Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
«Amaliy geografiya» fanining dolzarbligi va o’qitish strukturasi
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
1. «Amaliy geografiya» fanining dolzarbligi va o’qitish strukturasi
Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi davrida tabiiy fanlarning tutgan o’rni tobora ortib bormoqda. Birinchi prezident I.A.Karimov Respublikamizda atrof‐muhitni muhofaza qilish, boy tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmualarimizni qayta tiklashga e’tibor qaratib kelmoqda. Bunga ishonch hosil qilish uchun Prezidentimizning keyingi 25 yil mobaynidagi nutqlari va ma’ruzalari bilan tanishib chiqishning o’zi kifoya. Ushbu masalalarga oid bilimlarni beruvchi ta’lim yo’nalishi hamda ular o’rtasidagi munosabatlarni optimallashtiruvchi sohalardan biri Amaliy geografiya fanidir. Insoniyat paydo boʹlgan davrdan boshlab jamiyat taraqqiy etgan sari inson va tabiat oʹrtasidagi oʹzaro munosabatlar murakkablashib bormoqda. Buning natijasida mahalliy, mintaqaviy hamda umumsayyoraviy ekologik muammolar va inqirozlar paydo boʹlmoqda. Ana shunday ekologik muammolar va inqirozlarni oʹrganish, baholash va ularning sodir boʹlishini oldindan bashorat qilishda geografiya fanining oʹrni va ahamiyati nihoyatda muhimdir. Mazkur muammolarni oʹrganish va ularning yechimini topish davomida geografiya fanlari tizimida yangi yoʹnalish, yaʹni amaliy geografiya fani paydo boʹldi va u hozirgi paytda tez surʹatlar bilan rivojlanmoqda. Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi davrida tabiiy fanlarning tutgan o’rni tobora ortib bormoqda. Respublikamizda atrof‐muhitni muhofaza qilish, boy tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmualarimizni qayta tiklashga e’tibor qaratib kelinmoqda. Ushbu masalalarga oid bilimlarni beruvchi ta’lim yo’nalishi hamda ular o’rtasidagi munosabatlarni optimallashtiruvchi sohalardan biri amaliy geograiya fanidir. Amaliy geografiya fani tabiat tizimidagi tabiiy geografik tatqiqotlar, geografik ekspertiza asoslar ishlab chiqarishning iqtisodiy asoslari, atrof muxit monitoringi, organizmlar, jumladan, kishilar va ularning atrof – muhit bilan munosabatlariga doir tushuncha, voqelik, hodisa va jarayonlarni tadqiq qiluvchi fandir. Amaliy geografiyaning maqsadi tabiiy muhit va resurslarni baholash, tabiiy va ijtimoiy muhitning oʹzgarishini bashorat qilishdan iboratdir. Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat: 5 • Xo’jalik maqsadlarida foydalanish nuqtai nazaridan tabiiy sharoit va resurslarni o’rganish va baholash; • Tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish, baholash va bashorat qilish; • Inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy muhitning o’zgartirilishi jarayonini baholash va bashorat qilish; • Umumsayyoraviy, mintaqaviy va maxalliy ekologik muammolarning yuzaga kelish sabablarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini ishlab chiqish; • Ishlab chiqarishni xududiy tashkil etish muammolari va aholi joylashuvi masalalarini yechish. Amaliy geografiya fani bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini kundalik hayotda duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanadi va amaliyotda qo’llaydi, tabiatdagi jarayonlar va hodisalarni tushunishda amaliy geografiya sohasidagi zamonaviy yutuqlar to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanadi, amaliy geografik tatqiqotlar va ma’lumotlar bilan ishlaydi, geografik ob’ektlar ustida kuzatishlar olib borib, geografik baholash va bashoratlarni urganadi tajribalar o’tkazadi, o’zining faoliyati oqibatlarini atrof muhit va o’zgalarning sog’ligiga ta’sirini baholaydi va tabiatda o’zini tutish qoidalariga amal qilgan holda sog’lom, turmush tarzi normalariga rioya qiladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling