xalqaro (SDR);

• shartli ravishdagi mintaqaviy (EKYu, 1 yanvarya 1999 y. dan yevro);

• yevrovalyutalar;

• rezerv valyutalar.

Valyuta kursining barqarorligiga qoʼyidagi faktorlar taʼsir koʼrsatadi:

  • Inflyatsiyaning surʼati va pul massasining hajmini oʼzgarishi;
  • Mamlakatning toʼlov balansi;
  • Foiz stavkalaridagi farq;
  • Spekulyativ valyuta operatsiyalari;
  • Xalqaro hisob-kitoblarda qoʼllanish darajasi;
  • Davlat va bozor tomonidan tartibga solinishning oʼzaro taʼsiri;
  • Mamlakatning mamkroiqtisodiy koʼrsatkichlari;
  • Subʼektiv faktorlar va boshqa.

Download 91.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling