Mirzamahmudov o, xakimov m.. T. M, A h. T. Mirzamahmudov amaliy geografiya o'qitish usullari mirzamahmudov o, xakimov m
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Амалий география ўқитиш усуллари
Pedagogik eksperiment. Pedagogik tadqiqotlar eng keng tarqalgan
usullardan biri hisoblanadi. Uning yordamida har bir o’qitish metodlarni afzalliklarini aniqlash mumkin. I.S.Matrusov fikricha pedagogik eksperiment deganda nazorat qilinayotgan va hisobga olinayotgan sharoitda tadqiq qilinayotgan pedagogik jarayonlarni kuzatishga imkon beradigan ilmiy jixatdan tashkil qilingan ta’lim va tarbiya tajribasidir. Pedagogik eksperimentning maqsadi o’rganilayotgan voqea va hodisalarni qonuniyatlarini aniqlash, u yoki bu metodik masalani mohiyatini ochib berishdir. Pedagogik eksperimentga quyidagi talablar quyiladi: ‐pedagogik eksperiment mukammal darajada loyihalashtirilgan bo’lmog’i lozim; ‐u metodologik jixatdan asoslangan gipotezaga tayanmog’i lozim; ‐o’rganilayotgan muammo o’zida qarama‐qarshiliklarni va yangiliklar kurtagini aks ettirmog’i lozim; Pedagogik eksperiment o’tkaziladigan vaqti, o’rganilayotgan xodisalar tarkibi, tashkil qilinishiga ko’ra turlicha bo’lishi mumkin. Pedagogik eksperimentlar o’tkazilish vaqtiga ko’ra qisqa va uzoq muddatli, o’rganilayotgan hodisani tarkibiga ko’ra oddiy va murakkab, tashkil qilinishiga ko’ra tajribali (bir guruh o’quvchilar bilan o’tkaziladi), tabiiy (bir sinf bilan, yoki bir necha maktabdagi bir xil sinflar bilan o’tkaziladi), kompleks eksperimentlarda tajriba va tabiiy usullar uyg’unlashgan holda qullaniladi. Oldiga qo’ygan maqsadiga ko’ra pedagogik eksperimentlar tasdiqlovchi, (mavjud qoidalarni) shakillantiruvchi yoki yaratuvchi, nazorat qiluvchi yoki nazorat turlariga bo’linadi. Pedagogik eksperiment yordamida nazariy holatlar tekshiriladi, ta’lim va tarbiya jarayoni haqida to’la va aniq ma’lumotlar olishga imkon beradi. «Eksperiment» va «Tajriba» tushunchalarini chalkashtirmaslik lozim. Eksperemental ishlar aniq hisobga olinadigan sharoitlarda o’tkaziladi, uning natijasida aniq bir nazariy holatlar olinadi. Shuning uchun eksperent natijasida aniq maksadlar amalga oshiriladi. Demak, 19 eksperiment deganda pedagogik jarayonda bo’ladigan qonuniy aloqalarni o’rganish tushuniladi. Tajriba ishlari yordamida yoki ishlab chiqarilgan usullar o’quv jarayoniga qanday ijobiy ta’sir qilgani aniqlanadi. Qisqa qilib aytganda pedagogik eksperiment natijasida olingan nazariy xolatlarni amalda qo’llash mumkinligini aniqlashga yordam beradi. Buning uchun o’qitish eksperimental va asosiy sinflarda bir vaqtning o’zida olib boriladi. Demak, tajriba ishlari eksperimental tadqiqotlar asosida yaratilgan metodik tizimlarni samaradorligini tekshirish vositasidir. Bundan tashqari yana quyidagi usullar mavjud: ‐suxbat usuli, bunda tadqiqotchi o’qituvchilar, o’qtuvchilar va maktab raxbariyati bilan ma’lum bir mavzu bo’yicha suxbatlashadi; ‐maktab xujjatlarini o’rganish usuli. Bunda sinf jurnallari, dasturlar, o’qituvchi xujjatlari, o’quvchilarning yozma ishlari, sinfdan tashqari ishlar va mustaqil va amaliy ishlar xujjatlari o’rganiladi. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling