Мирзо улуғбек номидаги ўзбекистон миллий университети гидрометеорология факультети гидрометеорология ва атроф-муҳит мониторингикафедраси


Download 0.86 Mb.
bet2/2
Sana14.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1461025
1   2
Bog'liq
10-мавзу-GMda modellashtirish-davomi

Gidrologik tizim
  • Tizim kontseptsiyasidan foydalangan holda, asosiy urinish tizim detallarini aniq namoyish etishning o'ta qiyin vazifasiga emas, balki kirim va chiqimga tegishli modelni yaratishga yo'naltiriladi. Chunki tizim detallarining aniq o'rganish amaliy nuqtai nazardan ahamiyatli bo'lmasligi yoki ma'lum bo'lmasligi mumkin. Shunga qaramay, fizik tizim haqidagi bilimlar yaxshi modelni ishlab chiqishda va uning to'g'riligini tekshirishda yordam beradi.
  • Gidrologik tizimni tahlil qilishning maqsadi tizim funksiyasini o'rganish va uning chiqim natijasini prognoz qilishdan iboratdir. Gidrologik tizim modeli - bu haqiqiy tizimning taxminiy qiymati bo'lib; uning kirim va chiqimi o'lchovli gidrologik o'zgaruvchilar hisoblanib, uning tuzilishi tizimni transformatsiyasi tushunchasidir.
  • Gidrologik tizim
  • 1) konstantlar (masalan, quyosh doimiyligi, solishtirma issiqlik sig'imi, issiqlik o'tkazuvchanlik koeffitsientlari, suv va muzning fazali o'tishining solishtirma issiqlik energiyasi);
  • 2) shartli konstantlar - faqat ma'lum modellar doirasida qabul qilingan konstantalar;
  • 3) havzalarning xususiyatlari yoki ularning alohida elementlari va "nuqtalari" (masalan, koordinatalar, maydonlar, uzunliklar, chuqurliklar, qiyaliklar, yo'nalishlar, dengiz sathidan balandliklar);
  • 4) o'zgaruvchilar holati - muayyan vaqtda havza yoki uning alohida elementlari holatini tavsiflaydigan qiymatlar (masalan, havzada, tuproqda, yer osti suvlarida, daryo tarmog'ida suv yoki muz miqdori, qor, tuproq, suvning harorati) Modellashtirishda belgilangan dastlabki shartlar o'zgaruvchilar holati qiymatlari bilan belgilanadi;
  • 5) parametrlar - modellarning algoritmik tizimlaridagi har bir ob'ekt uchun doimiy, lekin ularning xususiyatlariga qarab havzadan havzaga o'zgarib turadigan muayyan koeffitsientlar. Parametrlar, bir tomondan, landshaftlar, havzalar, hududlarni og'zaki tavsiflash bilan boshqa tomondan modellashtiriluvchi tizimining matematik algoritmlari o'rtasidagi vositachidir.
  • Parametrlar haqida batafsilroq gapirish kerak. Bu ikkita sababga ko'ra muhimdir. Birinchidan, matematik modellashtirishning ko'plab muammolari ular bilan bog'liq, ikkinchidan, barcha gidrologlar va gidrometeorologlar "parametr" tushunchasini bir hil tushunmaydilar. Matematik modellarning "konstruktiv elementlari" doimiy va o'zgaruvchan miqdorlardir. Konstantalarning bir nechtasini ko'rsatish mumkin, keyin ularni masalaning parametrlari deyiladi 
  • Parametrlar - bu har bir matematik model doirasida bitta shartni ajratish uchun xizmat qiladigan kattaliklar, masalan, oqim hosil bo'lishi, bir tomondan, yahlit oqim hosil qiluvchi kompleks, boshqa tomondan bitta daryo havzasi. Shu bilan birga, ular modellashtirish natijalarini aniq belgilaydilar.
  • Gidrologik parameterlar
  • Matematik modellashtirishda parametrlarning o'rni nihoyatda muhimdir, chunki ular modellashtirish ob'ektlarining individual xususiyatlari to'g'risida ma'lumotlarning asosiy tashuvchisi hisoblanadi. Ularning parametrlarini geografik koordinatalar, morfometrik ko'rsatkichlar, masalan uzunliklar, maydonlar, hajmlar, balandliklar, chuqurliklar, qiyaliklar va hakazolarni modellashtirishda aniq ajratish muhimdir.
  • Gidrologiyadagi matematik modellashtirishning ko'plab muammolari parametrlarni baholashning kamchiliklari, xususan, kalibrlash - parametrlarni teskari tarzda baholash bilan bog'liq (Kalibrlash "natijalarni "moslashtirish"deb ham nomlanadi).
  • Gidrologik parameterlar
  • Gidrologik modellarda nima mavjud?
  • Modellarning gidrologik tarkibi tabiatning o'zi tomonidan belgilanadi.
  • Boshqacha qilib aytganda, oqim hosil bo'lishi jarayonlarining butun tabiiy kompleksi modellashtirish tizimida o'z o'xshashlariga ega - individual xususiy jarayonlar bloklari quyidagilardir:
  • 1. Yomg'ir yoki qor yog'ishi.
  • 2. Issiqlik energiyasining havza yuzasi va atmosferada almashishi.
  • 3. O'simliklarning yog'inni ushlab turish.
  • 4. Qor qoplamining hosil bo'lishi, o'zgarishi, erishi va yo'qolishi, qordan suv hosil bolishi.
  • 5. Dastlabki oqim yo'qotishlari, infiltratsiya va yuza oqimi hosil bo'lishi.
  • 6. Yon bag'irlardagi mikrorelyefining yopiq shakllarida yuza oqimining bir qismini ushlanib qolishi.
  • 7. Yon bag'irlar yuzasida suvning xarakati.
  • 8. Tuproq suvlarining dinamikasi (to'yinmagan zonadagi hodisalar), tuproqdagi suvning fazali o'tishlari, tuproq oqimi shakllanishi.
  • 9. Bug'lanish.
  • 10. Turli darajadagi yer osti suvlari dinamikasi (to'yingan zonadagi hodisalar). Yer osti oqimi hosil bo'lishi.
  • 11. Daryo havzasi tarmog'ida suvning xarakati
  • 12. Chiqish qismidagi oqim.
  • Individual xususiy jarayonlar bloklari (davomi)
  • Taqsimlangan tizimlar uchun ushbu jarayonlar hududiy yacheykalarning har bir tugunida yoki har bir nuqtasida alohida modellashtirilgan. Ushbu hisoblashlar birinchi blok tizimida tashkil etilgan. Ikkinchi tizim birinchi tizimni modellashtirish natijalarini bir butunga birlashtirgan har xil umumlashtirish, o'rtacha qiymatlarni hisoblash va boshqa operatsiyalarni o'z ichiga oladi. Uchinchi tizim modellashtirishni umumlashtiradi va raqamli va grafik natijalarni tartibga soladi.
  • Gidrologik model klassifikatsiyasi

  • Эътиборингиз учун раҳмат

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling