Mirzo ulug`bek nomida o`zbekiston milliy universiteti iqtisodiyot fakulteti kiu-20 guruh talabasi tojiboyev asadulloning amaliyot o`taganlik haqidagi hisoboti


Download 5.9 Kb.
Sana04.11.2023
Hajmi5.9 Kb.
#1746206
Bog'liq
Презентация Microsoft PowerPoint

MIRZO ULUG`BEK NOMIDA O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IQTISODIYOT FAKULTETI KIU-20 GURUH TALABASI TOJIBOYEV ASADULLONING AMALIYOT O`TAGANLIK HAQIDAGI HISOBOTI

Bank bilan umumiy holda tanishish hamda taqvim ish rejasini tuzish.


Men 05.06.2023 kuni Toshkent shahar Yashnabod tumani O`zMilliy Bank AJ Texnopark BXO ga amaliyot o`tash uchun yetib keldim. Hamda bu yerda menga ish faoliyatini o`rgatish uchun Bosh Mutaxassis Muxitdinov Xojiakbar ismli bank xodimi ish o`rgatuvchi sifatida tayinlandi. U kishi eng avvalo meni Muasassaning umumiy tavsifi hamda ichki tartib nizomi va barcha hodimlar bilan tanishtirdi. Shundan so`ng Muasassaning ishlash strukturasi bilan tanishib bo`lgach, muasassaning ishchi xodimlari bilan o`zaro hamjihatlikda fikrlar almashib tushunmagan narsalarni so`rab o`rganib hushmuomilalik bilan muloqot qilib asta sekinlik bilan ish jarayoniga yondashib kettim. Shu bilan birga Muasassaga kelgan mijozlarga hushmuomilali bo`lish hamda ularga tushunmayotgan narsalariga qo`limdan kelgancha qisqa va tushunarli javob berishda yordam berishga kirishdim.

Men 06.06.2023 yil kuni ya`ni amaliyot o`tashimning 2-kunida Muassasaning Boshqaruv strukturasini o`rganishga kirishdim bunda ham menga biriktirilgan bank hodimi Muxitdinov Xojiakbar aka menga yordam berdi. Bunda bankning ish faoliyati Dushanbadan Jumagacha 09:00 dan 17:00 gacha Shanba va Yakshanba Dam olish Kunlari.


Boshqaruv Raisi
Boshqaruv raisining 1-o`rinbosari
Boshqaruv raisining o`rinbosari(4ta)
Bosh buxgalter
Yuridik departament direktori- Boshqaruv a`zosi

Boshqaruv strukturasi bilan tanishib bo`lgach menga biriktirilgan bank xodimi bilan chakana amaliyotlar bo`limidagi ishlarni bajarishni boshladim hamda u yerdagi jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko`rsatishni boshladim.

CHAKANA AMALIYOTLAR BO`LIMI

  • Chakana amaliyotlarga asosan plastik kartalar chiqarish, pul o`tkazmalarini amalga oshirish, omonatlar ochish va boshqa amaliyotlar kiradi.
  • Faoliyatim davomida asosan men plastik kartalar bilan ishlash va chet elga va chet eldan pul o`tkazmalarini qabul qilish bilan shug`ullandim.
  • Plastik kartalar bilan ishlash chog`ida men quyidagi malumotlarga ega bo`ldim:
  • Bank mijozlarga quyidagi plastik kartalarni chiqaradi va ularga xizmat ko`rsatadi: 1.HUMO 2.Uzcard 3.Mastercard 4.VISA
  • Menga biriktirilgan Bosh Mutaxasiss Muhitdinov Xojiakbar Yuqoridagi kartalarni muomilaga chiqarishda uchun zarur bo`lgan xujjatlarni yeg`ishni va rasmiylashtirishni o`rgatdi. Shundan so`ng menga karta ochish uchun zarur bo`lgan kompyuterdagi ilova orali karta chiqarishni ko`rsatib amalda bajarishda yordam berdi.
  • Plastik kartlarni chiqarish chog`ida menga quyidagilarga alohida ahamiyat berishimni takidlashdi:
  • Mijozni bank kartasi olishi uchun arizasi hamda mijoz bilan bank o`rtasida tuziladigan shartnomani tuzish va karta ochish uchun to`lanadigan komissiyani undirish kerak bo`ladi. Har bir karta uchun alohida alohida komissiya to`lanadi.
  • Humo-50 000 -Mastercard-70 000
  • Uzcard-50 000 -Viza -70 000

Pul o`tkazmalari Bu men o`rgangan ishlarim ichida eng murakkabi bo`ldi desam mubolag`a bo`lmaydi. Chunki eng ko`p masulyatni oladigan va xushyorlikni talab qiladigan yo`nalishlardan biri ekan. Men bu amaliyotni bajarishga krishar ekanman eng avvalo hisobot uchun zarur xujjatlarni yeg`ishdan boshladim. Shu bilan bir qatorda ish struturasi bilan yaqindan tanishdim. Amaliyot uchun menga biriktirilgan Bosh Mutaxasiss Muhitdinov Xojiakbar menga bu borada barcha nazariy bilimlarni berdi.

  • O`rganilgan nazariy bilimlar asosida menga amaliyotda qo`llashni o`rgatdi va bilimlarimni mustahkamlash uchun amaliy yordam berdi.
  • Ish jarayonida kerak bo`ladigan barcha xujjatlarni yeg`dim, mijozga xizmat ko`rsatdim va ish jarayonida yo`l qoyilgan xato va kamchilik ustida ishlab ularni to`g`irladim.
  • Ish jarayonida mijozga xisob raqam ochish uchun ariza oldim va hisob raqam ochtim. So`ngra mijoz ning pulini uning hisob raqamiga kirim qildim.

Chakana amaliyotlar boyicha olgan bilimlarimni amaliyotda qo`llab yangidan o`zimni kashf qildim va bank borasidagi bilimlarimni mustahkamlab yanada ko`proq narsalarni o`rgandim. O`ylaymanki kelajakda mendan yaxshi bank xodimi chiqadi. Menga ustozlik qilgan barcha xodimlarga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.!


Download 5.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling