Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
O’qitishning maqsad va vazifalari
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
O’qitishning maqsad va vazifalari
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan jamiyatimizni yangilash maqsadida ishlab chiqilgan besh tamoyil hayotga sobitqadamlik bilan tatbiq etilayotgan hozirgi paytda ma’naviy‐ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, sog’lom ekologik muhitni ta’minlash,ekologik fojealarning oqibatlarini har bir kishi ongiga singdirish va pirovard natijada ma’naviy barkamol, komil insonni, erkin shaxsni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlari bo’lib qolmoqda. Bu g’oya to’laligicha o’rta maxsus kasb‐xunar ta’lim tizimiga ham taalluqlidir. Jamiyatimizda ta’lim‐tarbiya tizimini sog’lom insonparvarlik yo’nalishida qayta tashkil etish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, barkamol, ma’naviy dunyosi boy, axloqiy pok, komil insonlarni tarbiyalash kechiktirib bo’lmaydigan, davlat ahamiyatiga, millat 6 kelajagiga molik vazifa bo’lib turibdi. «Amaliy geografiya» fanini o’rta maxsus kasb‐hunar ta’lim tizimida o’qitilishi ham ana shu muhim vazifani amalga oshirilishiga xizmat qilmog’i lozim. Amaliy geografiya fani inson va tabiat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik hamda uning natijasida vujudga keladigan barcha xususiyatlarni o’rganishni o’z ichiga oladi: - Amaliy geografik tadqiqot usullari bilan tanishtiradi. - Tabiiy geografik jarayonlar va ularning xillari haqida tanishtiradi. - Tabiat komplekslari va ularning barqarorligi hamda uni xo’jalik ishlarida xisobga olish lozimligini o’rgatadi. - Geografik baholash va bashorat qilish usullari, turlari haqida tushuncha beradi. - Atrof muhit monitoringi va uni amalga oshirish yo’llarini o’rgatadi. ‐Geografik‐ekologik ekspertiza va uni amalga oshirish tartiblarini tushuntiradi. ‐ Ekologik muammolar hamda ularning yechimlarini o’rgatadi. ‐Ishlab chiqarishning texnik‐iqtisodiy asoslari bilan tanishtiradi. - Geosiyosat asoslari, O’zbekistonning geosiyosiy o’rni va kelajagi hamda hozirgi zamonning geosiyosiy muammolarini o’rgatadi. - O’z ish faoliyatida amaliy geografik ishlarni rejalashtirish va amalga oshirish bo’yicha ko’nikma va malakasini shakllantiradi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling