Mirzo ulug’bek merosining jahon fani taraqqiyotida tutgan o’rni
Download 1.01 Mb.
|
Mirzo ulug’bek merosining jahon fani taraqqiyotida tutgan o’rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mirzo Ulug`bek davridagi tarixiy jarayonlar.
Ulug`bek juda yosh bo`lishiga qaramay, davlat kengashlariga, mas'ul qabul marosimlariga ham kiritilar va hamisha bobosining chap tomonida o`tirar edi. Demak, Temur bu nabirasini davlat ishlarini boshqarishga ham tayyorlab borgan. Ulug`bekning yoshligi Movorounnahrda markazlashgan yirik davlat yuzaga kelgan sharoitda, bobosi Temurning harbiy yurishlari davrida o`tdi. Temur Ulug`bekni ko`pincha bu yurishlarda o`zi bilan birga olib yurdi. Masalan, 1398 yili Hindistonga, 1399-1404 yili Turkiyaga, 1404 yili Xitoyga qilgan yurishlarida Ulug`bek bobosi yonida bo`ldi.
Mirzo Ulug`bek davridagi tarixiy jarayonlar.
Ulug`bek bobosi singari harbiy yurishlar qilmadi. Uning harbiy yurishlari yaqinlashib kelayotgan xavf-xatarni bartaraf qilishga qaratilgan bo`lib, qisqa muddatli bo`lgan. Masalan, 1424 yil noyabrda Ulug`bek qo`shinlari Mo`g`ulistonda Ulug`bek ishonchini oqlamagan Shermuhammadxonga qarshi katta yurish qilib, 1425 yil bahorida g`alaba qozondi. 1427 yili quyi Sirdaryo havzasidagi hududlarni davo qilib chiqqan ko`chmanchi o`zbeklar qoni Baroqxonga qarshi yurishda mag`lubiyatga uchradi. Shundan so`ng 20 yil mobaynida harbiy yurish qilmagan.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling