Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/169
Sana08.01.2022
Hajmi1.25 Mb.
#244028
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169
Bog'liq
Амалий география ўқитиш усуллари

Tarbiyaviy  maqsadlari: 
‐  O’zbekistoning  kelajagi  buyuk  davlat  ekanligini  asoslab  berish, 
o’quvchilarda  Vatanimiz  qudrati  va  ravnaqidan  faxrlanish  tuyg’ularini 
shakillantirish; 
‐  o’quvchilarda  tabiatdagi  va  tabiat  va  jamiyat  o’rtasidagi  o’zaro 
ta’sirlarga didaktik nuqtai nazardan qarashga o’rgatish; 
‐  o’quvchilarni  ahloqiy  jihatdan  to’g’ri  tarbiyalash,  ularga  Vatanga 
muhabbat  ruhida,  Vatanni  himoya  qilish  har  fuqoroning  oliy  burchi 
ekanligini o’qtirish; 
‐  o’qtuvchilarni  mehnat  tarbiyasiga  va  kasb  tanlashiga  yordam 
berish, hozirgi zamonda o’z o’rnini topishga ko’maklashish. 
O’quvchilarni qiziquvchanlik qobiliyatini rivojlantirishga yo’naltiril‐
gan maqsadlar: 
‐ geografik bilimlar va muammolarga  qiziqishni uyg’otish; 
‐  o’quvchilarga  kuzatuvchanlik,  eslab  qolish,  tafakkur,  tasavvur  va 
nutq qobiliyatlarini rivojlanishiga imkon yaratish: 
‐ o’quvchilarni ular imkoniyati doirasidagi geografik muammolarni  
yechishga o’rgatish, ularda hodisa va jarayonlarga kompleks va sintetik 
yondashishni shakllantirish. 
Maktab  geografiyasining  vazifalari  uning  maqsadlaridan  kelib 
chiqadi: 
 ‐  maktab  geografiyasining  umumiy  va  har  bir  sinf    bo’yicha 
maksadi, mazmunini aniqlash va ularni yanada takomillashtirish; 
 ‐  o’quvchilarning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda 
geografik bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishiga imkon beradigan ta’lim 
usullarni aniqlash; 
‐ o’quvchilarga amaliy geografik ko’nikma va malakalarni singdirish 
imkoniyatlarini aniqlash; 
‐  ta’lim  jarayonida  o’quvchilar  faoliyatini  oshiradigan  va 
mustaqilligini ta’minlaydigan samarali usullarni aniqlash; 
‐  umumiy  va  kasb‐hunar  ta’limi  tizimidagi  o’quvchilarni  mexnatga 
o’rgatish, ularga axloqiy , estetik tarbiya berish vazifalarini ochib berish; 
‐ ta’limni tashkil etish turlarini ishlab chiqish va takomillashtirish; 
‐o’qitish  metodikasini  yanada  takomillashtirish,  sinalgan  o’quv 
metodlarini yanada rivojlantirish; 


12 
 
‐yangi  pedagogik  texnologiyalarni  qo’llashni  ilmiy‐metodik 
asoslarini ishlab chiqish; 
‐geografiya  ta’limida  axborot  texnologiyalari  imkoniyatlaridan 
foydalanib dars o’tish usullarini ishlab chiqish; 
‐darslik,  o’quv  qo’llanmalari  va  vositalariga  qo’yiladigan  talablarni 
ishlab chiqish va ulardan foydalanish hamda ular bilan ishlash usullarini 
ishlab chiqish. 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling