Mirzahalimov jahonmirzo mavzu: Mahsulot assortimentini boshqarish va ishlab chiqarish maromiyligi tahlili
Download 21.24 Kb.
|
TAHLIL AMALIY
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy reja bajarilishi, foiz
orxonada mahsulot ishlab chiqarish rejasi ortig‘i bilan, ya’ni 103 foizga bajarilgan. Ammo ayrim tur mahsulotlar bo‘yicha reja bajarilishi buzilgan. Buning natijasida assortiment rejasi bor yo‘g‘i 81.6 foizga bajarilgan. Bunga “S” va “D” mahsulotlar turi bo‘yicha rejada belgilangan ko‘rsatkichlarning bajarilmasligi sabab bo‘lgan. Ahamiyatli jihati shundaki, assortiment bo‘yicha reja bajarilishida ayrim tur mahsulotlar bo‘yicha rejaning ortig‘i bilan bajarilishi boshqa tur mahsulotlar bo‘yicha reja topshiriqlarini bajarilmasligini qoplamaydi. Mahsulot turlari bo‘yicha rejaning bajarilishi har xil darajada bo‘lishi strukturani o‘zgarishidan dalolat beradi. Struktura bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha xillari rejalashtirilgan mahsulot tarkibi va tuzilishiga teng kelishi kerak. Ishlab chiqarilgan mahsulot strukturasining o‘zgarishi firmaning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi. Mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qimmatbaho mahsulot turlari ulushini ortishi tufayli mahsulot qiymat shaklida ortadi va buning aksicha bo‘lsa, qiymat shaklida mahsulot kamayadi. Xuddi shunday yuqori rentabellikka ega bo‘lgan mahsulot turlarini ortishi, rentabelligi past turlarini pasayishi tufayli umumiy foyda miqdori ortadi. Mahsulot assortimentini ishlab chiqarish maromiyligi bilan kompleks o‘rganish operatsion faoliyatga to‘liq baho berishga, o‘zgarishlarni makon va zamonda aniq tasniflash imkonini beradi. Shu sababli, assortiment rejaining bajarilishi bilan bir qatorda ularni ishlab chiqarishng maromiyligiga ham baho beriladi. Ayrim korxonalar yillik, kvartal, oylik rejalarini ortig‘i bilan bajarishi, ammo, ishlab chiqarishni bir maromda tashkil eta olmaslik natijasida erishilgan samara va natijaviylik ko‘zda tutilgan yoki rejalashtirilgan yutuqni ta’minlay olmaydi. Shu bilan birga mahsulot ishlab chiqarishdagi maromiylikni buzilishi shartnoma majburiyatlarini barbod bo‘lishiga, uning oqibatida jarimalar to‘lanilishiga, moliyaviy ahvolning qiyinlashishiga ham olib keladi. Download 21.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling