Mirzayev Muhammadjon


Download 33.5 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi33.5 Kb.
#1516781
Bog'liq
Muhammadjon Mirzayev




Mirzayev Muhammadjon (1913.13.8 — Toshkent — 1999.17.5) — bastakor, sozanda (qashqar rubobi). Oʻzbekiston xalq artisti (1967). Dastlab T. Jalilov, J. Sultanov kabi ustozlardan musiqa sirlarini o’rgangan. Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1953). Oʻzbek davlat filarmoniyasining xalq cholgʻulari orkestrida sozanda (1936—40), oʻzbek ashula va raqs ansamblida (1940-yildan), keyinchalik "Shodlik" va "Lazgi" ansambllarida (1968—73) musiqa rahbari. Qashqar rubobining mohir ijrochisi sifatida uning ommaviylashuvi va repertuarining boyishiga katta hissa qoʻshgan. Bastakorlik faoliyatida yangicha talqin yullarini kashf etib, uz maktabini yaratgan sanʼatkorlardan. Oʻzbek milliy (ayniqsa, Far-gona—Toshkent) musiqa uslublariga tayanib, lirik va raqs kuylari ("Dildor I—II", "Bahor valsi", "Yangi tanavor", "Tong malikasi", "Dildor oʻynasin" va boshqalar), ashula, qoʻshiq va yallalar ("Mehnat ahli", "Koʻzlaring", "Surating", "Yor istab", "Qachon boʻlgʻay", "Yakka bu Fargʻonada", "Parvona boʻldim", "Shirmonoy", "Oltin sandiq" va boshqalar) yaratgan. M. bastalagan musiqalar oʻzining nafisligi, ohangdorligi, mazmuni va yorqin milliy ruhi bilan ajralib turadi. Konsert dasturlarida xalq ("Yallama yorim"), oʻzbek bastakor va kompozitorlari asarlari ("Koʻrmadim", D. Zokirov, "Lirik kuy", T. Jalilov va boshqalar)ni mahorat bilan, kuylarga ustalik bilan sayqal berib ijro etgan. Ugʻli - Shavkat M. (Muhammedov) — sozanda (qashqar rubobi) va bastakor. Oʻzbekistonda xizmat kursatgan artist, "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan (2000). "Oʻzbeknavo" davlat birlashmasida sozanda.[1]
Download 33.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling