Mirzaxmedova E’zoza
Axborot xavfsizligi 1-kurs (19-17)
24-Mavzu: Lokal va global ob’ektlar.
Programmalashda local ob’yekt nima?
O’zgaruvchilar funksiya tanasida yoki undan tashqarida e’lon qilinishi mumkin. Funksiya tanasida ya’ni ichida e’lon qilingan o’zgaruvchilarga local o’zgaruvchilar deyiladi. Bunday o’zgaruvchilar faqat o’zi e’lon qilingan funksiya tanasida amal qiladi va boshqaruv yana asosiy funksiyaga o’tganida local o’zgaruvchi uchun ajratilgan xotira bo’shatiladi.
Local o’zgaruvchilarga oid misol:
#include
using namespace std;
//funksiya prototipi
int sum (int a, int b) ;
int main( )
{ // local o’zgaruvchilar
int x=2; int y=4;
cout<
return 0; }
int sum (int a, int b)
{ // local o’zgaruvchi
int x=a+b; return x; }
Programmalashda global ob’yekt nima?
Funksiya tanasidan tashqarida e’lon qilingan o’zgaruvchilarga global o’zgaruvchilar deyiladi. Global o’zgaruvchilar funksiya aniqlanishidan avval e’lon qilinadi va shu joydan programma oxirigacha amal qiladi.
Global o’zgaruvchilarga oid misol:
#include
using namespace std;
int f1 ( ); int f2 ( );
int main( )
{ cout<
return 0; }
int f1( )
{ return x; } // kompilyatsiya xatosi ro’y beradi
int x=10; // global o’zgaruvchi e’loni
int f2 ( ) { return x*x; }
Lokal va global ob’yektlarning farqi nimada?
Lokal o’zgaruvchilar faqatgin o’zi e’lon qilingan funksiya tanasida amal qiladi va boshqaruv bu funksiyadan chiqqanidan keyin xotiradan o’chiriladi. Global o’zgaruvchilar esa e’lon qilingan joyidan programma oxiriga qadar amal qiladi va ular e’lon qilinganidan keying ixtiyoriy funksiyada ishlatilishi mumkin. Funksiya ichida global o’zgaruvchiga murojaat qilinayotganida shu funksiyada uning nomiga mos bo’lgan local o’zgaruvchi bo’lmasligi kerak.
Misol:
#include
using namespace std;
// global o’zgaruvchi e’loni
int test=100;
void chop_qilish (void);
int main ( )
{ // local o’zgaruvchi e’loni
int test=10;
// global o’zgaruvchi chop qilish funksiyasini chaqirish
chop_qilish ( );
cout<<”local o’zgaruvchi : “<
return 0; }
void chop_qilish (void )
{
cout<<” global o’zgaruvchi : “<
Do'stlaringiz bilan baham: |