1.5. Metodik tadqiqotlar bosqichlari
Ta’lim va tarbiya ishlarini ma’lum bir maqsadlar va yo’nalishlarda
borishi, ularning samaradorligi ilmiy pedagogik ishlarning to’g’ri tashkil
qilinishiga hamda ularning natijalariga bog’liq. Shu maqsadda metodik
tadqiqotlar bir necha bosqichlarda olib boriladi.
Ular quyidagilardan iborat:
‐muammoning qo’yilishi;
‐tadqiqot ob’ekti va predmetini tanlash;
‐tadqiqotni maqsad va vazifalarini aniqlash;
‐ ishchi g’oyani ishlab chiqish;
‐ishlab chiqilgan g’oyani pedagogik tajribalarni kuzatish va eksperi‐
mental ishlarni bevosita o’rganish asosida tekshirish;
‐olingan yangi ma’lumotlar va bilimlar asosida nazariy xulosalar
ishlab chiqiladi va tadqiqot natijalarini tekshirish amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |