Yangi mavzuni o’rganish. Deyarli barcha darslarda yangi mavzuni
o’tish qismi albatta bo’ladi. Yangi mavzuni o’tishda yangi bilimlar,
ko’nikma va malakalar shakllantiriladi. Darsga ajratilgan vaqtning katta
qism yangi mavzuni o’rganishga sarflanadi. Yangi mavzuni mazmuni va
xajmi o’quv dasturlarida berilgan bo’ladi, darsliklarda esa ular
aniqlashtiriladi. Dastur o’qituvchi uchun asosiy vosita bo’lib hisoblanadi.
Yangi darsning mazmuni o’qituvchi tomonidan tanlab olinadi. Bunda
mavzu bo’lim yoki butun kursni o’quv maqsadlaridan kelib chiqdi.
O’qituvchi uchun dasturda yangi materialni o’tish uchun asosiy va
qo’shimcha materiallar tizimi beriladi. Qo’shimcha materiallarga turli xil
daliliy ma’lumotlar kiradi. Ular mavzuni asosiy mazmunini ochib
berishga xizmat qiladi. Yangi mavzuni o’rganish natijasida o’quvchilarni
bilimi kengayadi va chuqurlashadi, o’rganilayotgan voqea va hoisalarni
moxiyati ochib beriladi. Geografik bilimlar va ko’nikmalarni amaliy
tomonlari ko’rsatiladi. Yangi mavzuni o’rganish ilgari olingan bilimlarga
tayangan holda amalga oshiriladi. Demak, xar bir mavzuni
o’rganayotganda predmetlararo va ichki predmetlararo aloqalar ochib
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |