Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliev E.
- Mirzamahmudov O.T., Хакимов M.M, Mirzamahmudova H.T.
Mas’ul muharrir: Baratov A.S. Geografiya fanlari nomzodi, dotsent (NamDU) Taqrizchilar: Saydaliev S. – Namangan viloyati o’rta maxsus kasb‐hunar ta’limi boshqarmasi metodik xizmat bo’limi boshliq’i Soliev E. ‐ Geografiya fanlari nomzodi, dotsent (NamDU) Namangan davlat universiteti ilmiy‐uslubiy kengashining 2017 yil 29 iyun kunidagi 10‐sonli yig’ilish bayonnomasi qaroriga muvofiq nashr etishga ruxsat berilgan. © . Mirzamahmudov O.T., Хакимов M.M, Mirzamahmudova H.T. “Namangan”, 2017 y. 3 So`z boshi O’zbekistoning mustaqillikka erishishi munosabati bilan geografiya ta’limida ham muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Amaliy geografiyaning mazmuni va tuzilishida tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirildi va o’quv tizimiga joriy qilindi. O’zbekistonda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risidagi qonun»ni qabul qilinishi munosabati bilan o’quv qo’llanmalari va darsliklarga bo’lgan talablar keskin o’zgardi. Barcha fanlarda bo’lga‐nidek amaliy geografiya fani dasturi va tuzilishi qaytadan ko’rib chiqildi. Shu munosabat bilan amaliy geografiya fanini o’qitishda ham muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Amaliy geografiyani o’qitishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini qo’llash munosabati bilan o’qitish usullarida ham qator o’zgarishlar sodir bo’ldi. Shu munosabat bilan mazkur uslubiy korsatma tayyorlandi. Mazkur uslubiy ko‘rsatma kirish va sakkizta bobdan iborat. Birinchi bobida geografiya ta’limining maqsad va vazifalari, boshqa fanlar bilan aloqasi, ilmiy tatqiqot ishlari bayon etilgan. O’qitish metodlari haqida tushuncha va ularni tanlash tamoillari, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanishga e’tibor qaratilgan. Ikkinchi bobda O’zbekistonda geografiya ta’limining rivojlanishi bayon etilgan. Uchinchi bobda o’qitish metodlari va ularni tanlash texnologiyalari ko’rib chiqilgan. To’rtinchi bobda geografiya ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va qo’llash xaqida fikrlar yuritilgan. Beshinchi bobda amaliy geografiya darsi va unga qo’yiladigan talablar xaqida, oltinchi bobda amaliy geografiya darsi turlari bayon etilgan. Ettinchi bobda dars samaradorligiga erishish bo’yicha slaydli taqdimotlarni ishlab chiqish va interfaol ta’lim texnologiyalariga to’xtalib o’tilgan. Sakkizinchi bobda amaliy geografiya fanidan taqvimiy mavzular rejasi va nazorat testlari berilgan. Uslubiy ko’rsatmaning 1,2,3,4,5,6 boblari Mirzamahmudov O.T., 7 bobi G’ayrat pedagogika kolleji o’qituvchisi Mirzamahmudova X.T., 8 bobi NamDU qoshidagi 2‐akademik litsey o’qituvchisi Xakimov M.M. lar tomonidan yozilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling