Mirzo Ulug’bek me’
Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Download 44 Kb.
|
mirzo ulug\'bek
Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi Shohrux Mirzo oʻlimidan keyin Ulugʻbek Balxga yurish qildi, chunki Mirzo Alavuddavla ibn Boysunqur Mirzo Hirotdagi Temuriylar hukmdorligiga daʼvogarlik qilgan edi. Murgʻobda boʻlib oʻtgan ushbu toʻqnashuvda Ulugʻbek gʻolib boʻlib Hirot tomon harakat qildi, ammo Alauddavlaning akasi Mirzo Abul Qosim Babur bilan boʻlgan toʻqnashuvda magʻlubiyatga uchrashib, Balxga qaytib kelgach oʻz oʻgʻli Abdullatifni fitnasi tufayli 1449-yilda oktyabrning 27-sanasida, yaʼni 55 yoshida Samarqand yaqinida oʻldirildi[3]. Ulugʻbekning yaqinlaridan biri Abdulloh, uni Samarqandning Amir Temur maqbarasi ziyoratgohida keltirgan. 1830-yilda osmon Yulduzshunoslari Johann Heinrich von Mädler oyda bor boʻlgan kraterlarning birini Ulugʻbek nomiga musammo qildi. XV asr o‘rtalarida Samarqandda Amir Temurnning nabirasi Mirzo Ulug‘bek (1409-1449) hokimiyat tepasiga keldi, u nafaqat Temuriylar sulolasining vakili, balki yirik olim va astronom sifatida ham dunyoga tanildi. Buxoro, Samarqand, Shahrisabz va G‘ijduvonda o‘quv muassasalarini faol qurishga aynan Ulug‘bek bosh bo‘lgan . Samarqand shahridagi Ulug‘bek madrasasi sharqning islom oliy o‘quv yurtlarining mumtoz namunasidir. Madrasa 1417-1420 yillarda qurilgan. Badiiy jihatdan u Temur qurdirgan binolardan kam emas edi va shu bilan birga mustahkamligi jihatidan ulardan ancha ustun turardi. Dastlab madrasa 50 ta hujradan iborat bo‘lib, unda yiliga yuzdan ortiq talabalar tahsil olishgan. Tarixchilar aytishiga ko‘ra Ulug‘bekning o‘zi madrasada dars bergan. Taniqli fors shoiri Jomiy bu yerda yashab, ijod qilgan. Jomiyning tinglovchilari orasida eng mashhur Naqshbandiya tariqati namoyondalaridan shayx Xoja Ahror Vali va buyuk shoir Alisher Navoiy bor edi. Bino 2 qavatli bo‘lgan, burchak darsxonalar ustida to‘rtta baland gumbaz, burchaklarda esa to‘rtta minoralar bo‘lgan. Asosiy fasadning uchdan ikki qismini egallagan bahaybat peshtoq ulkan va chuqur nayzasimon arkali bo‘lib maydonga qarab turadi. 18-asrda ichki nizolar tufayli boshlangan urushlar ta’sirida madrasa juda kata talofot ko’radi.Ikkinchi qavatdagi xonalar va tashqi gumbazlar buzilib ketadi. 20-asrning boshlarida o‘sha davrning me’mor va rassomlari tomonidan madrasani qayta ta’mirlash ishlarining asosiy qismi amalga oshirildi. 1918-yilda M.F.Mauer tomonidan madrasaning bosh minorasi va yer osti qismlarini qayta ta’mirlash loyihasi ishlab chiqiladi. Yarim asr davomida binoning yuz qismi, shimoliy tomonining tashqi devorlari qayta g‘isht bilan terilib mustahkam qilindi. Hovli ayvonlari mustahkamlandi, mayolika mozayka va o‘yma naqshlar qayta restavratsiya qilindi. O‘tgan asr oxirida Ulug‘bekning yubileyi munosabati bilan madrasada ta’mirlash-restavratsiya ishlari boshlanib ketdi. Loyiha madrasaning 2-qavatini tiklab, me’moriy keramika va zamonaviy qurilish materiallarini ishlatgan holda janubiy-g‘arbiy devorlarini tiklanishini nazarda tutardi. Bugungi kunda Ulug‘bek madrasasi Registonning noyob uchta gavharidan biri bo‘lib, Samarqand tarixiy markazining bebaho bezagi hisoblanadi. Ulug‘bek madrasasi YUNESKOning Butunjahon madaniyati ro‘yxatiga kiritilgan. Uyga Vazifa: Ulug’bek Akademiyasi haqida ma’lumot tuplash. Download 44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling