Mirzo ulug’bek merosining jahon fani taraqqiyotida tutgan o’rni
Download 1.01 Mb.
|
Mirzo ulug’bek merosining jahon fani taraqqiyotida tutgan o’rni
1447 yili Shohruh vafot etgach, Ulug`bek Xurosonni Movorounnahr bilan birlashtirib, kuchli davlat tuzishga harakat qildi, lekin qattiq qarshilikka duch keldi. 1448 yil bahorida hirot yaqinidagi Tarnob degan joyda Ulug`bek bilan jiyani Alovuddavlat o`rtasida Shohruh toju taxti uchun katta jang bo`lib o`tadi, qo`shinning chap tomonida Ulug`bekning katta o`g`li Abdulatif, o`ng tomonida kichik o`g`li Abdulaziz qo`mondonlik qildi. Jang Ulug`bek g`alabasi bilan tugadi, lekin g`alabanoma Abdulatif nomidan emas, faqat Abdulaziz nomidan e'lon qilindi. Bundan tashqari Abdullatifning hirotdagi Ixtiyoriddin qal'asidagi mol-mulkini davlat mulkiga o`tkazilishi o`g`ilning otaga nisbatan dushmanligini yanada oshirdi.
Ulug`bek hirotda Abdullatifni qoldirib, o`zi Samarqandga ketdi.Ulug`bek qolgan umrmni o`z observatoriyasida ilmiy ishlar olib borish uchun bag`ishlashga qaror qiladi. Lekin dushmanlar bunga yo`l qo`ymaydilar. Unga Makkaga borib xaj qilib, gunohlaridan pok bo`lib qaytishni taklif etadilar. O`g`ilning otaga dushmanligidan Ulug`bekning raqiblari mohirona foydalanadilar. 1449 yil kuzida Abdulatifning ko`rsatmasi va ruhoniylarning fatvosi bilan tunda xaj qilish uchun Makkaga junab ketgan Ulug`bekning ketidan quvib , uni Samarqand yaqinida xoinlarcha o`ldiradilar.
Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling