1.4.1.Nazariy tatqiqot usullari
Nazariy tatqiqot usullariga adabiyotlarni tahlil qilish, statstik‐
matematik, tarixiy, qiyosiy va tizimli usullar kiradi.
Adabiyotlar bilan ishlash usuli. har qanday ilmiy ish shu sohada
e’lon qilingan adabiyotlarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish
bilan boshlanadi. Mazkur usul yordamida boshqa tatqiqotchilar
tomonidan olingan ma’lumotlar to’planadi va o’rganiladi va
umumlashtiriladi. Geografiya ta’limi metodikasida quyidagi sohalar
bo’yicha ma’lumotlar to’planadi va tahlil qilingadi: ta’lim bo’yicha
davlat tomonidan chiqarilgan qonunlar, qarorlar va boshqa xujjatlar;
bilish nazariyasi bo’yicha falsafiy adabiyotlar o’rganiladi; mantiq,
psixalogiya va didaktika bo’yicha ma’lumotlar o’rganiladi va tahlil
qilinadi: o’qitish metodikasi bo’yicha e’lon qilingan ilmiy ishlar alohida
tahlil qilinadi; Adabiyotlar tahlil i amalga oshirilgandan so’ng
o’rganilayotgan muammoning dolzarbligi, o’rganil‐may qolgan jihatlari
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |