Mirzo Abdulqodir Bedilning falsafiy va ahloqiy qarashlari. I. Qism: Kirish. II. Asosiy qism
Download 203.34 Kb.
|
mirzo abdulqodir bedil
Ma’nosi: Bu jahon - tog’, fe’limiz go’yo nido, Bizga qaytar bu nidolardan sado.
Demak, dunyo - tog’ kabidir. Tog’da yangragan sadolarimiz aksi o’zimizga qaytib keladi. Bu dunyoda kim nima qilmasin, pirovardida natijasini ko’radi. Xalqimiz tili bilan aytganda, bu dunyo qaytar dunyo, nima eksak, shuni olamiz. Xuddi shu singari fikrlarni Yusuf Xos Xojibda ham ko’ramiz. Unda shunday deyiladi: «Kim yaxshilik qilsa, o’zi ham yaxshilik ko’radi. Undaylar kamsitilgan yoki tahqirlanganlarni ajratib qo’ymaydi»2. Bedil insonlarni faqat yaxshilikka, halollik va poklikka dahvat etar ekan, bu yo’lda to’siq bo’luvchi yomon, g’iybatchi kishilardan yiroq bo’lishga chaqiradi. SHu o’rinda Bedilning quyidagi fikri diqqatga sazovordir: «Agar yaxshilardan begona bo’lmayman, ajralmayman desang, yomon so’zlovchi, g’iybatchilar bilan oshnolik qilma. O’zingni to’g’ri ko’rsatmoqchi bo’lsang, oynaning orqasiga boqma»3. Agar surat yomon bo’lsa, oynadagi aks ham yomon ko’rinadiki, bizning fikr va tafakkurimiz ham etuklik darajasida bo’lmasa, barcha narsani tasavvurimizda yaxshi o’zlashtira olmaymiz. Bedil, xuddi Forobiy singari, aql, axloq, bilim birligiga alohida ahamiyat beradi. CHunki inson aql bilan bilimga ega bo’lmasa, tafakkur, ongu-shukuhini rivojlantirmasa, u yaxshilikning qadriga yetmaydi. Zero, jamiyat ilm va tafakkur bilan qudratlidir. G’iybat bu - kibr, manmanlik, birovning yutug’ini ko’rolmaslikdir. G’iybatchi - yaxshi insonlarning ish-faoliyatiga putur yetkazish uchun harakat qiladilar. Mirzo Bedil yaxshilik, axloqiy poklik haqida fikr bildirganida, bu tushunchalarning aql-idrok, ilm-mahrifat bilan bir butun holda olib qarashga harakat qiladi: Kishi tabiatini fosh etsa idrok, Faqat yaxshilikka etar ishtirok. Ilmdan bebahra qoladi tahbi, Badfehlidan kechib bo’lolmasa pok1. SHarq mutafakkirlarining diqqat markazida turgan muammolardan yana biri adolat bo’lib kelgan. Jumladan, mutafakkirlarimizdan Forobiy, Jaloliddin Davoniy, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy buyuk davlat arbobi, sarkarda Amir Temurning ijodi va faoliyatida adolatga keng o’rin beriladi. O’z davrida «SHarq Arastusi» nomini olgan Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri» asarida insonning jamiyatni boshqarishda hamda rivojlanishida adolat va axloqni shakllanish qonuniyatlarining nazariy tamoyillarini yaratganligi bilan mashhurdir. U «Madaniy jamiyat va madaniy shahap (yoki mamlakat) shunday bo’ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo’lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma barobar bo’ladi, kishilar o’rtasida farq bo’lmaydi, har kim o’zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug’ullanadi. Odamlar chin mahnosi bilan ozod bo’ladilar, odamlarning tinchlik va erkinliklariga halaqit beruvchi sulton bo’lmaydi. Ular orasida turli yaxshi odatlar, zavqlazzatlar paydo bo’ladi»2, - deb yozadi. SHu tariqa olim bugun bizning tasavvurimizdagi demokratik davlat shakllari va unda adolatning o’rni, boshqaruvning siyosiy va falsafiy mohiyatini kashf etishga uringan. «Olimlarning tahkidlashicha, adolat – eng yaxshi fazilat, adolatsizlik esa – eng yaramas va tuban xatti-harakatdir. Adolatning natijasi bu – mol-mulkning poydorligi, mamlakat farovonligi, xazinaning mahmurligi, shahar va qishloqlarning gullab yashnashi, zulm va adolatsizlikning oqibati esa – mamlakatning zavolga uchrashidir»1, - deydi Koshifiy. Mirzo Bedil ham boshqa allomalar singari odil shoh, kishilar o’rtasida adolatli munosabatlar o’rnatishi haqida qimmatli fikrlarni ilgari suradi. Bedil shohlarni xalqqa adolatli munosabatda bo’lishini, ularning xalqqa nisbatan zolimlik va o’zgalarning haqqiga xiyonat qilmaslikda, deb tushunadi. Xalq ichinda sen zolimlik nomin olma, Ojizlarga zulm ko’rsatib, jonin olma. Ochligingdan o’lganda ham zinhor, zinhor, CHumolining og’zidagi donin olma2. Mirzo Bedil adolat va adolatli jamiyatni ko’rish orzusi bilan yashagan. Adolat kategoriyasini Bedil siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va axloqiy tomondan, kishilarning mavqei nuqtai nazaridan tahlil qiladi. Adolat ijtimoiy hayotning belgilovchi mezoni sifatida olib qaraladi, undan yuz o’girganlarga o’zining nafratini bildiradi. Bedil axloqiy qarashlaridagi o’ziga xoslik shundaki, mutafakkir adolat adolatsizlik ustidan g’alaba qozonishiga ishonadi va adolatsizlik qilgan kimsa, albatta, qilmishiga yarasha jazo olishi muqarrar ekanligi uqtiriladi: Qilmish - qidirmishdan kimki boxabar, Zaiflarga zulm qilmas, alhazar3. SHuningdek, Bedil adolatni nafaqat siyosiy-huquqiy jihatdan, balki uning ijtimoiy-axloqiy jihatdan ham o’ziga xosligini ko’rsatib berishga harakat qiladi. Mirzo Bedil adolatni ijtimoiyaxloqiy kategoriya sifatida tahlil qilib, shunday yozadi: Teng tarozidur adolat, ey faqir, qo’l urmagil, Hurmatingga og’sa bir yon nehmati kam bo’lg’usi1. Yuqoridagi baytdan shunday xulosa qilish mumkinki, Bedil kishilarning o’zaro ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarida adolatni, ular o’rtasidagi tenglikni tahminlovchi mezon sifatida qaraydi. SHuningdek, mutafakkir adolatni podshohlarga ham, oddiy insonlarga ham xos bo’lgan qirralarini alohida ko’rsatib beradi. SHoir har qanday holatda adolatdan yuz o’girgan, adolatsizlikni shior qilgan kimsalar hayotda albatta, o’z jazosini olishiga ishonadi. SHarq mutafakkirlari, shu jumladan, Mirzo Bedil ham adolatni asoslashda ko’proq lirik-ruhiy, ma’naviy-axloqiy jihatdan yondashganlar. Zero, SHarqda azaldan adolat tushunchasiga hamohang tarzda «haq», «mehyor», «haqiqat», «burch» tushunchalari ham qadrlanib kelingan. SHuningdek, jamoa manfaati, oiladagi tartib-intizom, ehtiqod va ma’naviylik yuqori baholangan. G’arb mutafakkirlari esa ko’proq huquqiy, amaliy, kundalik hayot muammolari nuqtai nazaridan fikr yuritganlar. SHuning uchun ham SHarqdan ancha farqli tarzda «erkinlik», «teng huquqlilik», «erk» tushunchalariga ko’proq ahamiyat berilgan. SHu bilan birga G’arb demokratiyasida individualizm, individning tartib-intizomi, huquq va adolatga olib boruvchi vositalar sifatida qadrlanadi, ma’naviylikdan ham ko’ra ratsionalizm mustahkam o’ringa ega bo’lgan. Hozirda ijtimoiy adolat muammolari inson huquqlari va demokratiya g’oyalari bilan uzviy bog’liq holda talqin etiladi. Xalqaro huquq sohasidagi hujjatlarda ham bu tushunchaga jiddiy e’tibor berilmoqda. Bedilning bu qarashlarida axloq-odobning nozik qirralari, serqirra jozibalari va sharqona xususiyatlari o’z ifodasini topgan. Bedil tomonidan ilgari surilgan axloqqa oid yaxshilik tushunchasini tahlil qilib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: Download 203.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling