Pedagogika fani va amaliyotida qo‘llanilayotgan “pedagogik texnologiya” - Pedagogika fani va amaliyotida qo‘llanilayotgan “pedagogik texnologiya”
- atamasi inglizcha “an educational technology” so‘zidan olingan bo‘lib, aynan
- tarjimasi “ta’lim texnologiyasi” degan ma’noni bildiradi.
- Pedagogik texnologiya-bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida
- texnik vositalar, inson salohiyati, hamda ularning o‘zaro ta’sirini inobatga olib,
- o‘qitish va bilim o‘zlashtirishning barcha jarayonlarini anglash, yaratish va
- qo‘llashning tizimli metodidir6
- .
- Bu ta’rifni YUNESKO tashkiloti ma’qullagan.
- Keyingi yillarda pedagogik texnologiya har xil mualliflar turli xil ta’rif
- bermoqdalar. Bu ta’riflar har bir muallifning pedagogik texnologiyaga turlicha
- yondashuvidan darak beradi. Ulardan ba’zilari:
- V.P.Bespalko: «har qanday faoliyat yoki texnologiya, yoki san’at bo‘lishi
- mumkin. San’at ichki sezgi (intuitsiya)ga, texnologiya esa fanga asoslanadi.
- hammasi san’atdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi va yana qaytadan
- boshlanadi» - degan edi.
- Insoniyat jamiyatining tarixiy guvohlik berishicha, jamiyat formatsiyasini
- o‘zgartirib borish jamiyat tarbiyasining maqsadi va vazifasini ham o‘zgartirib
- borgan, umuman va qisman jismoniy tarbiyani manbasini uni rivojlantirish
- tamoyillari ishlab chiqilgan o‘rgatishni samara beruvchi tomonlarini metodlari uni
- tashkil qilish shakllari o‘zgarib borgan.
- O‘rgatishni sinf-dars shakli slavyan olimi filosofi Yan Amos Kamenskiy
- tomonidan umumlashtirilib nazariy asoslab bergan. Uning “Ulug‘ didaktika”
- shartlarga ega bo‘lgan maktab qonunlari o‘rgatishni barcha shakllari shu asosiy
- tamoyillarga kiritilgan. Ya’ni o‘quvchilarni yoshlarini bir xilda bo‘lishi, jismoniy
- tayyorgarligi, darsni aniq vaqti, uning dars jadvalidagi o‘rni, darsda o‘qituvchining
- rahbarlik o‘rni, darsga qo‘yilgan vazifalarni albatta hal etilishi belgilab berilgan.
- Keyinchalik jismoniy mashqlar mashg‘ulotning xilma-xil tizimi vujudga keldi.
- Keyinchalik gimnastika, fextovaniye, otda yurish, o‘yinlarni xilma –xil dars
- sxemalari ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |