Mirzo ulug`bek nomidagi o`Z. M. U gealogiya va geografiya fakulteti geografiya kafedrasi 3-kurs talabasi qudratova madinaning


Download 0.59 Mb.
bet2/3
Sana16.02.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1203467
1   2   3
Bog'liq
GEOGRAFIYA FANIDAN PREZENTATSIYA O’ZBEKISTONNING GEOGRAFIK O’RNI, CHEGARALARI VA MAYDONI

Yangi mavzuning bayoni:
O'qituvchi dunyoning siyosiy va tabiiy xaritalaridan O'zbekistonning joylashgan
o'nini chegaralab ko'rsatadi. O'quvchilardan O'zbekistonning qo'shni davlatlari
haqida so'raydi. O'quvchilarni faollashtirish uchun har bir qator alohida
davlatlar haqida o'zlari bilgan ma'lumotlarni aytadilar. O'qituvchi javoblarni
umumlashtirib, yangi mavzuni bayon qilib beradi.
Sinf doskasiga O'zbekistonning xaritasi ilib qo’yiladii. Bunda O'zbekiston
O'rta Osiyoning markaziy qismida, asosan Amudaryo bilan Sirdaryo orasida
joylashganligini, O'zbekistonning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt platosining
shimoli-sharqida bo'lib, 45°З11 shimoliy kenglikda, eng janubiy nuqtasi Termiz
shahri yonida, Amudaryo qirg'og'ida bo'lib, 73° 10' shimoliy kenglikda, eng
g'arbiy nuqtasi Ustyurt platosida, 56°00' sharqiy uzoqlikda, eng sharqiy nuqtasi
esa Farg'ona vodiysining sharqiy qismida, 73° 10' sharqiy uzunlikda ekanligi
haqidagi ma'lumotlarga to'xtalib, xaritadan ko'rsataman.
O'zbekiston geografik o'niga ko'ra O'rta dengiz bo'yidagi Ispaniya, Italiya
Gretsiva kabi mamlakatlar bilan taxminan bir geografik kenglikda
joylashganligi, lekin O'zbekiston Yevrosiyo materigining ichki qismida okean va
dengizlardan uzoqda joylashganligi tufayli subtropik o'lkalardan farq qilishi,
buning ustiga Hind okeanidan kirib keladigan nam va iliq havo oqimlari tog'lar
bilan to'silganligi, aksincha, shimoliy qismi ochiq bo'lganligi tufayli sovuq havo
oqimi bemalol kirib kelishi tushuntiriladi. Oqibat-natijada, O'zbekiston subtropik
mintaqada joylashsada, cho'lga xos bo'lgan tabiiy sharoit (yozi bulutsiz,
serquvosh, jazirama issiq va quruq, qishi esa nisbatan sovuq) vujudga kelishi
haqida aytaman.
Doskaga zarur ma'lumotlarni yozib boraman. Chunki mavzuni
mustahkamlashda bu ma'lumotlar kerak bo'ladi.
Maydoni 448,9 ming km2.
Amudaryo bilan Sirdary'o
Chegaradosh davlatlari: Qozog'iston, Turkmaniston, Qirg'iziston
Tojikiston, Afg'oniston.
Ispaniya, Italiya, Gretsiva
45"31, 56°00', 73°10', 73°10'
925 km., 1400 km
Buyuk Britaniya va Italiya, Belgiya

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling