269
ta'lim yaxlit bir tizimni tashkil etadi. Jamiyatda kechayotgan
har qanday global
jarayonlar, ta'lim holatida o‘z aksini topadi. Uzluksiz ta'lim tizimida amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ta'lim sifati
va samaradorligini oshirish
maqsadida ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan davlat
dasturlari,
hukumat
qarorlari,
ta'lim-tarbiya
jarayoni
ishtirokchilariga
qaratilayotgan e'tibor, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta'lim sifatini
oshirishdagi mavjud
muammolarning yechimini topish, ta'lim mazmunini
takomillashtirish bilan bir qatorda, uning sifatini ilmiy
asosda boshqarishni ham
taqozo etmoqda.
“Sifat” tushunchasi pedagogika fanida: bir predmet yoki hodisani
boshqasidan farqlovchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar,
xususiyatlar,
o‘ziga xosliklar; shuningdek, u yoki bu xususiyatlarning
mukammal darajaga
o‘sishini ko‘rsatuvchi jarayon, ma'naviy-ma'rifiy kategoriya sifatida talqin
qilinadi.
“Ta'lim sifati” so‘z birikmasi mamlakatimizda ilk bor 1997 yilda
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi
Qonuni va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturining ta'lim sifati ustidan davlat nazoratiga bag‘ishlangan
modda va bo‘limlarida rasmiy ravishda qayd etildi. Bu esa o‘z navbatida mazkur
sifatni ta'minlashga doir qator amaliyotlar va nazariy konsepsiyalarning
yaratilishiga turtki bo‘ldi.
Ta'lim sifati deganda faqatgina tahsil oluvchilar egallagan bilim, ko‘nikma
va malakalarining davlat ta'lim standartlariga mos kelishi tushunilmasdan balki
har bir pedagog va rahbarning mazkur yo‘nalishda sifatli ta'lim
xizmatini
ta'minlashi, ya'ni ta'lim muassasasining muvaffaqiyatli ravishda faoliyat olib
borishi tushuniladi..
Do'stlaringiz bilan baham: