Mirzo Abdulqodir Bedilning falsafiy va ahloqiy qarashlari. I. Qism: Kirish. II. Asosiy qism
Download 203.34 Kb.
|
mirzo abdulqodir bedil
Mahnosi: libos xoh atlasdan, xoh polos matodan bo’lsin, bari-bir kishi kiyimda yashirina olmaydi. Rangda mahno sof, ravshan bo’lganidek, inson o’z xatti-harakatida ko’rinadi. Xat qoraligi bilan yomon ish emas, aksincha, xat inson uchun juda muhim va favqulodda foydalidir. Faylasuf-shoir ilm-hunar egallashda har bir inson axloqiy mezonlarni, jumladan insof, kamolotga intilishni o’ziga rahbar qilib olishi kerak, degan g’oyani quyidagi misra orqali ifoda
etadi: Zabt etayin desang sen ilmu hunar, Insof, kamolni et o’zingga rahbar3. Faylasuf insonning ilmli, hunarli bo’lishida va kamolot sari intilishida, albatta, ustozlar ko’magi zarurligini tahkidlaydi.Ustozning zarurligiga dalil ko’pdir, ustozga ergashmasdan ishining mehnati samara bermaydi. Zero, ustozga, ota-ona hamda kattalarga hurmat, xalqimizning azaliy axloqiy qadriyatlaridan sanaladi. Bedil shehriyatida bu yana bir bor o’z isbotini topgan. Ma’naviy merosimiz, axloqiy qadriyatlarimiz tiklanayotgan bir paytda ushbu ustoz-shogirdlik odobi muhim o’rin tutadi. Bedil o’zining axloqiy qarashlarida sabr-qanoat tushunchasiga alohida e’tibor qaratadi. U sabrqanoatga taalluqli ibratli hikmatlarni o’z asarlarida ko’plab tilga oladi. Bedil sabr axloqiy tushunchasining ahamiyati haqida «Irfon» asarida shunday deydi: «Sabr qilding, dam ham olding, havodan nafas tortding. Sabr va tirishish dengiz va gavhar singari har ikkisi ham kerakdir»1. Sabr-qanoat, bardosh SHarq xalqlarining qadimiy muqaddas fazilatlaridan biridir. SHoir sabrtoqat haqida yuqoridagi fikri bilan cheklanib qolmasdan, bir ruboiysida quyidagilarni yozadi: Surgalmoq bo’larkan qay ishga yo’ldosh, Tartibga solajak sabr ila bardosh. Bino qurish fikri gul ochar ekan, Mehmor qalbin bosar avvalgi zil tosh2. Darhaqiqat, dunyoda katta ishlarni amalga oshirish, orzu-maqsadga, baxt-saodatga erishish uchun insonga sabr, bardosh kerak. Mehmor ham biron muhtasham binoni qurish fikrida bo’lsa, avvalo u o’z ko’nglida sabr toshini tuyishi, faylasuf tomonidan chiroyli badiiy iboralar bilan ifodalangan. Axloqiy tamoyillardan bo’lgan «sabr»ning ahamiyatini tushunib yetish bugungi kunda yana ham dolzarbdir. CHunki baxtli kelajak qurishda, demokratik jamiyat barpo etishda, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda yurtimizning har bir fuqarosidan sabrli bo’lish talab etiladi. Barchamizga mahlumki, inson o’zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi ildiz otib ulg’aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo’ladi. Tarix haqiqati shuni ko’rsatadiki, tomirida milliy g’urur, Vatan ishqi jo’sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo’ladi. Bunday olijanob tuyg’u Bedil axloqiy qarashlarida ham keng o’rin olgan. Darhaqiqat, vatanparvarlik tuyg’usi yurtning ravnaqi va buyuk kelajagiga asos bo’ladi. Bedil vatan deganda bir parcha tuproqni tushunadi. Bu tuproq onaning mehriga qiyoslanadi. SHu bilan birga ikki dunyoning mag’zi ham shu tuproq, deb qaraladi. Tuproqqa mehr qo’yish aslida bu vatanga mehr-muhabbatli bo’lish ramzidir. Vatan nihoyatda keng tushuncha. Ona zamin, yashayotgan makonimiz, tug’ilib o’sgan tuproq - bularning barchasi vatandir. Faqat shu makon, tug’ilib-o’sgan tuproqgina senga mehr beradi, azoblardan xalos etadi, deb tahriflaydi Mirzo Bedil. Bedil falsafasida vatanni sevish insoniy burch sifatida qaraladi. U insonni har qanday vaziyatda ham vatanni sevishga, u bilan hamnafas bo’lishga chaqiradi. Vatan boshiga og’ir kunlar kelganda jonining huzurini o’ylab, vatanni tark etuvchilarni nihoyatda qoralaydi. Ularga bo’lgan nafratini yashirmaydi, vataniga xiyonat qilganlarni go’yo yonib o’chgan chiroqqa o’xshatib shunday deydi: Kimki g’animat deb vatandan ko’char, Boshqaga ham ko’ngil qo’yolmay o’tar. Uchqun toshdan ajrab chiqqanidan so’ng, Qancha ardoqlama, bari bir o’char1. Vatanni sevish azal-azaldan chin insoniy fazilatlardan biri hisoblangan. «Vatan ravnaqi» bugungi milliy mafkuramizning asosiy g’oyalaridan biridir. SHu fazilatning namunasi bo’lgan vatan qahramonlari yurtimizda ko’plab to’iladi. Masalan, vatanimiz o’tmishida qahramonlik ko’rsatgan To’maris, SHiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi, pahlavon Mahmud, Mahmud Tarobiy, Amir Temur, Madali Eshon va boshqalar ajnabiy bosqinchilarga qarshi ozodlik uchun kurash olib borib, vatan’arvarlik namunalarini ko’rsatdilar. SHayx Najmiddin Kubroning mo’g’ul bosqinchilariga qarshi kurashda «Yo hayot, yo mamot!», «Yo Vatan, yo sharafli o’lim!» deb dushmanga qarshi kurashga chorlagan hayqirig’i vatandoshlarimiz qalbida o’chmas iz qoldirgan. Vatandoshimiz Jaloliddin Manguberdining qahramonligiga CHingizxonning o’zi tan berib: «Otadan dunyoda hali bunday o’g’il tug’ilmagan, u sahroda sher kabi g’olib jangchi, daryoda nahang kabi botir», - deya hayratga tushib aytgan ga’lari tarixiy manbalardan mahlum. XX asr o’rtalarida vatan mustaqilligi uchun qurbon bo’lgan CHo’l’on, Fitrat, Qodiriy kabi ulug’ vatandoshlarimiz ham o’zlarida vatan’arvarlik tuyg’usini jo etib, to bugunga qadar xalqimiz qalbida abadiy yashamoqdalar. O’zbekiston prezidenti Islom Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» risolasida taraqqiyotimizning ijtimoiy-ma’naviy sohasidagi shart-sharoitlari haqida fikr bildirar ekan, vatan’arvarlikka alohida to’xtalib, «Mustaqil o’zbek davlati – xalqimizning tarixiy yutug’idir. O’z davlati bilan faxrlanish va fuqarolarning vatan’arvarligi jahondagi ko’pgina mamlakatlarning ilg’or marralariga chiqib olishida yordam bergan. Mamlakatimiz tu’rog’ida yashab turgan va o’zini vatan’arvar deb hisoblagan har bir kishi uning yaxlitligi va birligini asrab-avaylashi shart»1, - deb tahkidlaydi. Demak, vatan’arvarlik fazilati doimo millatimiz yuragidan, iymon-ehtiqodidan keng o’rin olgan muqaddas xislatdir. Mirzo Bedil axloqiy fazilatlarni kuylash bilan birga, insondagi nuqsonlar, kamchiliklar hamda tuban illatlarni qoralaydi, ularni bartaraf etish yo’llarini izlaydi. Insondagi nuqsonlarni yo’qotish chora-tadbirlarini ijtimoiy hayotdan, kishilarning o’zaro munosabati, xatti-harakati va xulqidan qidiradi. Bedilning «Irfon» nomli asarida kishilarni saxovat, bir marta beriluvchi umrdan o’zi va boshqalar manfaatlari yo’lida unumli foydalanish, o’zini arzimagan narsalar uchun o’tga-suvga urib, aziz umrni barbod qilmaslik, ilm olish kabi yaxshi insoniy xislatlarga chaqiriq yangraydi. Hatto, Bedil insonni befarosatlik, dag’allik singari ayrim xususiyatlardan ham xoli ko’rishni istaydi. Masalan, «Irfon"dagi 20 baytlik bir tamsilda bir shaxsning o’ylamay-netmay ish tutishi, qo’pol va yomon og’izligi mahorat bilan qoralanib, tartibga chaqiriladi. Unda bir bolakay quduq og’ziga yaqin erda o’ynarkan, tuyqusdan qo’lidagi nonni suvga tushurib yuboradi va yig’laganicha otasi oldiga keladi. Ota bola yig’isi va qo’lida non yo’qligini ko’ra solib, o’g’lidan so’rab ham o’tirmasdan, ko’nglidagi gumon bo’yicha «noningni kim tortib oldi» deyishga tushadi. Download 203.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling